Qirg‘izistonda xitoyliklar bilan logistika markazi qurilishiga qarshi miting o‘tkazildi

450
0

Qirg‘izistonda xitoyliklar bilan logistika markazi qurilishiga qarshi miting o‘tkazildi

Qirg‘izistonning Norin viloyati Otboshi tumanida 28 yanvarь kuni logistika markazi qurilishiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi.

Hukumatning Norin viloyati bo‘yicha muxtor vakili matbuot kotibi Nazgul Musuralievaning Ozodlik qirg‘iz xizmatiga bildirishicha, mitingda aksariyatini mahalliy savdogarlar tashkil qilgan 50-60 kishi qatnashgan.

“Ular xitoylik investorlar ishtirokida logistika markazi qurilishiga qarshi chiqishdi. Agar markaz qirg‘izistonlik investorlar tomonidan quriladigan bo‘lsa, bunga rozi ekanlarini bildirishdi. Norozilar orasida tushuntirish ishlari olib borilib, ularning talabi rahbariyatga etkazilishi aytilganidan so‘ng miting ishtirokchilari tarqalishdi”, dedi Musuralieva.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil iyunida Qirg‘iziston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tib, forum yakunida 24 ta hujjat imzolangan. Ular orasida “Nur Stroy Montaj” va One Lead One (HK) Trading Limited kompaniyalari o‘rtasida qiymati 280 million dollar bo‘lgan qo‘shma savdo-logistika markazi bunyod etish to‘g‘risidagi shartnoma ham bor.

Loyiha erkin iqtisodiy hududlar talab va shartlari doirasida amalga oshirilmoqda. Qirg‘izistonda bu kabi xududlar turli soliq va bojxona imtiyozlariga ega.

Otboshi tumanidagi er uchastkasi “Otboshi” sanoat-savdo-logistika markazi qurish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan.

Tahlil: har qanday chet elning logistik markazlari qaysi sohada bo‘lmasin, mamlakatning o‘sha tarmog‘ini monapoliya qilib olishni maqsad qiladi. Mintaqada faoliyat olib borayotgan mamlakat fuqorolari esa, inqirozga yuz tutishadi yoki monopolist kompaniyalar ixtiyoriga o‘tishga majbur bo‘lishadi.

Xitoy logistik kompaniyasi – Xitoyning tashqi milliy mahsuloti bo‘lib, Qirg‘izistonning siyosiy iqtisodiy rivoji uchun ulkan zararli loihalaridan biridir. Bu kabi kompaniyalar – mamlakat infratuzulmasini izdan chiqarib, barcha xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini o‘z qo‘liga olishga harakat qiladi. Xitoy Qirg‘izistondagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini birin ketin qo‘lga olib boraverish bilan, mamlakatdagi o‘zining ta’sir o‘tkatish va bosim berish quvvatlarini kuchaytirib boradi. Bu kabi loihalar, Xitoy uchun iqtisodiy manfaatlarni qo‘lga kiritish bilan bir qatorda siyosiy manfaatlarni ham ro‘yobga chiqarishga qaratiladi.

Davlat biror tarmoqning tashqaridan kiritilgan import tovarlari yoki xizmat ko‘rsatish uskunalari yoki ishchi kuchiga tayansa, mamlakatning o‘sha tarmog‘i inqirozga uchraydi va tashqi davlatlarga tobe bo‘lib qoladi. Shuning uchun har qanday yirik, qudratli mabdaiy davlatlar ichki engil mahsulotlar ishlab chiqarishni tashqi investorlarga topshirishdan ehtiyot bo‘lishadi. Shuningdek og‘ir sanoatni kuchaytirish bilan, infratuzulmani ham, engil sanoatni ham o‘zining bor quvvatidan kelib chiqib rivojlantirishga jiddiy e’tibor berishadi. Masalan: Mamlakatdagi oltin konlarini Kanada yoki Xitoyga berish o‘rniga o‘z fuqorolarimizga bersak to‘g‘ri bo‘lar edi (AQSh singari). Og‘ir sanoatimiz rivojlanguncha qo‘l bilan qaziganimizda ham hozirgi investorlar berishayotgan daromadni olgan bo‘lar edik. Lekin er osti mulklarimiz ular tomonidan talon taroj bo‘lishini oldi qazib olingan bo‘lar edi. Shuningdek ularning texnologiyalaridagi zaharli moslamalaridan kelayotgan tibbiy zararlar, ekologiyamizga keltirilayotgan kulfatlar oqibatidan keladigan tibbiy zararlarni oldi olingan bo‘lar edi!

Xalqaro siyosat va ularning nazorati ostidagi global (markazlashgan) olamiy boshqaruv sistemasi bizni o‘z holimizga qo‘ymaydi. Ular olamiy siyosatni bizning qashshoq holatimizni saqlab qolish haqidagi fikrat asosida olib borishadi! Maqsadlari, bizni og‘ir texnologiyalarga (transport, stanoklar, qishloq xo‘jalik texnikasi, infratuzulma qurilmalari…ga) muhtoj holatlarimizdan foydalanib, etakchi guruh vakillarimizni sotib olish yo‘li bilan investorlar sifatida yurtlarimizga kirib kelishdir. Ya’ni muhtojlik holatimizdan foydalanib o‘zlariga tobe qilish yo‘li bilan bizni mustamlaka qilib, yurtlarimizni bosib olishni qasd qilishgan!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.