Pandemiyani siyosiy o‘yinlarda qo‘llanilishi

377
0

Pandemiyani siyosiy o‘yinlarda qo‘llanilishi

 Dunyoga mustamlakachilik orqali hukmronlik qilayotgan kapitalistik tuzum qoronavirus qarshisida ojizligini namoyon qildi. Mutakabbir yirik mustamlakachi buyuk davlatlar ham bu virusni davosi yoki vaktsinasini topa olishmadi. Shuning uchun uning ustidan o‘zlari xohlagandek nazarot o‘rnata olishmadi. Ammo shunga qaramay, dunyo siyosatchilari ushbu pandemiyadan foydalanib qolish yo‘liga o‘tishdi. O‘z navbatida xalqaro va mahalliy siyosat shu asosdan kelib chiqib belgilana boshlandi.

1.     Olamiy siyosat: pandemiya karantinlari orqali ocharchilik keltirib chiqarish va bu orqali mustamlaka ostidagi xalqning sonini kamaytirish

 Bunga Birlashgan Millatlar Tashkiloti va unga qarashli xalqaro tashkilotlar bayonotlari va harakatlari dalolat qilib turibdi. (Ma’lumki, hozirgi vaqtda mustamlakachilar dunyoga BMT orqali hukmronlik qilishmoqda).

 Bundan ma’lum bo‘ladiki, mustamlakachilar dunyoda sun’iy ocharchilik keltirib chiqarishmoqchi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’loni qilganidan so‘ng, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va buni mustamlaka ostidagi davlatlarga majburlab tiqishtirdi. Natijada bu choralarni qabul qilgan mamlakatlarning barchasi iqtisodiy inqirozga duch keldi. Chunki, ichki ishlab chiqarish va xalqaro savdo muzlatib qo‘yildi. Misol sifatida Qirg‘izistonni oladigan bo‘lsak, ushbu choralarni bajarish harakatiga tushgan Qirg‘iziston byudjetida 500 million dollarlik kamomad kutilmoqda va buni xalqaro tashkilotlarning foizli qarzlari hisobidan qoplash mo‘ljallanmoqda. Biroq, xalqaro tashkilotlar kamomadning barchasini yopishga yo‘l qo‘ymaydi. Sababi, bu o‘rinda mustamlaka davlatni qarz qilishdan tashqari, uni inqirozga olib kirish va ocharchilik keltirib chiqarish maqsadlari ham ko‘zlangan. 

 Ushbu choralarni qabul qilmagan davlatlar xalqaro tashkilotlar bosimiga giriftor qilinib, qabul qilishga majburlanmoqda. Masalan, shu vaqtda qadar bu choralarni qabul qilmay kelgan Tojikiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining missiyasini kiritishga majbur qilindi. Endilikda Jahon banki tahmin qilayotgan (“Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 72 mingdan 230 ming kishigacha etishi, olti yarim mingdan 21 minggacha odam halok bo‘lishi mumkin” degan) pandemiya vahimasini tan olish va choralarni qabul qilishga majbur bo‘ladi. Keyin, bu choralarni bajarishga harakat qilib bo‘g‘ziga qadar iqtisodiy inqirozga kirib ketadi.

 Shunday qilib, pandemiya bahonasi ortidan paydo qilinadigan ocharchilik qurbonlari soni virus qurbonlariga qaraganda ming barobar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

 Masalan, Jahon oziq-ovqat dasturi va BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining bayonotlarida, pandemiya sababli kelib chiqadigan ocharchilik oqibatida Afrikada 73 million, Osiyo va Yaqin Sharqda 43 million, Lotin Amerikasida 18 milliondan ortiq odam halok bo‘lishi aytilgan.

 Shu orqali BMT odamlar ongini ocharchilikni tabiiydek qabul qilishga tayyorlamoqda. Chunki, hozir olamiy siyosatga ocharchilik orqali odamlarni qirg‘in qilish kerak bo‘lib qoldi. Mustamlakachilarga ishga yaroqli qullargina qolsa bo‘ldi. Ma’lumki, mustamlaka ostidagi davlatlarda aholi soni oshib bormoqda. Mustamlakachilar esa boyliklarni talon-taroj qilishda foydalanadigan texnologik tarmoqda ulkan muvafaqqiyatlarga erishishdi. Endilikda ishchi kuchiga ehtiyoj kamaydi. Shu tufayli aholining katta qismidan qutulish kerak bo‘lib qoldi. Chunki, ishsizlik uchun nafaqa to‘lash zarurati qolmaydi, qolaversa, yashash uchun kurashuvchi qo‘zg‘olonchilar ham kerak emas.

