Politexnika universitetidagi Al-Va’y guruhi yahudiylar vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi qator tadbirlar uyushtirdi

253
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Politexnika universitetidagi Al-Va’y guruhi yahudiylar vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga qarshi qator tadbirlar uyushtirdi

Xalil shahri politexnika universitetidagi Al-Va’y guruhi «Aqso va uning ahli xaloskorlarni kutib turgan bir paytda, bosqinchilar nayzasi ostida ustimizga mute xizmatkorlar keldi» nomi ostida qator tadbirlar o‘tkazdi.

Tadbirlardagi asosiy diqqat-e’tibor yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishning mohiyati va uning Falastin masalasiga bo‘lgan salbiy ta’sirlariga qaratildi. Bunda talabalar bilan uchrashib, ularning miyalarini band qilishi kerak bo‘lgan eng muhim mavzular haqida bahs-munozara qilindi. Shuningdek, bosqinchilar bilan qilinishi kerak bo‘lgan normal munosabat faqat urush holatidan iboratligi, bu yahudiylar vujudini yo‘q qilishga qodir davlat armiyalari orqali bo‘lishi haqida suhbatlashildi. Falastin zamini bosqinchisi bo‘lmish yahudiylar bilan bundan boshqa har qanday munosabat Falastin masalasiga xiyonat ekani ta’kidlandi.

Al-Va’y guruhi talabalarga bugungi kunda hukmdorlarning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish sari chopayotganliklari indamay shundoq o‘tkazib yuboriladigan ish emasligi, balki yaqinda xalqlar bu malay hukmdorlarni taxtlardan albatta ag‘darib tashlab, hammalariga er yuzini tor qilajaklarini bayon qildi.

Shuningdek, Al-Va’y guruhi Falastin masalasining ham, musulmonlardagi boshqa muammolarning ham, barchasining tub echimi bosqinchilarning oyoqlari ostiga yiqilish bilan bo‘lmasligini, aksincha, farzlarning toji bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilish bilan amalga oshajagini yoritib berdi. Ta’kidlash lozimki, ushbu guruh universitet bo‘ylab ayni mavzu haqida plakatlar ilib, shiorlar yopishtirdi.

Ayniqsa, ushbu tadbirlar talabalar tomonidan sezilarli ravishda qizg‘in qarshi olindi.

Roya gazetasining 2020 yil 7 oktyabr chorshanba kungi 307-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.