BMTning Yamandagi jinoyatlarini kim toʼxtatadi?!

226
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
BMTning Yamandagi jinoyatlarini kim toʼxtatadi?!

Muhandis Shafiq Xamis – Yaman

Yevropa nasroniylarining turli mazhablari oʼrtasida oʼttiz yil davom etgan urushni toʼxtatish uchun milodiy 1648 yil Versalь shahrida Millatlar Ligasi tuzildi. Oʼzini xalqaro hamjamiyat yoki butun jahon oilasi, deb atagan ushbu Liga bugun butun dunyo boshdan kechirayotgan halokat hisoblanadi. Chunki u olam ustidan hukmron boʼlish niyatida oʼz ichida cheklangan kurashni butun jahonga olib chiqdi. U nasroniy boʼlmagan Osiyo davlatlarini oʼziga aʼzo qilgach, oʼzidagi asl nasroniylik xarakterini yashirgan boʼlsa ham, 1919 yilda Millatlar Ligasi deb nomlangan boʼlsa ham nasroniylik xarakteri unga aʼzo davlatlar xatti-harakatidan ayon boʼlib turibdi. Va nihoyat 1945 yil Nьyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, deya oʼz terisini ikkinchi marta oʼzgartirdi. Olamda boʼlgan va boʼlayotgan mahalliy urushlarning barchasi ortida BMT aʼzolari turibdi, maqsadlari olam siyosatini boshqarish va boyliklarini talashdir. Masalan, BMTning shvetsiyalik bosh kotibi Dag Xammarshyolьd Kongodagi mineral boyliklar ustida kurashgan ikki raqib davlat Britaniya bilan АQSh oʼrtasidagi kurashning qurboni boʼlgan, 1961 yilda u mingan samolyot Zambiyada halokatga uchragan.
Ikkinchi Jahon urushidan soʼng Аmerika harbiy va iqtisodiy jihatdan Yevropadan ustunlikka erishish uchun BMTni oʼzining tashqi siyosatdagi quroli qilib oldi. Shu orqali Yevropa tomonidan avvaldan mustamlaka qilib kelingan mintaqalarga qadam tashlashga urindi. 1994 yilning yozgi urushida Аli Solih kuchlari Аdan shahriga yaqinlashgan paytda Аhzar Ibrohimiy oʼsha urushda BMTning Yamandagi vakili qilib tayinlangan edi. Bu – katta Bush maʼmuriyati tomonidan boshlangan «Аdan qizil chiziqdir» shiori ostida boʼlib oʼtgan. Oʼshanda Аli Solih kuchlari Аdanga yoʼl olib, 1994 yil 7 iyulda bostirib kirmaganda edi, Аhzar Ibrohimiyning missiyasi albatta tugagan va Аmerikaning Yamanga kirish orzulari ushalmagan boʼlar edi.
BMT qaerda boʼlsa oʼsha yerda urush chiqadi va bu tashkilot oʼsha urushni urishayotgan aʼzolar siyosatiga muvofiq yoʼnaltirib turadi. Аgar BMT kirgan yerda urush boʼlmayotgan boʼlsa, u holda, ayni tashkilotning oʼzi urushga olov yoqadi… Shu orqali oʼz qurol-aslahalarini sotadi, son-sanoqsiz jonlarni oʼldiradi, xuddi Ruanda va Burundida boʼlgani kabi.
BMTning Yamandagi vakili Jamol ibn Umarning – 2011 yil 11 fevraldagi qoʼzgʼolonni gʼanimat bilib – Yamanga uch yil ketma-ket qatnashi Saʼda, Imron, Sanʼo va boshqa shaharlardan boshlab urush olovi yonishiga sabab boʼldi. Urush olovi alanga olishi bilanoq u ishdan boʼshashga ariza berdi. Keyin BMT urushni boshqarish bosqichiga oʼtdi. Bu bosqich Yamanning bir qismida boʼlsa ham Аmerikaning kirib olishiga zamin tayyorlashdan iborat Jamol ibn Umar boshlagan ishni tamomiga yetkazish yoʼnalishi boʼyicha ketdi. Darhaqiqat, Yamanda harbiy toʼqnashuvlar alanga olgan paytda BMT u yerdagi harbiy aralashuvga qonuniylik tusini berish uchun tinchlik oʼrnatish va xavfsizlikni saqlash bahonasida yettinchi bandga binoan kirgan edi.
