Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi xotin-qizlar qanotining kampaniyasi: Pekin+25: gender tenglikning basharasi ochildimi?!

427
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi xotin-qizlar qanotining kampaniyasi: Pekin+25: gender tenglikning basharasi ochildimi?!

2020 yil Pekin deklaratsiyasi va harakatlar platformasining yigirma besh yilligi nishonlandi. Bu keng qamrovli hujjat bo‘lib, 1995 yil sentyabr oyida BMT tomonidan Xitoy poytaxti Pekinda chaqirilgan To‘rtinchi Jahon Konferentsiyasining natijasi hisoblanadi.

Bu maqsad hayotning barcha jabhalarida «gender tenglik»ka erishish orqali xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga va hayotlarini siyosat, iqtisod, ijtimo kabi barcha sohalarda yaxshilashga, mamlakatlardagi va jamiyatning barcha darajasida siyosat, qonun va dasturlarga gender nuqtai nazarini kiritishga qaratilgan. Ushbu hujjat xalqaro miqyosda xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishning eng asosiy kun tartibi sifatida qabul qilindi. Ayni deklaratsiyani 189 davlat, shu jumladan, aksar musulmon yurtlaridagi rejimlar qabul qildi. Ya’ni, bu rejimlar hujjatdagi majburiyatlarni ichkarida ijro etish va uning rejalarini tashqarida mustahkamlashga rozi bo‘lishgan.

Bir necha o‘n yillar ichida «gender tenglik», degan narsa progressiv tsivilizatsiyaning xalqaro belgisiga, mamlakatlarning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatining o‘lchoviga aylandi. Ko‘pchilik buni butun xotin-qizlarga imkoniyat yaratish, turmush tarzlarini yaxshilash va millatlarni rivojlantirishga yordam berishning ajralmas vositasi, deb biladi. Mana, Pekin deklaratsiyasi va harakatlar platformasi paydo bo‘lganidan hamda uning global miqyosda gender tenglik sabablarini targ‘ib qilish bo‘yicha keng qamrovli dasturi qabul qilinganidan keyin yigirma besh yil o‘tdi. Biroq shunga qaramay, butun dunyoda muslima ayollar duch kelayotgan siyosiy, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar saqlanib qoldi. Hatto butun xotin-qizlar ahvoli yomon darajada va kundan-kunga yomonlashmoqda… Ularga imkoniyat yaratish va hayotlarini yaxshilash va’dalari bajarilmay qolib ketdi.

Shuning uchun Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Pekin+25: gender tenglikning basharasi ochildimi?!» nomli xalqaro kampaniya boshladi. Kampaniya orqali ushbu «gender tenglik» haqidagi ertaklar, xotin-qizlar huquqini himoya qilish va millatlar tsivilizatsiyasi kabi yolg‘on da’volar fosh etiladi. Bundan tashqari, Islomning sistemalar, qonun va tuzumlar haqidagi hamda ularni Islomning siyosiy boshqaruvida tatbiq qilinuvchi keng qamrovli mumtoz rejalari batafsil yoritiladi. Zotan, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikda gavdalanuvchi ushbu boshqaruvda ayollar sha’nini ko‘tarish, ularning haq-huquqlarini ta’minlash, ayni huquqlar darajasini ko‘tarish, turmush tarzlari darajasini yaxshilab, davlatda real taraqqiyotga erishish uchun ishonchli muqobil qarashlar bayon etiladi.

Kampaniya va forumlarni kuzatib borish uchun ushbu manzildan foydalanishingiz mumkin:

http://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/66354.html

Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.