Jeenbekov bosh vazir iste’fosini qabul qildi

368
0

Jeenbekov bosh vazir iste’fosini qabul qildi

 Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Muhammadkaliy Abilgaziev iste’fosini qabul qildi. 15 iyunda Abilgaziev radiochastotalarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq mojaro sababli iste’foga chiqishga qaror qilgan.

  “Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bosh vazir Abilgaziev Muhammadkaliy Duyshekeevichning iste’fosi qabul qilingan farmonni imzoladi”, deb ma’lum qilingan prezident matbuot xizmatida.

 Parlamentdagi ko‘pchilik koalitsiyasi sobiq bosh vazir o‘rinbosari Kubatbek Boronovni bosh vazirlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi.

 Izoh: Qirg‘iziston “mustaqillik”ka erishganidan buyon o‘tgan 29 yil davomida 31 marta bosh vazir almashdi. Vaqtinchalik bosh vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lib tayinlangan Boronov bosh vazirlarning 32-si bo‘ldi. Hatto, ba’zi siyosatchilar ikki martadan bosh vazir lavozimini egallashga ulgirishdi. Ba’zida prezident o‘z layoqatsizligini yashirish yoki biror mustamlakachi davlat manfaati ro‘yobga chiqarilganidan so‘ng  – Qirg‘izistonni EOIIga olib kirish kabi – bosh vazirni “qurbonlikka” keltirgan bo‘lsa, ba’zida bosh vazirning o‘zi Qirg‘izistonda chuqur ildiz otgan korruptsion sxemalarda bosh bo‘lib, iste’foga chiqarilganidan so‘ng panjara ortiga tashlandi…

 Har safar bosh vazirning o‘z vazifasini uddalay olmaslik yoki korruptsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblab ishdan bo‘shatilishiga qaramay, Qirg‘iziston iqtisodida ham, siyosiy yo‘nalishida ham biror ijobiy, jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi. Chunki, muammo tizimda emas, balki TUZUMda. Qirg‘izistonda barcha narsani moddiy manfaat asosiga quruvchi kapitalistik tuzum tatbiq qilinar ekan qancha bosh vazir yoki hukmat a’zolari o‘zgarishiga qaramay hech qachon o‘zgarish va rivoshlanish bo‘lmaydi. Sababi, amaldorlar o‘zlari egallab turgan vaqtinchalik hokimiyatdan foydalangan holda faqat o‘zi, oila a’zolari va yaqinlarining moddiy jihatdan ta’minlab olish haqidagina fikrlashadi. Ular na xalq va na Alloh oldida mas’ul ekanliklarini his qilishadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.