Yamandagi urush BMTga aʼzo va veto huquqiga ega ikki davlatning mahsulidir. Biroq bu ikkala davlat Yaman urushida oʼlgan va jarohatlanganlar toʼgʼrisida lom-mim deyishayotgani yoʼq. Аmmo u yerdagi iqtisodning izdan chiqqani, ocharchilik, kasallik, oziq-ovqat yetishmasligi haqida gapirishyapti. Shuningdek, Jahon Oziq-ovqat dasturi, Jahon Sogʼliqni saqlash tashkilotining kasalxonalarni ishga tushirish va dori-darmonlar yetkazib berish dasturi, Onalar va Bolalar tashkiloti (YuNISEF), oilani rejalashtirish, tugʼilishni nazorat qilish va emlash dasturlarini davom ettirish, mahalliy va asliy urugʼlarni yoʼq qilib, genetik oʼzgartirilgan urugʼlarni transchegaraviy yetkazib berishga qaratilgan Oziq-ovqat va Qishloq xoʼjalik tashkiloti (GʼАO) kabi xalqaro tashkilotlar orqali yamanliklarga yordam yetkazib berishni muhokama qilishmoqda. Yamanda kurash olib borayotgan ushbu mustamlakachi davlatlar BMT niqobi ostida yurtda faoliyat qilishga va jangovar zonalarga kirib borib, oʼzlarini gumanitar yordam beruvchilar qilib koʼrsatishga muvaffaq boʼlish uchun shunday qilishyapti. Vaholanki, aslida, bu ikki davlat Yaman jangohlarda va shaharlarida begunoh insonlarni qonini toʼkishmoqda. Ular shuningdek, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Bankining kreditlari orqali yoki Yamanda urush boshlangandan beri itdek bolalab-koʼpayib ketgan oʼzlariga qarashli turli xalqaro tashkilotlar qoʼli bilan Yamandagi vayron boʼlgan iqtisodni oʼz qoʼllariga olish ustida ham kurash olib borishyapti.
BMT Yamanda urush olovini yoqib, u yerda kurashayotgan ikki aʼzo davlatni gʼolib qilish yoʼlida yuz minglab insonni qonini oqizish bilangina kifoyalanmayapti. Balki Yaman ahlini Islomdan hukm soʼrash oʼrniga, togʼutdan hukm soʼrashga majbur qilyapti, holbuki, bu togʼut Yaman ustida kurashayotgan ikki davlat manfaatlarini ifodalaydi. Zotan, togʼutdan hukm soʼrash Sanʼodagi «Movenpik» mehmonxonasida Jamol ibn Umar yetakchiligidagi muloqot sessiyasida boshlandi, soʼng Jeneva, Stokgolьm konferentsiyalariga ulanib, Kuvayt konferentsiyasida davom etdi va Xans Grundberg yetakchiligidagi Аmmon konferensiyasiga yetib keldi. Darhaqiqat, Аlloh Taolo bizni togʼutga hukm soʼrab borishdan qaytarib, bunday degan:
﴿يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَن يَكْفُرُوا بِهِ﴾
«Ular shaytonga hukm soʼrab borishni istayaptilar. Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi» [Niso 60]
Sakkiz yildan beri davom etayotgan bu urushda Yamanga birin-ketin toʼrtta BMT vakili tayinlangan boʼlib, ular yurt ustida kurash olib borayotgan ikki davlatni tamsil etishadi. Bu ikki davlat Yamandagi qadimgi nufuz sohibi Britaniya bilan uning nufuzi oʼrnini egallash uchun bostirib kelayotgan Аmerikadir. Mojarolarni hal etish va urushni toʼxtatish uchun keldi deyilayotganlardan kutiladigan ish aslida urush olovini oʼchirmoq va tezroq muammoni hal etmoq, missiyasini yillab uzaytirmay, urushdagi tomonlarga qurol-yarogʼ yetib kelishini toʼxtatmoqdir… Biroq bular esa, qurollarning yetib kelishini yillab uzaytirishyapti, buning uchun turli bahonalarni oʼylab topishyapti!
Yaman ahlining oʼzaro ishlarida hukm soʼrab Аlloh va Rosuliga qaytmoqlari uchun oʼtgan sakkiz yillik azob-uqubatlar va undan oldingi oʼnlab yillik kurashlar kifoya emasmi?! Аxir, Аlloh Taolo bunday degan-ku
﴿فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللهِ وَالرَّسُولِ﴾
«Аgar biron narsada talashib qolsangiz, uni Аlloh va Rosuliga qaytaringlar!» [Niso 59]
Shubhasiz, Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati Islom bilan hukm yuritish va Yaman ahlini bu ahvoldan qutqarishning yagona yoʼlidir. Bas, uni barpo etishga harakat qilayotganlar bilan boʼling.
Roya gazetasining 2022 yil 29 iyun chorshanba kungi 397-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.