Qirg‘izistonda 2007 – 2011 yillar oralig‘ida 187 bolaga SPID yuqtirilgan

404
0

Qirg‘izistonda 2007 – 2011 yillar oralig‘ida 187 bolaga SPID yuqtirilgan

2007 – 2011 yil mobaynida 187 bolaga Qirg‘iziston kasalxonalarida atayin SPID kasalligi yuqtirilgan. Bu haqida SDPK fraktsiyasidan parlamentdagi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Damira niyazalieva xabar tarqatgan. KNEWS.

https://knews.kg/wp-content/uploads/2015/12/11717_w300_h207_crop.jpg

Davlat “SPID” markazining malumotiga ko‘ra 2007 yili davlat kasalxonalarida 36 yosh bolaga VICh infektsiyasi yuqtirilgan. Kasalxonada 2008 yili – 72 bolaga, 2009 yili – 35 bolaga, 2010 yili – 22 bolaga, 2011 yili ham – 22 go‘dakka, jami 187 bolaga atayin SPID kasalligi yuqtirilgan!

2020 yil aprel oyida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri qilib tayinlangan Sabirjan Abdikarimov 2007 yili vazir o‘rinbosari, 2010 yilida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan! Aynan shu kimsaning boshqaruvi ostida davlat kasalxonalari orqali ommaviy Vichga analiz olish joriy qilinib, o‘nlagan go‘daklarga SPID kasali yuqtirilgan edi!

Bu ish ortidan balki tashqi donor davlat va tashkilotlardan shu kungacha millionlagan dollar yordam puli olishayotgan bo‘lsa ajab emas. Lekin odamlar, go‘daklar taqdiri nima bo‘ldi. Ulardan tirik qolganlari hozir balog‘at yoshiga etishdi! Lekin ularning hayoti – baxt saodati, sog‘liklari, ota-onasi tortgan qiyinchiliklari uchun kim javob beradi?!

2020 yili “koronavirus pandemiyasi” e’lon qilinishi bilan Sobirjon Abdikarimov yana mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Buning ortidan yana odamlarni majburiy emlash masalasi ko‘tarila boshlandi. Shu kunlarda qandaydir gripga qarshi emlash kerakligi aytilmoqda. Keyin koronavirusga qarshi boshlanadi!

Koronavirusga chalingan har bir odam uchun byudjetdan 2000 dollar naqd pul sug‘urib olishyapti! Demak hukumatga koronavirusga chalinganlar miqdori ozayishidan ko‘ra ularni ko‘payishi manfaat bor! Olamiy pandemiya vahimasi ostida, mamlakatni qarzi ustiga yana yuzlagan million dollar qarzga botirib borishayapti. Karantinda yotgan har bir bemor uchun 2000 dollar sarf qilindi deb hujjatlashtirib, olingan qarzlarni o‘zaro taqsimlab olishyapti!

Demak karantin – fuqorolar sog‘lig‘ini saqlash muammosi ostida emas, balki paydo bo‘lib qolgan vaziyatda iqtisodiy imkoniyatlardan mumkin qadar maksimal darajada foydalanib qolish asosida olib borilayapti! Iqtisodiy imkoniyatlardan mamlakat yoki xalq manfaati uchun emas, balki ma’lum shaxslar va etakchi guruh vakillari manfaati uchun mumkin qadar keng foydalanib qolishga harakat qilishayapti.

Bu yirik firibgarlik amaliyotida xalq ishonchini qozonish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun butun mamlakat matbuoti shu qalbaki vahimani qo‘pirtirish uchun bor quvvati bilan yo‘naltirildi! Bu vahimaga ishonish bizni ularga yordam berishga undaydi. Yani ular bizni qo‘rquv ostida ushlab turish bilan – o‘zlari amalga oshirayotgan iflos ishlarini yashirishga harakat qilishadi. Hatto shu yo‘lda virusni atayin tarqatishdan ham toyishmaydi. Ogoh bo‘laylik birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.