Pandemiya davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga etdi

461
0

Pandemiya davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga etdi

Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 600 ming kishiga ko‘paydi va 2 millionga etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov “Kun.uz” nashriga bergan suhbatida ma’lum qildi.

“Joriy yil boshida ishsizlar soni 1 million 400 ming atrofida edi. Shundan keyin pandemiya ta’sirida ayrim korxonalar faoliyatini to‘xtagani sababli ishsizlar soni 2 million nafarga yaqinlashdi. Bundan tashqari, xorijdagi ishiga bora olmayotgan 500 ming nafarga yaqin fuqarolarimiz ham bor”, -deb aytgan vazir.

Foiz hisobida olinadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda pandemiyaga qadar ishsizlik ko‘rsatkichi 9,3 foiz edi. Ayni paytdagi taxminiy va birlamchi hisob-kitoblarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 14-15 foizga etdi.

Avvalroq Bloomberg agentligi Xalqaro valyuta fondi O‘zbekistonda joriy yilda ishsizlik darajasi 16,5 foizga etishi mumkinligini bildirgani haqida xabar bergan edi.

Xabarda aytilishicha, avvalroq O‘zbekistonda ishsizlik joriy yilda 8,9 foizga etishi prognoz qilingan. Agentlikning yozishicha, O‘zbekiston hukumati ishsizlik ko‘rsatkichini rasman bundan ozroq qilib ko‘rsatmoqda.

Izoh: Aslida ishsizlar soni bu ko‘rsatkichlardan bir necha barobar ko‘proq.

O‘rta Osiyo xalqi mintalitetiga ko‘ra o‘z tirikchiliklarini norasmiy mehnat va shaxsiy imkoniyatlariga tayanib o‘tkazishadi.

Xalqaro siyosatga tobe bo‘lgan olamiy boshqaruv sistemasi, dunyoni o‘z manfaatlariga muvofiq tartibga solgan. Olamiy tizimga ko‘ra etakchi davlatlar og‘ir va engil sanoatlashgan bo‘lib, ular o‘z fuqorolarini mumkun qadar ko‘p qismini ish bilan ta’minlay olishadi.

Mustamlaka, ya’ni uchinchi olam mamlakatlarining iqtisodi xom ashyo yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlari ustiga qurilgan bo‘lib, ularda og‘ir va xususiy engil sanoat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan emas. Shuning uchun bu davlatlar o‘z fuqorolarining asosiy ehtiyojlarini qondirishlari uchun ularni ish bilan ta’minlay olishmaydi. Etakchi davlatlar mamlakatlarimizga olib kirgan qo‘shma korxonalar ham, ishsizlik muammosiga to‘la barham bera olmaydi.

Sanoatlashgan yirik davlatlar bilan uchinchi olam davlatlari o‘rtasida yashash darajasi keskin farq qilib, tabiiyki G‘arb olami fuqorolarining yashash darajasi uchinchi olam mamlakatlariga nisbatan o‘ta rivojlanib ketdi. Xalqaro siyosat bu muammoni katta sakkizlik va katta 20lik tashkilotlari orqali hal qilish rezolyutsiyalarini qabul qilgan edi. Vazifalariga ko‘ra ular qashshoq mamlakat fuqorolariga har turli iqtisodiy, moliyaviy, harbiy va siyosiy yordamlar ko‘rsatishlari kerak.

Lekin olam kengayib, kapitalistik boshqaruv siyosatining tabiatidan kelib chiqib dunyoda qashshoqlik darajasi kuchaydi. O‘z navbatida uchinchi olam mamlakatlari ham dunyoning katta qismini va olamiy aholi sonining ko‘p qismini egallaganligi bois, etakchi davlatlarning o‘z zimmasiga olgan vazifasi ham, bajarib bo‘lmaydigan darajada katta muammoga aylanib borayapti. Shundan kelib chiqib ular har turli hiylalar-nayranglar bilan halqaro hamjamiyat oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlaridan bosh torta boshlashyapti.

O‘zbekiston va yana boshqa agrar davlatlarda kuchayib borayotgan qashshoqlik va ishsizlik kabi muammolar aslida xalqaro hamjamiyat va xalqaro tashkilotlarning muammosi edi. Ular har turli kompensatsiyalar to‘lash, migrantlar va qochoqlar haqida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarini ado etishlari kerak. Lekin ular o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlaridan bosh tortishdi. Xalqaro qonunlar esa, ularni jazolay olmaydi. Chunki jazoni amalga oshiradigan xalqaro davlatning o‘zi mavjud emas, jazoni etakchi davlatlarning o‘zlari ijro etishadi.

Xoin hokimiyatlarimiz ham, o‘z mamlakatlarining xalqaro qonunlarda belgilangan haq huquqlarini talab qila olishmaydi. Agar ular xiyonat qilishsa, ya’ni bizdan bor xom ashyoni olib ketib, uni qayta ishlash yo‘li bilan topgan ulkan daromadlari evaziga o‘z zimmasiga olgan to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashsa, nega biz ular tuzib bergan sanoatlashmaslik tizimiga rioya qilib, o‘z majburiyatlarimizni qullardek bajaraverishimiz kerak!

Endi koronavirus pandemiyasidan foydalanib, uchunchi olam fuqorolarini butkul izolyatsiya qilib olishmoqchi. Zimmasiga olgan barcha muammolarni o‘zimizga topshirib, nazoratni bir necha barobar kuchaytirib, xalqaro boshqaruv tizimini o‘zgartirishmoqchi.

Bu yangi olamiy boshqaruv tizimida biz avvalgi imkoniyatlarimizning ko‘p qismidan mahrum bo‘lamiz. Lekin olam (G‘arb) oldida  zimmamizdagi vazifalarimiz kuchayadi, takommillashadi. Ishsizlik va qashshoqlik kuchayib, siyosiy va harbiy vaziyatlar keskinlashadi. Xalqaro siyosat o‘z zimmasidagi barcha majburiyatlaridan voz kechib uni mamlakat etakchilari zimmasiga o‘tkazib beradi. Ular o‘z xalqiga nisbatan zulmni kuchaytirishda mustamlaka davlatlarga mutlaq tobe bo‘lishga majbur bo‘lishadi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.