Ey Shom ahli sizning xalos bo‘lishingiz sizni yordamsiz qoldirganlar qo‘lida emas, balki o‘z qo‘lingizdadir

252
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Shom ahli sizning xalos bo‘lishingiz sizni yordamsiz qoldirganlar qo‘lida emas, balki o‘z qo‘lingizdadir

Shom qo‘zg‘olonidagi ba’zi jangchi guruhlar rahbarlari, islohotchilar va ularning haybarakallachilarining ochiq-oshkor xatti-harakatiga nazar solgan kishi ko‘p munofiq kimsalarga guvoh bo‘ladi. Bu kimsalar Shom qo‘zg‘oloniga qarshi til biriktiruvchi donor davlatlar tomoniga o‘tib olib, o‘z va’dalariga xilof qilishdi, qasamlaridan tonib, orqaga tisarilishdi va o‘zlariga «shartnoma» va «kelishuv», degan narsalarni niqob qilib, Ummatlariga xiyonat qilishdi. Vaholanki, Ummat ularga umid ko‘zi bilan qarab, o‘zining bor imkoniyatlari bilan ularga yordam bergandi. Hatto Ummat bu kimsalarga qonxo‘r rejimni ag‘darishadi va xarobalari ustidan Islom hokimiyatini barpo qilishadi deya ishonib, o‘zining eng qimmatli narsalarini fido qilgandi. Bu kimsalar esa, Shom ahli ishonchini oqlash u yoqda tursin, hatto ularga zo‘ravonlik qilishyapti. Toqat qilib bo‘lmaydigan soliq va to‘lovlar solish barobarida, qaror-irodalaridan mahrum etishyapti. Hokimiyat va nufuz uchun hamda azbaroyi xo‘jayinlarining buyrug‘ini bajarish maqsadida bir-birlariga qarshi jang qilishdan, qonlarini to‘kishdan ham toyishmayapti. Siz ularning mana shu xatti-harakatlariga boqsangiz, shuncha qilmishlaridan keyin bugun Rossiya-Turkiya patrul xizmatlari va ular ortidagi qonxo‘r rejim kuchlarini qo‘riqlab, ularning avval M5 avtotrassasini, bugun M4 avtotrassasini o‘z nazoratlariga olishlariga yordam berishayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Biroq ularning bu xiyonat va qasamxo‘rliklari, Allohning izni ila, Shom qo‘zg‘oloniga hargiz zarar etkazolmaydi. Alloh Taolo bunday dedi:

فَمَنْ نَكَثَ فَإِنَّمَا يَنْكُثُ عَلَى نَفْسِهِ وَمَنْ أَوْفَى بِمَا عَاهَدَ عَلَيْهُ اللَّهَ فَسَيُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا

«Kim (o‘z qasamini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga buzur. Va kim Alloh bilan ahd-paymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulug‘ ajr-mukofot ato etur» [Fath 10]

Ey Shomdagi ahlimiz!

Shuni bilingki, sizning xalos bo‘lishingiz o‘z qo‘lingizda sizni yordamsiz qoldirganlar qo‘lida emas. Alloh Taolo bunday dedi:

وَلاَ تَكُونُوا كَالَّتِي نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِنْ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنكَاثًا تَتَّخِذُونَ أَيْمَانَكُمْ دَخَلاً بَيْنَكُمْ أَنْ تَكُونَ أُمَّةٌ هِيَ أَرْبَى مِنْ أُمَّةٍ إِنَّمَا يَ

«Va sizlar bir millat boshqa bir millatdan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo‘lgani uchun qasamlaringizni (buzib) aldov vositasi qilishingiz bilan (ya’ni, boshqa boyroq va kuchliroq qavmni topsangiz, avvalgi qasamingizdan kechib ketaverishingiz bilan) xuddi o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan so‘ng parcha-parcha qilib buzib-chuvatib tashlagan xotinga o‘xshab qolmangiz! Albatta, Alloh bu (ahdga vafo qilishga buyurish) bilan sizlarni imtihon qilur va albatta qiyomat kunida sizlarga ixtilof qilib o‘tgan narsalaringizni bayon qilib berur» [Nahl 92]

Roya gazetasining 2020 yil 12 iyul chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.