Frantsuz siyosatchilarining hijobga telbalarcha shubha bilan qarashi Islomdan qo‘rqish hamda ilmoniylikning toqatsizligidir

290
0

Frantsuz siyosatchilarining hijobga telbalarcha shubha bilan qarashi Islomdan qo‘rqish hamda ilmoniylikning toqatsizligidir

Joriy yil 17 sentyabr payshanba kuni Frantsiya deputatlari ro‘mol o‘ragan qizning hozir bo‘lishiga norozilik sifatida hech bir asossiz Parlament binosida o‘tkazilayotgan yig‘inni tark etishib, ilmoniy tuzumning Islomga nisbatan dushmanligi uning asl tabiatida mavjud ekanini yana bir bor isbotlashdi. Zalni tark etishga hokimiyatdagi prezident Makron partiyasidan deputat Ann-Kristin Lang etakchilik qildi. Buni boshqa o‘ng qanot Respublikachilar partiyasi deputatlari ham qo‘llab-quvvatlashdi. Keyinroq tvitterda tarqatilgan videoda Lang «men parlament yig‘ini o‘tkazilayotgan bir paytda, Milliy Assambleya o‘rtasida, demokratiyaning yuragida bir shaxsning hijobda namoyon bo‘lishini qabul qila olmayman», dedi. Tvitterda ham bunday so‘zlarni yozdi: «Men Respublika printsiplarini, ilmoniy asoslar va xotin-qizlar huquqlarini qadrlaydigan bir faol sifatida, bizning parlament yig‘ini o‘tkazayotganimizda bir shaxsning hijobda paydo bo‘lishini o‘zimga sig‘dira olmayman, bu men uchun haqorat ramzi hisoblanadi».

Ma’lumki, Frantsiya talabalar milliy ittifoqi rahbari muslima Maryam Bugito parlamentda COVID-19 inqirozining yoshlar va bolalarga ta’sirini hal etish yig‘ilishiga hijob bilan kelgan edi. U mazkur lavozimda diniy libos kiygan holda ishlayotgani uchun 2018 yilda ham turli siyosiy figuralar tomonidan, jumladan, ichki ishlar vaziri va o‘sha paytdagi Xotin-qizlar tengligi vaziri tomonidan hujumga uchragan edi. O‘tgan yilning oktyabr oyida ham hijobli bir muslima ona Frantsiya sharqidagi Burgonь-Fransh-Konte regional parlamentiga o‘g‘li bilan maktab safari qilgan paytda ultra o‘ng qanot partiyasidan bo‘lgan bir deputat tomonidan haqoratga uchragan edi. Deputat uni «ilmoniy printsipga ko‘ra» ro‘molini echishini talab qilgan. Yana o‘tgan yili senat raisi Jerar Larshe «Men ayollarni o‘rab turuvchi har qanday narsaga qarshiman», deya hijobga ishora qilgan edi.

Aftidan, Frantsiyadagi barcha siyosiy doiralardan iborat ultra o‘ng qanot ilmoniy siyosatchilari «islomiy libos ayolga zulm», degan siyqasi chiqqan yolg‘on tashviqotlarida hamon qat’iy turishgan ko‘rinadi. Aksincha, o‘zlarining Islomga qarshi bayonotlari, qilmishlari va qonunlarining o‘zi muslima ayollarga nisbatan zulm emasmi?! Axir, bular muslima ayollarni jamiyatdagi ikkinchi darajali fuqaroga aylantirmoqda, opportunist millatchi siyosatchilar buyruqlariga itoat qilib yashashga majburlamoqda?! Bundan tashqari, ilmoniylarning hijobni ta’qib qilishlari irqchilik qilish va xorijiylarni yomon ko‘rishdan boshqa narsa emas… Xotin-qizlar huquqini himoya qilish haqidagi ma’ruzalar esa, bir niqobdir, xolos! Frantsiyaning islomofobiyaga qarshi kurashayotgani haqidagi da’volari hammaga ma’lum. Aslida esa, bu davlat 2015 yil noyabrda favqulodda vaziyat e’lon qilganidan so‘ng yurtdagi musulmonlarga qarshi reydlar o‘tkazib, ularni irqchilik asosida uylariga bostirib kirib, qamoqqa oldi. Musulmonlarga qarashli 5000dan ziyod uylar, savdo do‘konlari va namozxonalarni bosdi.

Sharqu G‘arbdagi boshqa ko‘plab ilmoniy davlatlarda ham musulmonlar irqchilik, millatchilik, shu jumladan, hijob va niqobga qarshi siyosat va qonunlarning qurboniga aylanmoqdalar. Bularning barchasi asosiy gapimizni, ya’ni, ilmoniy tuzumning Islomga nisbatan dushmanligi uning asl tabiatida mavjud, degan fikrimizni yana bir bor tasdiqlamoqda. Bu qanday tuzum bo‘ldiki, siyosatchilarni diniy libosni xavfli pandemiyaning oqibatlaridan ham yomonroq, deb hisoblaydigan kimsalarga aylantirib qo‘ygan bo‘lsa?! Bu qanday tuzum-sistema bo‘ldiki, hayot haqidagi fikrni haqoratlaydi-da, bir vaqtning o‘zida, o‘z jamiyatida barcha uyatsiz va buzuq fikrlaru suratlarni, shu jumladan, fahshni targ‘ib etilishiga ruxsat bersa?! Ha, bu tuzumda axloq mana shunday tushuniladi va buni Frantsiya rahbari Makronning so‘zlari ham tasdiqlab turibdi. Chunki u «Charlie Hebdo» satirik jurnalida Payg‘ambarimiz ﷺni qayta masxaralanishini himoya qilib, buni ilmoniy tuzumda so‘z erkinligi borligi bilan izohladi. Ilgari ham «hayo kiyimi» bo‘lgan hijob «bizning yurtimiz tsivilizatsiyasiga mos kelmaydi», degan edi.

Biz musulmonlar sifatida quyidagilarni ochiq ta’kidlamog‘imiz lozim: Bo‘linishni keltirib chiqaradigan va Islomga dushman hisoblangan ilmoniy tuzum bizning dinimizga mutlaqo ziddir. Binobarin uni yurtlarimizda tatbiq qilinishini ham qat’iyan rad etamiz! Aslida, Allohning huzurida qabul qilingan va barcha islomiy liboslaru islomiy aqidalarni himoya qiladigan birdan-bir tuzum Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik tuzumidir. Alloh Taolo bunday deydi:

وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الإِسْلاَمِ دِيناً فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ

«Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir» [Oli Imron 85]

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.