Ey Erdogan! O‘zing qilmagan ishni gapirish Alloh nazdida og‘ir gunohdir

231
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Erdogan! O‘zing qilmagan ishni gapirish Alloh nazdida og‘ir gunohdir

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لاَ تَفْعَلُونَ  كَبُرَ مَقْتًا عِنْدَ اللَّهِ أَنْ تَقُولُوا مَا لاَ تَفْعَلُونَ

«Ey mo‘minlar, nega o‘zingiz qilmayotgan narsani (qilamiz deb) gapirasiz. O‘zingiz qilmayotgan narsani gapirishingiz Alloh nazdida og‘ir gunohdir» [Sof 2-3]

Anadolu axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1443 yil 17 muharram, milodiy 2021 yil 25 avgust chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Turkiya prezidenti Erdogan musulmonlarni o‘z xavfsizlik va farovonliklari, shuningdek, butun insoniyat xavfsizligi va barqarorligi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishga chaqirdi. Uning bu bayonoti chorshanba kuni Islom Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar Forumining to‘rtinchi bosh Assambleyasiga yuborgan videomurojaatida yangradi.

Erdogan musulmonlarni o‘zlari duch kelayotgan adolatsizliklarga qarshi ovozlarini baland ko‘tarishga chaqirdi. Hozirgi kunda dunyo insoniyat tarixidagi eng notinch davrni boshdan kechirayotganini ta’kidladi.

Erdogan «Hech bir kun yo‘qki, biz demokratiyaning beshigi bo‘lishi kerak bo‘lgan mamlakatlarda musulmon yoki muslimaning o‘z e’tiqodi yoki hijobi yohud libosi tufayli ta’qibga uchragani va kamsitilganini eshitmagan bo‘lsak», dedi.

Yana bunday qo‘shimcha qildi: «Dunyoda bo‘layotgan bunday adolatsizliklarga hech birimiz qo‘l qovushtirib turmasligimiz kerak. Chunki biz ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish vazifasi yuklangan shaxslarmiz».

Roya:

Bu Erdogan o‘zini ma’rufga buyurib, munkardan qaytaruvchi ekanini da’vo qilyapti. Biroq, o‘zi munkarlarning eng kattalarini tatbiq qilib, ularga chaqiryapti. Bu Islomni hayotdan ajratuvchi ilmoniylik, inson havoi nafsi asosida hukm yurituvchi demokratiya, fahshu buzuqlikka ruxsat beruvchi erkinlikdir. Zotan, u Turkiyada mana shunday fahsh va harom ishlarning yoyilishiga sabab bo‘lgan konstitutsiyani tatbiq qilyapti. Hatto ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishga chaqirayotganlarga qarshi kurashyapti. Masalan, Islomni tatbiq etishga va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga da’vat qilayotganlarni hibsga olib, qamoqqa hukm qilmoqda. Shuningdek, uning ilmoniy davlati qonunlariga e’tiroz bildirgan va shaxsning o‘zi istagan razolat, buzuqlik va fojirlikni qilishiga ruxsat beruvchi erkinliklarga qarshi chiqqan insonlarga nisbatan ham xuddi shunday qilyapti. Bundan tashqari, Erdogan ko‘plab chiqishlarida ilmoniylikni ko‘kka ko‘tarib maqtagan, uni eng yaxshi tuzum, deb atagan. Bir kuni Turkiya parlamentining sobiq raisi Ismoil Qahramon konstitutsiyamiz musulmon xalqimiz diniga asoslanmog‘i kerak, deb aytgan paytda Erdogan unga qarshi chiqib, bu gap Ismoil Qahramonning shaxsiy fikri bo‘lib, uning partiyasini ham, hukumatini ham ifodalamaydi, degan. Shu bilan birga, 2011 yil Misrga borib, misrliklarni ilmoniylik tuzumni barpo etishga chaqirganini, Ixvonul Muslimin jamoasini ilmoniylikni tatbiq etishga ishontira olganini, jamoaning murshidi uning gapiga e’tiroz bildirganda uni ilmoniylikka qanoatlantira olganini Erdoganning o‘zi aytgan. O‘zini ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish da’vatchisi qilib ko‘rsatayotgan Erdoganning bu kabi munkar ishlari juda ko‘p bo‘lib, yuqoridagi misollar ulardan bir qismi, xolos. Ma’ruf ish bu kimsadan pokdir.

Roya gazetasining 2021 yil 1 sentyabr chorshanba kungi 354-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.