Qirg‘iziston davlat qarzi besh milliard dollarga yaqinlashdi

242
0

Qirg‘iziston davlat qarzi besh milliard dollarga yaqinlashdi

 Iqtisodiyot va moliya vaziriligining ma’lum qilishicha, 2021-yil 30-aprel holatiga ko‘ra Qirg‘izistonning umumiy davlat qarzi (ichki va tashqi qarz) 4 milliard 933,6 million dollarni tashkil etdi.

 Bundan 4 milliard 182,95 million dollar tashqi, 750,11 million dollari ichki qarzdan iborat.

 Xabar qilinishicha, joriy yilning yanvar-may oylarida davlat qarzini to‘lash uchun byudjetdan 13 milliard 178,1 million som ajratilgan. Shundan 8 milliard 340,7 million somi tashqi qarzga, 4 milliard 837,4 million somi ichki qarzni to‘lashga sarflangan.

 Vazirlikning xabar qilishcha, tashqi qarzning asosiy qismini to‘lash 2023-2028-yillarga to‘g‘ri keladi. Shu vaqt ichida Qirg‘iziston har yili tashqi qarz uchun 350 million dollardan 400 million dollargacha mablag‘ ajratishi kerak bo‘ladi.

Izoh: Moliya vazirligi matbuot xizmati o‘tgan yili tarqatgan xabarida, 2020-yil 31-iyul holatiga ko‘ra Qirg‘iziston davlat qarzi 4 milliard 169 million 600 ming dollarni tashkil etganini ma’lum qilgan edi. Demak, bir yilga yaqin vaqt ichida Qirg‘iziston davlat qarzi 764 million dollarga ko‘paygan. Hukumat 2020-2023-yillarda davlat qarzini samarali boshqarish maqsadida strategiya ishlab chiqqan bo‘lishga qaramay davlat qarzi nima sababdan o‘sib bormoqda? Bu holat uning ichki boshqaruv sistemasiga aloqadormi? Albatta, yo‘q. Qirg‘izistonning qarz botqog‘iga botib borishining asosi, xalqaro olamiy global boshqaruv sistemasi tomonidan atayin paydo qilinadi. Bu jarayonda qirg‘iz siyosiy doirasining roli korruptsiyaga botib qolganidadir. Shu korruptsiyalashgan sxema ham, tashqi mustamlaka davlatlar tomonidan rivojlantirib boriladi. Ularga Qirg‘iziston tobora ko‘proq qarzga botib qolishi uchun mazkur qarzlarning bir qismini o‘zlashtirib olish haqida fikrlaydigan korruptsiya botqog‘iga botgan amaldorlar kerak. Xarqaro siyosat vakillari aynan shu haromtomoq siyosiy guruhdan foydalanadi. Chunki bu guruh mamlakat uchun qarz olayotganida “og‘ir sanoatni rivojlantirish uchun, hatto shu kunga kelib sotib yo‘q qilib yuborishgan yirik korxonalarni qayta ishlatish uchun” deb biror marta qarz olgan emas.

 Xalqaro sistema shunday shakllantirilganki, unda yirik va etakchi davlatlar dunyoning har burchagida joylashgan tabiiy boyliklardan foydalana olishadi. Zaif davlatlar esa, o‘z hududida joylashgan tabiiy boyliklardan ham mustaqil foydalana olishmaydi. Qirg‘izistonda “Qumtor” oltin konini Kanada davlat kompaniyasi bosib olgan, hatto bir necha o‘n yillardan buyon uni haydab chiqara olmayotgani bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Chunki bu olamiy kompaniyalar ortida xalqaro kapitalistik sistema turibdi. Ular o‘z manfaatlarini himoyasi uchun xalqaro sud tizimini tuzib olishgan.  Xalqaro qonunlar qabul qilib, o‘zlarining barcha harakatlari uchun qulay sharoitlarni qonuniylashtirib olishgan.

  Qirg‘iziston muammosi faqat xalqaro kapitalistik sistemaning ustimizda turganiga bog‘liqdir, hamda shu sistema tuzgan xalqaro global olamiy siyosatning mavjud ekaniga bog‘liqdir, Islom dini harom qilgan xalqaro qonunlarning ustilarimizda mavjud bo‘lib turganiga bog‘liqdir. Moddiy manfaatdan boshqasini hisobga olmaydigan kapitalistik tuzum ustimizda tatbiq qilinar ekan Qirg‘iziston hech qachon qarz yukidan qutula olmaydi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.