Kapitalizm mabdasi «yamoq» mabdadir

416
0

Kapitalizm mabdasi «yamoq» mabdadir

Kapitalistik tuzum inson aqlining mahsuli bo‘lganligi sababli insonlar hayotini farvonlikka olib chiqishdan ojizdir. Bu tuzum namoyondalari har qancha urinmasin, uning ojizligi tobora ortib boryapti. Kapitalistlar chigallashgan muammolarni hal qilishdagi kapitalizmning muvaffaqiyatsizligini yashirish maqsadida “mavjud vaziyatni isloh qilish”, kabi soxta iboralar bilan kapitalizm tabiati umuman qabul qilmaydigan holatlarni joriy qilishga, ya’ni kapitalizmga yamoq solishga odatlanishgan.

Masalan, o‘z shirkatlarida odamlarni ishlatayotgan kapitalist, kapitalizmdagi iqtisodiy erkinlikdan kelib chiqqan holda ishchiga o‘zi xohlagan ish haqini berishga va o‘zi xohlagan ish soatlarini belgilashga to‘la haqli hisoblanadi. Istasa, rozi qilgan holda, bir tiyin bermay ishlatishga ham haqqi bor. Ammo bu bora-bora ishchilarning noroziligiga sabab bo‘lishi, natijada ishchilar qo‘zg‘alib tartibsizliklar keltirib chiqarishi tabiiy. Bu holat Amerika tarixida ochiq ko‘rindi. Ishchilarga kunlik ozuqasiga etib-etmagan mablag‘ berib ishlatgan kapitalistlar va ishchilar o‘rtasida yuzaga kelgan nizo o‘n yilga yaqin davom etdi. Natijada bu ishga davlat aralashib, ishchilarning ish saotlari va eng past ish haqqini belgilab qo‘yishga majbur bo‘ldi. Aslida bu kapitalizmdagi iqtisodiy erkinlik tamoyilini ochiq poymol qilish hisoblanardi. Chunki kapitalistik nizom bozor iqtisodi, ya’ni erkin iqtisodga tayanadi. Iqtisod masalasiga davlatning aralashuvi butunlay rad etiladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, kapitalizm namoyondalari “mavjud vaziyatni isloh qilish” bahonasida kapitalizm mabdasiga yamoq solishdi.

Yana bir misol, kapitalizmda mahsulot ishlab chiqarishga undash va uni taqsimlashni tartibga solishning yagona quroli narxdir. Ammo kapitalistik davlatlarda kundalik zaruratlarini ham qo‘lga kiritishga etarli pulga ega bo‘lmagan odamlar sonining ortib borishi kapitalizm kelajagiga xavf sola boshladi. Natijada bunga qarshi “ijtimoiy ta’minot muassasalari”, “ijtimoiy ishlar tashkilotlari”, “xayriya jamiyatlari” kabi muassasalar tuzilib, kapitalizmga yana yamoq solindi.

Bugunga kelib kapitalizm namoyondalari koronavirus pandemiyasidan ham ayni maqsadda foydalanish payiga tushib qolishdi. Go‘yoki Kapitalizm mabdasinnng krizisga uchrashida koronavirus aybdor. Vaholangki, bu virus chiqmay turib ham, Amerikada va boshqa joylarda qancha-qancha shirkatlar bankrot e’lon qildi. Hatto buyuk davlatlar karonavirusdan avval ham katta miqdorda qarzdor edi, byudjetlarida ulkan kamomadlar mavjud edi. Ammo ular Insonlar orasida “muammolar girdobiga kirib qolishimizga koronavirus sababchi bo‘ldi, u iqtisodimizni og‘ir ahvolga soldi. Insonlar uylaridan chiqa olmay qolganligi uchun ishlab chiqarish, turizm, sanoat to‘xtab qoldi, samolyotlar uchishdan to‘xtadi, shu sababli iqtisodga zarba etdi. Natijada iqtisod jar yoqasiga kelib qoldi” degan tushuncha paydo qilmoqchi bo‘lishmoqda. Ya’ni kapitalizmni tabiatidan kelib chiqayotgan inqirozlarga verusni sababchi qilib ko‘rsatishga urinishmoqda.

Ammo haqiqat shuki, Amerikada ham Evropada ham moliyaviy iqtisod aslida qulab borayotgan edi. Faqat koronavirus bu fasod mabdani yanada holdan toydirdi. Bunday bir paytda koronavirus kapitalistlarga tayyor bahona bo‘ldi. Shuning uchun televizion dasturlarda koronavirus haqida o‘tkazilgan suhbatlarda iqtisodning og‘ir ahvolga tushib qolganligiga virusni sabab qilib ko‘rsatishga urinmoqda. Yuqorida aytilganidek, kapitalizm namoyondalari nsonlarning noroziliklari va kapitalizm tuzumiga qarshi qo‘zg‘alishlarini oldini olish maqsadida mana shunday holatlardan yamoq sifatida foydalanishadi. Shundan kelib chiqib kapitalizm mabdasini «yamoq» mabda desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, Kapitalizm mabdasi har qancha chirib bitgan bo‘lmasin, uning o‘rnini egallaydigan biror bir mabda maydonga chiqmas ekan, to‘g‘rirog‘i maydonga olib chiqilmas ekan, G‘arb kapitalizmni yamab-yamab tik tutishga harakat qilaveradi. Oqibatda dunyo razolat botqog‘iga botib boraveradi.

Bugungi kunda kapitalizm qarshisida turgan yagona mabda Islomdir. Shunday ekan, musulmonlar hayot maydoniga uni olib chiqishlari vojib. Musulmonlar o‘z vazifasini ado etmas ekanlar, kapitalizmning zavolga yuz tutib, hayot sahnasidan yo‘q bo‘lib borayotganini e’lon qilishi aslo kutilmaydi. Aksincha ular yamoq nizomlarini yana «yamash»ga urinaverishadi. Islom Ummati, ayniqsa Ummat ichidagi quvvat va nufuz ahli shuni yaxshi bilsinlarki, dinlariga yordam berish zimmalaridagi farzdir va uni bir soat bo‘lsa ham kechiktirishlari aslo joiz emas.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.