Falastin rejimi o‘ziga qarshi fikr bildirganlarni yoki Ummat saqofati himoyachilarini hibsga olishda hamon favqulodda holatdan foydalanmoqda

368
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi o‘ziga qarshi fikr bildirganlarni yoki Ummat saqofati himoyachilarini hibsga olishda hamon favqulodda holatdan foydalanmoqda

Xalil shahri xavfsizlik xizmati 2020 yil 21 aprel seshanba kuni Avs Abu Arqub ismli yigitni katta ko‘chada hibsga oldi. Bu Abu Arqubning ijtimoiy tarmoq orqali faoliyat olib borib, qabriston devoriga mozaika o‘rnatilishini va unda kommunizm va dahriylik timsollari ulug‘lanayotganini tanqid qilishi ortidan bo‘ldi. Noqonuniy hibsga olingan yigitning oilasi va do‘stlari xavfsizlik xizmatiga murojaat qilishganda esa, xavfsizlik xizmati xodimlari ular orasidan doktor Alo Amrni ham hibsga olib, Abu Arqub bilan birga Xalil xavfsizlik bo‘limiga olib ketishdi.

Falastin rejimi haq so‘z ovozini bo‘g‘ish va o‘z Islomlariga yordam berishga harakat qilayotganlarga zo‘ravonlik qilish uchun favqulodda holat va koronavirus pandemiyasidan foydalanmoqda. Biroq rejim bu qilmishi bilan hech narsaga erisholmaydi, aksincha, o‘ziga qarshi Falastin ahli nafratini yanada kuchaytiradi. Shuningdek, siyosiy fikri uchun odamlarni bostirib, qamoqqa tashlayotganlar aslo ularning sog‘lik-salomatligiga qayg‘urishmaydi, qayg‘urishlarini iddao qilishadi, xolos. Shu bilan birga, bunday bostirish va zo‘ravonliklar Hizb ut-Tahrir etakchiligidagi haq so‘zni aytayotgan insonlarning kuchiga yana kuch qo‘shib, ularning da’vat qilish va ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishdagi qat’iyatlarini yanada ziyoda qiladi, xolos.

Roya gazetasining 2020 yil 29 aprel chorshanba kungi 284-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.