Muborak Ramazon tabrigi

461
0

Muborak Ramazon tabrigi

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib, Qur’on nozil qilindi»

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi Alloh Taolodan Ramazon oyini musulmonlar uchun yaxshilik va g‘oliblik oyi qilishini so‘ragan holda, Xazro ahli va Islom Ummatini ushbu muborak oyning boshlanishi bilan tabriklaydi.

Qur’on nozil qilingan Ramazon oyi – itoat, g‘alaba va fath oyidir. Bu oyda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etishga harakat qilish va u haqdagi umidlar yangilanadi. Bu oyda Robbimiz shariatini bekor qilgan, ishlarimizni yomon boshqargan, boshimizga eng og‘ir musibatlarni solgan, hayotimiz va dinimizni zoe ketkazgan hamda masjidlarimizda na jum’a, na jamoat va na tarovih o‘qilmaydigan qilib berkitgan hokimlarni uloqtirib yuborishga bo‘lgan azmu qaror yangilanadi.

Ey Xazro yurti ahli:

Itoat, Qur’on tilovat qilish, duo qilish, zakot berish, solih amallarni ado etish hamda ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish orqali bu oyni g‘animat biling. Alloh Taolo musulmonlardan vaboni, baloni va qimmatchilikni ko‘tarishini, Xalifalikni barpo qilish orqali musulmonlarning g‘olib bo‘lishlarini so‘rang. Zero, Xalifalik dinni barpo etadi, musulmonlar daxlsizligini himoya qiladi, qonlari, nomuslari va boyliklarini saqlaydi va yurtlarini birlashtiradi. Xalifalik Islomni dunyoga yaxshilik va hidoyat risolati sifatida olib chiqadi, natijada Ramazon oyi haq kalimasini oliy qilish, fath va ochiq nusrat oyiga aylanadi.

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ* وَعْدَ اللَّهِ لَا يُخْلِفُ اللَّهُ وَعْدَهُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

«O‘sha kunda mo‘minlar Alloh nusrat bergani sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir. (Bu) Allohning va’dasidir. Alloh O‘z va’dasiga xilof qilmas. Lekin ko‘p odamlar bilmaslar» [Rum 4-6]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.