 Endi mustamlakachi buyuk davlatlarning o‘z mamlakatlariga nisbatan siyosatiga kelsak, ular “ortiqcha yuk” bo‘lgan odamlardan bir sidra qutulish yo‘lidan borishmoqda. U erlarda virus qurbonlari asosan davlatga soliq to‘lamaydigan, ammo nafaqa oluvchi qariyalar, nogironlar shuningdek, davolanishga mablag‘i bo‘lmagan kambag‘allar bo‘lmoqda. Masalan, Rossiyada virus qurbonlari ortib borayotgan pallada migrantlarni fuqarolik olishida engillik berildi. Bu aholining ishga yaroqsiz qismidan qutulish, davlatning demografik holatini ishga yaroqlilar (shu bilan birga Putin rejimini qo‘llab-quvvatlovchilar) armiyasi bilan to‘ldirilishni anglatadi. Xitoyda bo‘lsa virusdan qancha odam o‘lgani va o‘layotganini hech kim aniq ayta olmaydi, rasmiy ma’lumotlarga esa ishonib bo‘lmaydi. Aslida, bu Xitoy hukumati uchun odamlarning “uvoli yo‘q”. Endi Xitoy hukumati ocharchilik haqida dahshatli bashoratlar berib, o‘z aholisini shunga ishontirishga harakat qilmoqda.

 Bu buyuk davlatlar pandemiyaga qarshi kurash uchun byudjetdan ajratayotgan ulkan mablag‘lar masalasida aytadigan bo‘lsak, ushbu mablag‘lar davlatdan tashqariga chiqib ketmaydi, masalan, kompensatsiya orqali o‘z fuqarolariga tegadi. Shuningdek, kapitalistik tizimga muvofiq, bir qancha yirik kapitalistlar o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Masalan, bu mablag‘larning bir qismi tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi yirik xususiy kompaniyalar o‘rtasida aylanadi. Yana bir katta qismi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bahonasi bilan yirik kapitalistlar va banklar qo‘liga o‘tib ketadi.

2. Xalqaro siyosat O‘rta Osiyoda

 AQSh O‘rta Osiyoga nisbatan “hamma narsani kadrlar xal qiladi” siyosatini olib bormoqda. Pandemiya ortidan Rossiya mustamlakachiligiga zarba bermoqda. Bu orqali rossiyaparast siyosiy doirani bo‘lib tashlashga erishmoqda. Masalan, Qirg‘izistonda avval ilojsizlikdan rossiyaparast siyosiy doiraga kirgan ayrim g‘arbparast siyosatchilar endilikda Rossiyaga qaramlikdan chiqib ketishga oshkora chaqira boshlashdi (Omurbek Tekebaev kabi). Shu bilan bir vaqtda, avval Qirg‘izistonni EOIIga olib kirgan siyosatchilar endi undan qutulish haqida gapira boshlashdi (Temir Sariev kabi). Yana ayrim hukumatparast siyosatchilar ham Rossiyaga nisbatan noroziliklarini ayta boshlashdi (Altinbek Sulaymanov kabi). Shuningdek, g‘arbparast muxolifatchilar rossiyaparast hukumatning pandemiya oldida beparvolik, zaiflik va korruptsiya xatti-harakatlarini fosh qilish orqali hukumatni ag‘darish yoki yanada zaiflashtirish uchun jiddiy harakat olib borishmoqda. Hech bo‘lmaganda, parlamentga ko‘proq g‘arbparastlar kelishi uchun jon koyitishmoqda. Xitoyga qarshi esa axborot urushi kuchaytirilmoqda.

