Mavsumiy yomg‘irlar Karachini g‘arq qildi

278
0

Mavsumiy yomg‘irlar Karachini g‘arq qildi, biroq, demokratiyada hokimiyat qismlarga bo‘lingan bo‘lgani uchun bunga javobgar kimsa topilmadi

Sind viloyatining Karachi shahrida musulmonlar har yilgi mavsumiy yomg‘irlardan ko‘p qiyinchilikka uchraydilar. Yo‘llar anhorlarga aylanadi, elektr ta’minoti uziladi, tok urish va cho‘kish sababli o‘lim hodisalari yuz beradi, moddiy ziyon ko‘rilib, yordamlarning etib kelishi ham qiyinlashadi. Har safar odamlarga vaqtida tezkor yordam berilmagani uchun ayblov Karachi meriyasi, Sind viloyati hukumati va Pokiston federal hukumatiga qaratiladi. Demokratiyada hokimiyat qismlarga bo‘linganligi uchun federal hokimiyat bilan viloyat va rayonlar hokimiyati tinimsiz bir-birini ayblab keladi. Bir paytning o‘zida, ushbu musulmon yurtning eng katta shahridagi ishlar e’tiborsiz tashlab qo‘yilgan, axir, bu shaharda oltmish yildan ziyod vaqtdan buyon 20 million aholi istiqomat qilib keladi. Shu bilan birga, axlatlarni vaqtida yig‘ishtirish va elektr tarmog‘i etkazib berish kabi asosiy ehtiyojlar bilan ta’minlash ham qo‘l uchida amalga oshirilmoqda.

Savol tug‘iladi: nima sababdan 1300 yillik Xalifalik davrida bunday e’tiborsizlik bo‘lmagan?! Nima uchun xalifa muovinlari, viloyatlar hokimlari va shahar omil-rahbarlari o‘rtasida malomat toshlari otilmagan?! Buning javobi shuki, u paytda har kim o‘z javobgarligini aniq bilgan. Zero, Islomdagi boshqaruv nizomi yagona-yaxlit tizim bo‘lib, har bir hokimiyat shu yagona xalifa hokimiyatiga tayanadi. Bay’atning sharti xalifa tomonidan Qur’on va sunnatning tatbiq etilishi bo‘lib, u Ummatning har bir ishidan javobgar bo‘ladi. Xalifa Ummat duch keladigan har bir muammoga javobgar hamda buning uchun Alloh Taoloning huzurida ham hisob beradi. Rosululloh ﷺ bunday deydilar:

«مَا مِنْ أَمِيرٍ يَلِي أَمْرَ الْمُسْلِمِينَ ثُمَّ لاَ يَجْهَدُ لَهُمْ وَيَنْصَحُ إِلاَّ لَمْ يَدْخُلْ مَعَهُمُ الْجَنَّةَ»

«Biror amir-rahbar musulmonlar ishini boshqarsa-yu, so‘ng ularga (manfaat keltiradigan ishni amalga oshirishga) harakat qilmasa va ularga samimiy munosabatda bo‘lmasa, ular bilan birgalikda jannatga kirmaydi». (Imom Muslim rivoyati).

Hamma o‘z vazifasini bajarishi uchun viloyatlarga voliylar, shaharlarga omillar tayinlash xalifaning mas’uliyatiga kiradi. Shuningdek, ular o‘z vazifalarini ado eta olishlari uchun xalifa barchalarini hokimiyat vakolatlari va mablag‘ bilan ta’minlaydi.

Ammo bugungi demokratiya davrida viloyat va shaharlar o‘rtasida mas’uliyat va mablag‘lar bo‘lishib olingan. Oqibatda boshboshdoqlik-anarxiya kelib chiqmoqda, bir-biriga malomat toshi otish tobora avj olyapti, barcha imtiyozlarni hokimiyatdagilar egallashmoqda.

Biroq Islom boshqaruvida agar viloyat majlisi voliyning vazifasini yoqtirmayotgan bo‘lsa, xalifa bu voliyni ishdan oladi.

Xalifaga uning doim Islom bilan hukm yuritishi sharti bilan umrining oxirigacha bo‘lgan muddatga bay’at qilinadi. U jamiyatdagi ko‘pchilikni rozi qilish uchun ozchilik qatlamning huquqini poymol etmaydi. Bu narsa demokratiyada bor bo‘lib, saylovda ovozlarini to‘plashda shantaj va poraxo‘rliklar keng quloch yoygan. Yurtdagi qashshoqlikdan tortib, to mustamlakachilarga qullik qilish ustiga qurilgan tashqi siyosatga qadar, barcha-barchasi sababli biz mana shu g‘arbparast elita tatbiq qilayotgan g‘arbcha hazoratning zaharli ta’sirlaridan aziyat chekmoqdamiz. Shuning uchun Pokistondagi qator krizislar ko‘plab rayon va viloyatlarni tashkil qilish bilan hal etilmaydi. Yo‘q, bu muammolar demokratik tuzumni bekor qilib, Alloh Taolo buyurganidek, uning o‘rniga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikda gavdalanuvchi Islom tuzumini tatbiq qilish bilan echiladi.

أَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ

«(Hamma narsani yo‘qdan bor qilgan) yaratgan zot (ularni o‘zi) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir» [Mulk 14]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.