AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 5-6 yanvarь kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘ladi

516
0

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo 5-6 yanvarь kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘ladi

AQSh Davlat departamentining 30 dekabrda xabar berishicha, Mayk Pompeo Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi.

“Uchrashuv paytida Pompeo AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni, mamlakat suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yahlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.

Pompeo Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan S5 + 1 formati doirasida o‘tkaziladigan yig‘ilishda ham ishtirok etadi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, Pompeo 3 yanvardan 7 yanvargacha O‘zbekistondan tashqari Ukrainaga, Belarusga, Qozog‘istonga borishni rejalashtirgan. Toshkent safaridan so‘ng Pompeo 7 yanvarda Kiprga jo‘nab ketadi.

Tahlil: O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2020 yili yanvar oyining o‘rtalarida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni Toshkentga tashrifi kutilayotgani haqida aytib o‘tdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning strotegik markaziga aylanib, mintaqada AQSh bilan Rossiya o‘rtasidagi talash-tortishlarning markazi bo‘lib qoldi. Ularning Markaziy Osiyo davlatlarida (Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmanistonda) olib borayotgan umumiy strotegiyalari O‘zbekistonni ham o‘z domiga tortish asosiga qurilgan.

O‘zbekiston shu yili ulardan birini tanlashga majbur bo‘ladi. O‘shanda mag‘lub bo‘lgan ikkinchi tomon bor imkoniyatlari bilan mintaqada fitnalar uyushtirib, Markaziy Osiyo bo‘ylab har turli keskinliklar paydo qilishga harakat qiladi. Ular, mavjud xalqaro siyosatning zaif davlatlarga nisbatan zulm asosiga qurilgan rasmiy va norasmiy mexanizmlaridan foydalanib, imkoniyatlari boricha mamlakatlarimizda keskinliklar va o‘zaro qarama qarshiliklar paydo qilishga harakat qilishadi. Ogoh bo‘laylik, ular bizni siyosiy ojizligimizdan va xoin etakchi guruhlarimiz xizmatlaridan foydalanishga harakat qilishadi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.