Koronavirus kapitalistik tuzumni o‘z domiga tortib, uning qanchalar zaif ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqda

439
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Koronavirus kapitalistik tuzumni o‘z domiga tortib, uning qanchalar zaif ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqda

«Investing.com» veb-sayti (hijriy 1441 yil 23 rajab, milodiy 2020 yil 18 mart chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda shunday keladi:

«Amerika fond birjasidagi Dou Jons sanoat indeksi bugun keskin ziyonga kirganini, bu ziyon Qohira vaqti bilan soat oltida 7.27 %ga etganini ko‘rsatdi.

Bu bilan ayni indeks 3 yilda erishgan foydalarining hammasini yo‘qotdi. U 19 ming 688 ballga tushib ketdi. Bu amaldagi AQSh prezidenti qudratga kelgandagiga nisbatan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Dou Jons bugungi savdo boshlanganidan beri hozirga qadar o‘rtacha 1548 ball yo‘qotdi. «Standard & Poor’s» kompaniyasi indeksidagi yo‘qotishlar 7 %ni tashkil etib, 2359 ballni ko‘rsatdi. «NASDAQ» kompaniyasi indeksidagi yo‘qotishlar 5.9 %ni tashkil etib, 7030 ballni ko‘rsatdi.

Ushbu ulkan pasayishlar AQSh moliya vaziri Stiven Tyorner Mnuchin tomonidan AQSh ma’muriyati koronavirusning iqtisodiyotga ta’sirini bartaraf etish uchun bir trillion dollar sarflashga tayyor, deb aytilganiga qaramay yuz berdi».

Roya gazetasi sharhi:

Dou Jons dunyodagi eng qadimiy indeks hisoblanadi. U 1896 yil Nьyu-Yorkdagi birjada tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda AQShning o‘ttizta eng yirik sanoat kompaniyalarining sanoat indeksi hamda dunyodagi eng kuchli indekslardan biri hisoblanadi. Uoll-strit dunyodagi eng kuchli fond birjasidir. Undan Amerikadagi iqtisodiy vaziyatni va koronavirusning tarqalishi bo‘yicha hozirda ko‘rilayotgan ziyonlarni ko‘rish mumkin.

Bugun dunyo bo‘yicha, ayniqsa, yirik davlatlarda, xususan, dunyoning birinchi davlati AQShdagi moliyaviy bozorlar va fond birjalari sur’at bilan pastlab ketdi, ya’ni, fond birjalari qizilda qayd etilmoqda hamda 6 trillion dollar yo‘qotishdi. Bu esa, kapitalistik tuzumning o‘rgimchak to‘ridan ham mo‘rt ekanini, bu xayoliy sonlar bo‘lgan trillionlar bir necha lahzaning o‘zida havoga uchib-parlanib ketishi mumkinligini tasdiqlamoqda.

Hozirda dunyoda bo‘layotgan ishlar jadal sur’at bilan kuchayib, murakkablashib borayotgan krizisdir. Birjada bir barrel neft narxi (Texas Crude markasi narxi)ning 20 dollarga pastlab ketishi, valyuta kurslari o‘zgarishi, ishchilarni ishdan bo‘shatish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlarning aylanmay-to‘planib qolishi hollari yuz berdi. Masalan, birgina Xitoyning o‘zida bunday kreditlar trillion dollarni tashkil etadi. Bularning barchasidan dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalib, unga chalinganlar va undan o‘lganlar sonining ortib borishi juda murakkab krizisni yuzaga keltirgani ko‘rinib turibdi. Lekin bu inson organizmi bilan bog‘liq tibbiy krizis emas. Yo‘q, bu chayqovchilik, qimor, soxta bozorlar, oltin va kumush bilan himoyalanmagan qog‘oz pullar bilan bog‘liq iqtisodiy krizisdir, son-sanoqsiz pul yig‘ish, xalqlarni qashshoqlashtirish, boyliklarni talash va qasddan krizislar keltirib chiqarish bo‘hronidir.

Dunyoda ro‘y berayotgan bu hodisalar barcha insonlar uchun kapitalistik tuzumdan qutulishga bir turtki bo‘lmog‘i darkor. Aks holda, bu tuzum ularni iqtisodiy tanazzul, moliyaviy abgorlik va yuz millionlab odamlarni ishsiz qolishi sari etaklamoqda. Bu iqtisod ekspertlarining bashoratlari bo‘lish bilan birga, kapitalistlarning o‘zlari ham bu haqda gapirishmoqda. Ular 2008 yilgiga qaraganda shiddatli va qattiq inqiroz, hatto 1929dagi buyuk depressiya bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Mufakkirlar va iqtisodchilar aqllarini ishlatsinlar va yaratgan Robbilari nozil qilgan Islom mabdai haqida chuqur fikr qilsinlar. Robbimiz ushbu mabdada shunday iqtisod nizomini mufassal bayon qilib berganki, unda boyliklar adolat bilan taqsimlanadi va ularning g‘aram bo‘lishini oldi olinadi, ishlab chiqarishga va haqiqiy iqtisodga targ‘ib etiladi, sudxo‘rlik, birja va soxta iqtisodiy bozorlar bo‘lmaydi, takabburlik va zo‘ravonlik bilan himoyalangan qog‘oz pul emas, balki oltin va kumush bilan himoyalangan valyuta bo‘ladi hamda barqarorlik holati ta’minlanadi.

Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.