Turkiya-Rossiya munosabatlaridagi soʻnggi oʻzgarishlar

821
0

Turkiya-Rossiya munosabatlaridagi soʻnggi oʻzgarishlar

Turkiya-Rossiya munosabatlaridagi taranglik 2015 yil 24 noyabrda ruslarning SU-24 uchogʻi turklarning ikkita Gʻ-16 uchogʻi tomonidan – quroldan foydalanish qoidasiga asosan – urib tushirilishi natijasida yuzaga keldi. Buning ortidan Rossiya Turkiyaga savdo-sotiq baykotini joriy qildi. Bu baykot har ikki yurtning iqtisodiga bir qator salbiy oqibatlarni olib keldi.

26 iyunda yahudiylar davlati bilan aloqalarni normallashtirishga oid kelishuv eʼlon qilinishi bilan boshqa bir qator ishlar bir vaqtga toʻgʻri keldi. Oʻsha kunlari Rossiya kuni boʻlib oʻtdi. Turkiya prezidenti Erdogan rossiyalik hamkasbi Putin bilan telefonda suhbatlashdi. Ikki yurt oʻrtasidagi aloqalarni normallashtirish uchun Turk bosh vaziri Yildirim rus hamkasbi Medvedevga maktub yubordi. Rossiya ham tezda ijobiy javob qaytardi. Soʻng ana shu kunning oʻzida Erdogan-Putin oʻrtasida telefon soʻzlashuvi boʻlib oʻtdi.

Turk prezidentligi tomonidan ayni uchrashuv haqida chiqarilgan bayonotda bunday deyiladi: “Prezidentimiz Erdogan va janob Putin mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar krizisga qarshi kurashda hamkorlik qilish juda muhimligini taʼkidladilar, ikkalasi ham ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni qayta tiklash uchun kerakli qadamlarni tashlash zarurligini urgʻuladilar”. Oʻz navbatida, Putin ham “Hozirgi vaziyat ikki davlat uchun ham manfaatli emas, albatta toza sahifa ochishimiz lozim, Turkiya bilan Rossiya oldida bajarish zarur boʻlgan mintaqaviy masala turibdi”, dedi.

Kreml matbuot voizi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinlar oʻrtasida kutilayotgan uchrashuv haqida bayonot berib, “Chamasi, bir oy yoki koʻproq vaqtdan soʻng Turkiya bilan munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan keng koʻlamli qator uchrashuvlar, soʻzlashuvlar boʻlib oʻtishi kutilmoqda”, dedi. Frantsiyada Erdogan bilan Putin uchrashgach, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunday dedi: “Suriya boʻhronini hal etish uchun Moskva bilan Anqara oʻrtasida hamkorlik qayta tiklanishi ehtimoli kuchli. Men Rossiyaning Sochi shahrida oʻtkaziladigan Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti yigʻinida turk hamkasbim Mavlud Chovushoʻgʻli bilan Suriya boʻhroniga albatta toʻxtalamiz, degan umiddaman”. U yana aytdiki: “Terrorizmga qarshi kurashda Turkiya bilan birga faoliyat qiluvchi guruh tuzildi. Bu guruh tashqi ishlar vazirligi va maxsus xizmatlar vakillaridan tashkil topgan boʻlib, faoliyati oʻtgan yetti oy ichida muzlatib qoʻyilgandi. Biroq bugun uni qayta ishga tushirishga kelishib oldik… Suriyadagi terrorchi tashkilotlar bilan terrorchi boʻlmagan tashkilotlar oʻrtasini farqlashda biz bilan Turkiya oʻrtasida ixtilof yoʻq… Amerikalik hamkasblarimiz boʻlsa, ayrim jamoalarga ularni Jabhatun Nusradan farqlolmayotganini aytib, tahdid qilyapti. Kim Rossiya va Suriya rejimi otayotgan olovning qurboni boʻlishni istamasa, Jabhatun Nusra joylashgan yerda turmasligini maslahat beramiz. Bu ish unchalik mushkul emas. Turk hamkasblarimiz bu mantiqqa mutlaq qoʻshilishlarini bildirdi”.

