Qasim-Jomart Toqaev: Epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanib ketishi mumkin

391
0

Qasim-Jomart Toqaev: Epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanib ketishi mumkin

 Epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanishi xavfi bor. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasining yig‘ilishida ma’lum qildi.

 Izoh: Belorus prezidenti Aleksandar Lukashenko Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqqarilgan ekspress-testlar haqida, kasallikni to‘g‘ri aniqlash darajasi bor-yo‘g‘i 30% ga teng degan edi. Markaziy Osiyo rahbarlari uchun bu testlar juda qo‘l keladi. Bu testlar vaziyatga qarab, ular xohlagan sanoqda koronaviruslarni aniqlab beraveradi. Kasallik alomatlari ham, badandagi muayyan darajada davomli saqlanib turishi kerak bo‘lgan isitmani ham keragi bo‘lmaydi.

 Amaldagi davlat rahbarlari bu testlar yordamida o‘z kursilari uchun xatar paydo bo‘lsa yoki muxolifat siyosiy mitinglar orqali xalqni hukumatga qarshi ko‘tarishni boshlagan vaqtda yana qayta koronavirus vahimasini paydo qilishlari, mamlakatda favqulotda holat rejimini qayta joriy etish bilan xalqni “uy qamog‘iga” tiqishlari mumkin bo‘ladi. Bu usul bir marta muvafaqqiyatli sinovdan o‘tdi, kerak bo‘lgan vaqtda hukumat yana shu choralarga qaytaveradi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.