Hijriy 1441 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

391
0

Hijriy 1441 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

E’lon

شَهۡرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ فِيهِ ٱلۡقُرۡءَانُ هُدٗى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَٰتٖ مِّنَ ٱلۡهُدَىٰ وَٱلۡفُرۡقَانِۚ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ ٱلشَّهۡرَ فَلۡيَصُمۡهُۖ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوۡ عَلَىٰ سَفَرٖ فَعِدَّةٞ مِّنۡ أَيَّامٍ أُخَرَۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ بِكُمُ ٱلۡيُسۡرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ ٱلۡعُسۡرَ وَلِتُكۡمِلُواْ ٱلۡعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمۡ وَلَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo‘lib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilindi. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin. Va kim xasta yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga engillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi. Bu sanoqni to‘ldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulug‘lashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz» [Baqara 185]

Bismillahir Rohmanir Rohim. Olamlar Parvardigori, zolimlarga qahr qiluvchi, mo‘minlarga rahmdil, bandalari holidan xabardor bo‘lgan buyuk Arsh Robbisi Allohga hamdu sanolar bo‘lsin.

Bashariyatga yuborilgan eng so‘nggi payg‘ambar, Odam farzandlari sayyidi, Qur’on vahiy qilingan zot, go‘zal siyrat sohibi, taqvodor sahobalar imomi, eng yaxshi Ummat rahbari bo‘lmish sayyidimiz Muhammad ﷺga, u zotning oilasi va ashoblariga salotu salomlar yog‘ilsin…

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun 2020 yil 22 aprel, chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechada muborak ramazon hiloli kuzatilgandan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani o‘z isbotini topmadi. Shunga ko‘ra, demak, ertaga payshanba kuni insha Alloh sha’bonni to‘liq oxiriga etkazilib, o‘ttiz kun qilinadi va ertasi jum’a kuni muborak ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi.

Shu munosabat bilan men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yo‘llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga etkazayotganimdan mamnunman. Alloh Subhanahudan barchamizni ushbu mag‘firat va yaxshiliklar oyi bo‘lmish ramazon oyida do‘zaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini so‘rab qolamiz.

Ey musulmonlar!

Bu yilgi Ramazon oyi butun dunyoni koronavirus pandemiyasi o‘z iskanjasiga olib, halovatini buzayotgan bir paytda kirib kelmoqda. Bu ofat dunyo hayoti haqida chuqur saboq berdi, insonning zaifligini yana bir bor tasdiqlab, dunyo xalqlariga ozor beruvchi kimsalarning Allohdan qochib qutulguvchi emasligini eslatib qo‘ydi. Alloh Taolo aytadi:

لاَ تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا مُعْجِزِينَ فِي الأَرْضِ وَمَأْوَاهُمُ النَّارُ وَلَبِئْسَ الْمَصِيرُ

«Siz hargiz kofir bo‘lgan kimsalarni er yuzida qochib qutulguvchi, deb o‘ylamang. Ularning borar joylari do‘zaxdir. (Bu do‘zax) naqadar yomon taqdirdir»   [Nur 57]

Ushbu pandemiya butun dunyoni ilon va gazandalar boshqarayotgan va ularga ruvaybizalar ergashayotgan bir paytda boshlandi. Holbuki, bu ilon va gazandalar tabiatida shifo yo‘q, ruvaybizalarning tabiatida biror yaxshilik yo‘q! Biz bu davlatlarning o‘nga yursa ham, so‘lga yursa ham adashib-uloqib yurishganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ularning holati xuddi cho‘g‘ ustida jizg‘inak bo‘layotgan, qaysi tomonga ag‘darilsa kamroq azob chekishini, qaysi variantni qo‘llasa zarari kamroq bo‘lishini bilolmay, cho‘g‘ ustida hali u yoqqa, hali bu yoqqa ag‘darilayotgan kimsaga o‘xshaydi! Epidemiya ma’lum mamlakatdan, ma’lum bir joydan va ma’lum bir tarafdan yo‘lga chiqdi… Uning yo‘nalishi axborot vositalarida xabar berib turildi, uning naqadar shiddatli ekanini unga chalingan xastalar guvohlik berib turdi, ommaviy qabrlar kadrlari «diqqat ehtiyot bo‘l», deya ogohlikka chorladi… Shularga qaramay, G‘arb to o‘zining poytaxtlariga to‘fon zarba berib, xalqlarini qiyin ahvolga solguniga qadar qo‘l-qovushtirib turaverdi. Agar ular Rosululloh ﷺning o‘lat haqidagi hadislarini o‘qiganlarida edi, unga qarshi qanday yo‘l bilan kurashish kerakligini bilgan bo‘lardilar va o‘z xalqlarini uylariga qamashga muhtoj bo‘lmasdilar. Lekin Alloh ularning ustidan o‘z qazosini joriy qilib, ularning ojiz va zaif ekanliklarini ko‘rsatib qo‘ydi.

G‘arb ojiz qoldi, chunki istagan paytda to‘xtatib qolaman, deb o‘zi paydo qilgan globallashtirishni nazorat qilolmay qoldi. G‘arb ojizlik qildi, chunki pul, kapital va biznesmenlar ularning diniga va ilhom beruvchi manbaiga aylanib qoldi. G‘arb pandemiya qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, chunki u ilm-fan bilan aldanib, o‘zini Allohning o‘rniga ilm-fan ilohi, deb o‘ylagan edi! Ha, G‘arbdagi xo‘jayinlar, faylasuflar va ularga ergashganlar biz o‘z iqtidorimiz bilan Allohdan va uning shariatidan behojatmiz, deb o‘ylab, o‘zlari uchun shariat tuzishdi va undan tuzum va siyosat ishlab chiqishdi, shu yo‘l bilan o‘zlariga o‘rgimchak to‘ridan in qurib olishdi! Zero, Alloh Taolo bunday degan:

مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِن دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاء كَمَثَلِ الْعَنكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتاً وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ

«Allohdan o‘zgalarni «do‘st» tutgan kimsalarning misoli xuddi (o‘zi uchun) uy qurib olib, (o‘sha uyidan panoh istagan) o‘rgimchakka o‘xshaydi. Agar bular bilsalar edi, albatta uylarning eng nimjoni o‘rgimchak uyasidir» [Ankabut 41]

Ey musulmonlar, ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat!

Arab bahori G‘arb nufuzidan va uning malaylaridan xalos bo‘lish uchun Islom Ummatida etarli kuch va mustahkam iroda borligini ko‘rsatdi. Ushbu pandemiya esa, sizning dushmanlaringiz qurgan bino va tuzgan tuzum juda zaif ekanini, G‘arbning aldovlari, ochko‘zligi va yomon boshqaruvidan hatto G‘arb xalqlarining ham charchaganini, yangi olamiy etakchilikka ularning ham juda muhtoj bo‘lib qolganini tasdiqlab qo‘ydi. Shuning uchun ushbu muborak oy barcha energiyangizni birlashtiruvchi va himmatingizni qo‘zg‘ovchi oy bo‘lsin. Sizlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali o‘zingizni va butun dunyoni qutqarishga harakat qiling hamda bu mazlum olamga odamzodga loyiq bo‘lgan aziz-mukarram hayotda yashash umidini bering.

Ey barcha olamlar egasi bo‘lgan va barcha narsani qo‘lida ushlab turgan Allohim, Islom Ummatini Islom davlati soyasida birlashtirishimizni tezlashtir. Albatta sen duolarni eshitguvchi Zotsan.

Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin. Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Payshanbaga o‘tar kecha, hijriy 1441 yilning sha’bon oyining oxirgi o‘ttizinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.