Lavrov Turkmanistonga tashrif buyuradi

390
0

Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida berilgan xabarga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 3 fevral kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi va mahalliy rahbarlar bilan muzokaralar o’tkazadi.

“Lavrov Turkmaniston rahbariyati bilan ikkitomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, gumanitar sohalarda muzokaralar o’tkazadi”, – deyiladi xabarda.

Xabarda belgilanishicha, muzokaralar chog’ida xalqaro hayotning asosiy mavzulari, jumladan ikki davlatning BMT va MDH doirasida hamkorligi bo’yicha fikr almashiniladi. Asosiy e’tibor, Afg’onistondagi vaziyatni hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mintaqasi, shuningdek Yaqin Sharqdagi vaziyatlarga qaratiladi.

Turkiston:

AQSh tomonidan joriy etilgan xalqaro qonunlarni buzgan holda Qrimni anneksiya qilib olinishi va Ukraina sharqidagi amaldagi hukumatga qarshi kurashayotgan qurolli ayrimachilarni qo’llab-quvvatlashi ortidan AQSh va G’arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan jazo choralari va bunga qo’shimcha neft narxini keskin tushib ketishi Rossiyani qiyin ahvolga solib qo’ydi. Rossiya mavjud vaziyatdan qutulish uchun Markaziy Osiyo respublikalariga suyanishga majbur bo’lmoqda.

Bundan tashqari Afg’onistonda vujudga kelgan vaziyat ham Rossiyani o’zining orqa eshigi hisoblangan Markaziy Osiyoga jiddiy e’tibor qaratishga va ularni qurollantirishga undamoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.