2016 yil 1 iyulda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovushoʻgʻlu rus hamkasbi bilan Sochida uchrashib, bunday soʻzlarni aytdi: “Ikkala davlat ham Suriya boʻhronini hal etish uchun hamkorlik qilishlari lozim. Bu muloqotni qayta tiklash Suriya kelajagi uchun juda muhimdir. U yerda sulh va insonparvarlik yordamlari juda zarur. Faqat siyosiy yechimgina Suriya boʻhroni uchun eng toʻgʻri yechim boʻladi. Biz Suriya chegaralarining mustahkam va tinch boʻlishi hamda ilmoniylik va totalitarizm kabi masalalarda bir xil fikrdamiz. Zero bu narsalar ertaga Suriyaga yetakchilik qiladigan hukumat bezanishi lozim boʻlgan sifatlardir… Asadning qolishi yo ketishi toʻgʻrisida fikrlarimiz turlicha edi… Hozir esa biz xuddi oʻsha fikrdamiz, deyish qiyin… Biz tarixning maxsus davrini boshdan kechiryapmiz, bugungi kunda tarix oqimi tezlashib ketmoqda. Ilgari duch kelmagan tahdidlarga duch kelyapmiz. Bu tahdidlarga qarshi yolgʻiz oʻzimiz kurashishga majbur boʻldik. Regional va xalqaro darajada jiddiy burilishlar yuzaga keldi”.

Bular rasmiy doiralarning 26 iyundan boshlangan Turkiya-Rossiya munosabatlaridagi yangi davr bilan bogʻliq bayonotlarning bir qismi. Bu bayonotlarni diqqat bilan oʻrganib, tahlil qilish natijasida quyidagilar ayon boʻldi:

1 –          Bu rasmiy bayonotlarda savdo masalasiga toʻxtalinmadi. Vaholanki, jamoatchilik diqqat-eʼtibori ikki davlat oʻrtasidagi tarang munosabatlarning savdo va iqtisodiy oqibatlariga qaratilgan edi. Binobarin, munosabatlarni qayta tiklashdagi asosiy sabab, iqtisodiy zararlar ham, zaif va siniq savdo aloqalari ham emas. Zotan, savdo munosabatlarini qayta tiklash, degan narsa jamoatchilik fikrini asosiy masaladan chalgʻitish uchun tiqishtirilgan ikkilamchi masaladir.

2 –          Turkiya va Rossiya tomonlari bergan bayonotlarga nazar solsak, ularda Suriya masalasi yaqqol namoyon boʻlib turganiga guvoh boʻlamiz. Chunki bugun Suriyadagi mavjud oʻzgarishlar koʻproq Rossiyani hamda mintaqadagi barcha davlatlarni, asosan, AQShni tashvishga solmoqda. Shu sababdan AQSh ayni masalani hal etishda oʻzi bilan birga faoliyat qilayotgan barcha davlatlar oʻrtasidagi real va ikkilamchi muammolarni ham yechish zarur, degan qarorga keldi. Bir tomondan, Amerikadagi prezidentlik saylovlari boʻlmoqda, ikkinchi tomondan, bu davlatlar Suriyada boshi berk koʻchada qolishgan. Shu narsalar ular oldida Suriya boʻhroni oqibatlariga oid jiddiy tarang vaziyatni keltirib chiqardi. Chunki Turkiya bilan yahudiylar davlati oʻrtasidagi munosabatlarni zudlik bilan normallashtirishga urinish hamda Rossiya-Turkiya oʻrtasidagi taranglikni bartaraf etishga urinish ortida, shuningdek, yaqin kelajakda Turkiya-Misr munosabatlarida taxmin etilayotgan toza sahifa ochish urinishi ortida bitta omil turibdi, u ham boʻlsa, Suriya masalasi!

Biroq Rossiya-Turkiya munosabatlarining bunday tezlik bilan yaxshilanishi va uygʻun tus olishi yonida, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni oshirish ham mavjud. Shunga binoan, Turkiya darhol oʻzida yashayotgan Hizb ut-Tahrir yigitlaridan ayrimlarini hibsga olib, Rossiyaga topshirishga kirishdi. Boshqacha ibora bilan aytadigan boʻlsam, kelasi yaqin kunlar ichida taqvoli, xolis va ongli musulmonlarga tazyiqlar bir muncha kuchayishi kutilmoqda.

3 –          Xalqaro maydonda sodir boʻlayotgan bunday tezkor oʻzgarishlar Suriya masalasida yangi bir faol reja tuzilishi mumkinligidan darak beradi. Bu yangi rejada Turkiyaga alohida rollar va muhim vazifalar berilishi ehtimoldan xoli emas. Mazkur munosabatlar turk xalqi manfaati yoʻlida yaxshilanmaganiga ham aslo shubha yoʻq.

Soʻzim nihoyasida shuni aytmoqchi edimki, yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga bor kuchini sarflab harakat qilayotgan turk masʼullari, musulmonlarga qarshi kurashning yangi bosqichida Rossiya tomonga oʻtishdi. Rossiya esa musulmonlar boshiga bomba yogʻdirmoqda, uy-joylari va yurtlarini vayron qilmoqda. Bu davlatning Islom va musulmonlarga yetkazayotgan azob-uqubatlarini sanab tugatib boʻlmaydi.

Muhammad Hanafiy Yagʻmur.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.