Kim kofir G‘arbdan echim umid qilsa go‘yo tikanakdan uzum hosili olishni umid qilibdi!

256
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kim kofir G‘arbdan echim umid qilsa go‘yo tikanakdan uzum hosili olishni umid qilibdi!

Ikki haftadan beri Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati tomonidan olib borilayotgan «Siyosiy echimga – Yo‘q, rejimni ag‘darib Xalifalik barpo etishga – Ha» nomli kampaniyani Hizb a’zolari davom ettirmoqdalar. Ular Hizb ansorlari bilan birgalikda Idlibda ham juma namozidan so‘ng bir vaqtda qator namoyishlar o‘tkazdilar. Bu ushbu kampaniya doirasida bo‘lib o‘tdi. Namoyishlarda siyosiy echim jinoyatini qoralovchi shiorlar ko‘tarib chiqildi. Shuningdek, namoyishlarda Ayni Shayb qishlog‘idagilar «Amerikaning siyosiy echimini qoralaganlarni kimning foydasiga qamoqqa olishyapti?!» kabi savollarni o‘rtaga tashladilar. G‘ob jamlog‘idagilar «Kim kofir G‘arbdan echim umid qilsa, go‘yo tikanakdan uzum hosili olishni umid qilibdi!», deyishdi. Suriya-Turkiya chegaralariga tutash bo‘lgan G‘arbiy Atma jamlog‘idagilar «Qo‘zg‘olon ma’nosi rejimni ag‘darish demakdir, siyosiy echim ma’nosi qo‘zg‘olonni yiqitish va bir malay o‘rniga boshqa malayni olib kelishdir», dedilar. Talli Karoma qishlog‘iga kelsak, namoyishchilar «Xon Shayxundagi nomuslarning toptalishi Amerikaning siyosiy echimiga kichik bir misol» ekaniga odamlar e’tiborini qaratdilar. Killi shaharchasidagi namoyishda esa, siyosiy echim «bizni qonxo‘r rejim qo‘liga qayta topshirish»ni anglatadi deyildi. Taftanoz shaharchasida payshanba kuni namoyish o‘tkazilgan edi, unda ham Amerikaning siyosiy echimini qoralovchi shiorlar ko‘tarib chiqilgan.

Roya gazetasining 2020 yil 2 sentyabr chorshanba kungi 302-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.