Hindistonning jinoyatlari qarshisida hukmdorlarimiz qo‘rqoqligi oshgani sari musulmonlarga zulm qilishda u haddidan oshmoqda!

552
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hindistonning jinoyatlari qarshisida hukmdorlarimiz qo‘rqoqligi oshgani sari musulmonlarga zulm qilishda u haddidan oshmoqda!

Al-Jazira net veb-saytining (hijriy 1441 yil 22 robius-soniy, milodiy 2019 yil 19 dekabr payshanba kuni) tarqatgan xabarida quyidagi so‘zlar keladi:

«Nьyu-Dehlidagi Islom universiteti talabalari Hindiston parlamentining o‘tgan hafta qabul qilgan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish qaroriga qarshi norozilik namoyishlarini davom ettirishyapti. Qabul qilingan qarorda Hindistonda besh yil yashagan afg‘onlarni, pokistonliklarni va bengallarni, ularning musulmon bo‘lmaganliklari sharti bilan, fuqarolik berilishi aytilgan».

Roya gazetasi sharhi:

Hindistonning millionlab musulmonlar huquqini qasddan oyoq-osti qilishi hozirgi zamonaviy davrdagi har qanday davlat tomonidan diniy asosda sodir etilayotgan irqiy tozalash jinoyatining eng yomoni hisoblanadi. Zero, Hindistonning shimoliy sharqida joylashgan Assam shtatida yashovchi to‘rt million musulmon aholini diniy asosda keng ko‘lamda qaydga olish amaliyoti qurboni bo‘ldi. Mushrik rejim qaydga olish amaliyotidan kelib chiqib, ularni Hindiston fuqaroligidan mahrum qildi va buni ularning asli bangladeshlik immigrantlar bo‘lishgani bilan dastakladi hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, degan narsani bahona qildi. Biroq, bu musulmonlar Hindistonda tug‘ilganlar va aksari chegara ortiga chiqmaganlar. Shubhasiz, bu hind hukumatining mamlakatdagi musulmonlarga qarshi tug‘yoni bo‘lib, bugun dunyoning har tarafidagi musulmonlarga qarshi qo‘llanayotgan qator repressiv siyosatlar doirasiga kiradi.

Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati barpo etilmaguncha musulmon yurtlari hargiz zolim G‘arb mustamlakasidan ozod bo‘lolmaydi, Islom Ummati ham o‘z kuch-qudratini qayta tiklolmaydi. Ushbu davlatgina yurtlarimizni ozod etadi, shu jumladan, Hindistonni sigir va butlarga ibodat qilishdan xalos qilib, musulmonlarni qaytadan Robbilari ahkomlari soyasidagi hurmat-izzatli hayotga olib chiqadi.

Roya gazetasining 2019 yil 25 dekabr chorshanba kungi 266-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.