Karataev: Shaharlarga favqulodda holat rejimi qaytarilishi mumkin

388
0

Karataev: Shaharlarga favqulodda holat rejimi qaytarilishi mumkin

 Qirg‘izistonda koronavirus yana avj ola boshlagani tufayli hukumat yana bir necha viloyat va shaharlarda favqulodda holat rejimini joriy etishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Madamin Karataev ma’lum qildi.

 “Ayni vaqtda Chuy viloyatida, Bishkekda, O‘sh viloyati va O‘sh shahrida vaziyat juda keskinlashdi. Bugun respublika shtabi yig‘ilishida favqulodda holat rejimini qaytarish masalasi muhokama qilinadi va barcha omillardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilinadi”, – dedi Karataev maxsus brifingda.

 U shuningdek, “Bugun nafaqat prezident administratsiyasida, balki boshqa davlat muassasalarida ham kasallanish holatlari aniqlandi. Shuning uchun davlat xizmatchilari masofadan ishlash rejimiga o‘tishadi. Oq uy yopilishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi”, – dedi.

 Izoh: Bosh vazir Kubatbek Boronov 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan respublika tezkor shtabi yig‘ilishida, “Koronavirus bilan kasallanganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa Bishkek, O‘sh shaharlari va Chuy viloyatida vaziyat jiddiy. Hududlarda vaziyat nazorati bo‘yicha to‘laqonli ishlar olib borilmayapti”, -degan edi. Bishkek meri o‘rinbosari Tatьyana Kuznetsova ham “Bishkekda koronavirusga chalinish xavfi yuqoriligicha qolayotgani”ni ma’lum qilgan edi.

 Rasmiy hukumat oktyabr oyiga belgilangan parlament saylovlari oldidan koronavirus vahimasini yana kuchaytira boshladi. Chunki, parlament saylovi arafasida amaldagi hukumat ham, etakchi guruh ham etarli siyosiy quvvat to‘play olmadi. Endi uning siyosiy quvvat to‘plab olishga va siyosiy elektoratni boshqarib ketishiga deyarli imkoniyati yo‘q. Shu sababli hukumat mamlakatni yana qayta karantinga olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.