 Rossiya esa, O‘rta Osiyoda bevosita mustamlakachilik mavqeini yo‘qotib bormoqda. U G‘arb siyosati oldida zaiflik qilib, Xitoy qo‘lloviga umid qilmoqda, biroq, bu orqali o‘z o‘rnini Xitoyga boy bermoqda. Bunga dalil sifatida Moskvadagi video muloqotda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytgan so‘zlarini keltirib o‘tish etarli. Muloqotda Qirg‘izistonda EOIIga nisbatan ishonch pasayib borayotgani to‘g‘risida berilgan savolga Lavrov shunday javob berdi:

 “Agar Qirg‘izistonda bu yo‘nalishda biror narsa o‘zgarishi kerak degan fikr bo‘lsa, unda bizning G‘arbdagi sheriklarimiz ishga jiddiy kirishishgan. Bu Markaziy Osiyo uchun raqobat jarayonining namoyon bo‘lishi…”,  “… Hozir biz xitoy va qirg‘iz hamkorlarimiz bilan Qirg‘iziston temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha umumiy munosabatlar o‘rnatish ustida ishlamoqdamiz. Bu erda temir yo‘l Qirg‘izistonning O‘zbekistonga tranzit nuqtasi bo‘libgina qolmay, aholi punktlaridan o‘tib, qo‘shimcha ishlab chiqarish va qo‘shimcha iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish uchun rivojlanishi kerak”.

 Xitoy esa “hamma narsani pul xal qiladi” siyosatini olib bormoqda. Butun dunyoga virus Xitoydan tarqalgan bo‘lishga qaramay, O‘rta Osiyo davlatlari rahbarlari u bilan munosabatlarni avvalgi holiga qaytishidan umidvor bo‘lishmoqda. Qarzlarni engillatish so‘rab, yalinib-yolvorishmoqda. Xitoy esa tepaga chiqib oldi. Hatto o‘z ommaviy axborot vositalarida O‘rta Osiyo tarixda Xitoyning erlari bo‘lgani haqida maqolalar e’lon qilib, “ajdarho tishlarini ko‘rsatdi”. U dumi bilan urish uchun qulay fursatni kutib yotipti.

2.     Mintaqdagi mahalliy siyosat

 Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari “pandemiya choralariga” ko‘r-ko‘rona ergashib ketishdi. Agar “ko‘r” bo‘lishmaganida hech bo‘lmaganida quyidagi savollarga javob izlashardi:  

– Karantin orqali mamlakat ichida virus tarqalishi to‘xtatib qolingan taqdirda ham uni boshqa davlatlardan qayta kirib kelmasligiga qanday kafolat bor? Masalan, Qirg‘izistonga Xitoydan yoki Tojikistondan havo orqali qayta kirib kelmasligi qanday kafolatlanadi? Yoki mustamlakachilar tomonidan “biologik urush” usulida qayta kiritilsa, yana qayta shunday karantinga olinadimi?

– Bu virusga qarshi dori va vaktsinalar chiqarilgan taqdirda ham u mutatsiyaga uchrab yana qayta namoyon bo‘lsa, u holda yana qayta karantinga olinadimi?

– Agar bunday karantin choralar davom etaveradigan bo‘lsa odamlar koronavirusdan emas, ochlikdan qirilib ketmaydimi?

 Tojikiston va Turkmaniston hukumatlarining JST choralariga qarshi chiqishiga kelsak, ular buni Islomiy aqida yoki shar’iy hukmlardan kelib chiqib yo donoliklari sababli qilishgani yo‘q. Ular pandemiya tufayli beqarorlik paydo bo‘lishi, bu narsa ularning diktatorlik taxtlariga ziyon etkazishidan qo‘rqishdi. Shuning uchun bu vahimaga qo‘shilmay turishdi. Biroq, ular mavjud olamiy va xalqaro siyosatga itoat qilishmasa xo‘jayinlari ularning taxtlarini bir zumda sarobga aylantirib qo‘yishlari shubhasiz. Shu sababli ular xo‘jayinlariga eshik ochishga majbur bo‘lishdi.

 Shuning uchun qadrli musulmon birodarlar, fikr yuriting, uyg‘onish vaqti keldi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, olamiy siyosatdan tortib mahalliy siyosatga qadar mustamlakachilar kapitalizmni o‘rnatib olishgan. Ular har biringizning hayotingiz va harakatlaringizni nazorat qilishmoqda. Sizlarning hayotingiz bilan o‘zlari xohlagandek o‘yin olib borishmoqda. Bunga qarshi sizlar nima qilishingiz kerak?..  

 Qisqacha aytganda, buzuq demokratiya, zolim mustamlakachilik tuzumini tag-tomiri bilan qo‘porib tashlab, uning vayronalari ustiga o‘z Islomingizni barpo qilishingiz kerak. Qutulishning bundan boshqa yo‘li yo‘q.

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.