G‘arbning Tunisdagi kashfiyotchi aqllarni olqishlashini to‘g‘ri yo‘nalishda tushunish

346
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arbning Tunisdagi kashfiyotchi aqllarni olqishlashini to‘g‘ri yo‘nalishda tushunish

So‘nggi paytlarda koronavirus tarqalayotgan bir vaziyatda, G‘arb va uning tashviqotchilarining Tunisdagi kashfiyotchi aqllarga e’tiborlari va savollari tobora ortmoqda. Maslan, Frantsiyadagi Sen-Deni kommunasi shifoxonasining tez yordam bo‘limi raisi Matias Vargon «RTL» radiodasturida bergan bayonotida Frantsiyada ishlayotgan tunislik shifokorlarning malaka va mahoratlarini olqishladi. Shuningdek, Bi-Bi-Si kanali Tunisning Sus shahri milliy muhandislik o‘quv yurti talabalari tomonidan tayyorlangan himoya niqoblari haqida maqola nashr qildi. AQShning «Nьyu-York post» gazetasida ham Tunis Milliy amaliy fanlar va texnologiyalar davlat instituti muhandislari haqida maqola nashr qilinib, ularning inson ko‘krak qafasi rengen tasvirlarini tahlil qilishga va koronavirus yuqtirganligini aniqlashga ega sun’iy intellektdan foydalanish qobiliyatlari haqida aytildi. Maqola «Tunis koronavirusga qarshi kurashdagi global harakatlarga hissa qo‘shmoqda», deb nomlangan.

Roya gazetasi sharhi:

G‘arb tunisliklar iste’dodiga «yuksak baho» berayotganini da’vo qilayotgan ekan, beixtiyor biz G‘arbning eski, ammo yangilanib turuvchi strategiyasini, ya’ni, o‘z loyihalari foydasiga iste’dodlarni o‘g‘irlashini esladik. Ya’ni, yurtlarimizdan iste’dodli kishilarni ko‘chirib ketishda hamda mahalliy maydonni Islom asosida rivojlanish bilan bog‘liq siyosiy loyihaga qo‘shilishga yaroqli kishilardan tozalashga bor kuchini sarfladi. Afsuski, Ummatning ba’zi ulamo va mufakkirlari kapitalistik tuzumning global miqyosda tatbiq qilinishi oqibatida kelib chiqqan krizislardan qutqarishga qodir tuzumdan butunlay g‘aflatda qolmoqdalar. Ba’zilar Xalifalik loyihasi mohiyatini bilish imkoniyatidan va fursatidan o‘zini mahrum qilishyapti. G‘arb o‘nlab yillardan beri nomini qora qilishga qattiq harakat qilib kelayotgan ushbu Xalifalik loyihasi Islom hokimiyatining yo‘qligi sababli paydo bo‘lgan dahshatli fan-texnika bo‘shlig‘ini to‘ldira oladi. Nafaqat to‘ldira oladi, hatto bunga birdan-bir loyiq loyihadir. Chunki ushbu loyiha G‘arbdagi mufakkirlar va strategik tadqiqot institutlarini Allohning izni ila barpo bo‘layotgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati bilan qanday munosabatda bo‘lish to‘g‘risida bosh qotirishga majbur qildi.

Roya gazetasining 2020 yil 29 aprel chorshanba kungi 284-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.