بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Britaniyadagi 2019 yilgi parlament saylovi
Ustoz Adnon Xon
Boris Jonson 2019 yil 12 dekabrdagi saylovlarda g‘olib chiqdi. Uning Konservativ partiyasi ham katta g‘alabaga erishdi. Bu albatta konservatorlar mavqeni mustahkamlaydi. Bu shuni anglatadiki, endi ko‘pchilik Evropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz beradimi yoki yo‘qmi bilish mumkin bo‘ladi. Zero, bu masala mamlakatni anchadan beri ikkiga bo‘lib kelayotgan edi.
Britaniya xalqi Konservativ partiyaning tejamkorlik siyosati sababli o‘nlab yillar davomida mashaqqatlar chekkaniga qaramay hamda konservatorlar kambag‘allarga e’tiborsizlik qilib, davlat xizmatlariga beparvo bo‘lishgan esalar-da, biroq ko‘pchilik mamlakatda yaxshi o‘zgarishlar qiladi, degan umidda shu partiyaga ovoz berdi. Zero, Konservativ partiyaning ikki jihati bor edi: biri, Breksitni (Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishini) bekor qilishi mumkin bo‘lgan birdan-bir partiya bo‘lganligi jihati, ikkinchisi, muxolafat partiyalar haqidagi juda ko‘p yolg‘onlari.
Konservativ partiyaning birinchi jihatiga kelsak, u Breksitni bekor qilishga muvaffaq bo‘lolmadi. Chunki uning o‘zi bu borada ikki qismga bo‘lindi va shu sababdan ikkita bosh vazir o‘z vazifasidan mahrum bo‘ldi. Iyul oyida bosh vazir bo‘lgan Boris Jonsonning o‘zi Breksit uchun berilgan ikki muddatni o‘tkazib yubordi va uning xalqqa ko‘p marta yolg‘on ishlatgani ma’lum bo‘ldi.
Bu partiyaning ikkinchi jihatiga kelsak, u muxolafat to‘g‘risida juda ko‘p yolg‘onlarni to‘qib chiqardi. Natijada, Leyboristlar partiyasi tarafdorlariga bu yolg‘onlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Darhaqiqat, Leyboristlar partiyasi a’zolari yarim millionni tashkil qilishiga qaramay, u o‘z safida antisemitlar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ygani uchun o‘ng qanot axborot vositalari tomonidan tanqidga uchradi. Biroq ulardan juda ozchiligi internetda yahudiylar haqida izohlar qoldirdi. Leyboristlar partiyasi lideri Jeremi Korbinga qarshi ommaviy axborot vositalarida tinimsiz tarqatilgan xabarlar ham, mana shular jumlasidan.
Leyboristlar partiyasi 60 o‘rinni yo‘qotdi, shundan 50 nafari Konservativ partiyaga o‘tdi. Ulardan ko‘pchiligi kelasi saylovda albatta Leyboristlar partiyasiga qaytishlarini, chunki ular faqat Evropa Ittifoqidan chiqmoqchi bo‘lishganini e’tirof etishdi.
Dastlab, soxta yangiliklar nashr qilish bilan shug‘ullanuvchi bir notijorat tashkilot dekabr oyining avvalgi to‘rt kunida Britaniyaning uchta yirik siyosiy partiyalari veb-saytlarda keng tarqatgan har bir reklamani tahlil qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Feysbukda tarqatilgan va Konservativ partiya tomonidan moliyalashtiriladigan reklamalarning 90 %i adashtiruvchi targ‘ibotlarni o‘z ichiga olgan. Aslida, Konservativ partiya strategiyasi yolg‘on-yashiqlar ustiga qurilgan.
Ko‘plab musulmon faollar va ulamolar saylovda qatnashish vojib, deyapti. Ko‘pchilik bu masalani – biz o‘z manfaatimizni kafolatlab olish va o‘zimizdan zararni ozaytirish uchun saylovda qatnashishga muhtojmiz, degan nuqtai nazardan turib bahs qilyapti. Ko‘pchilik musulmonlar bo‘lsa – Konservativ partiyani chetlatish maqsadida Leyboristlar partiyasiga ovoz bersak bo‘ladi, deyapti.
Kim Britaniyadagi siyosiy voqelikni oddiy ravishda tushunsa, musulmonlarning bu mamlakatda bo‘layotgan saylovlarga ta’siri juda oz ekaniga guvoh bo‘ladi. O‘tgan yigirma yilga nazar solishning o‘ziyoq, hokimiyatda xoh Konservativ partiya bo‘lsin, xoh Leyboristlar partiyasi bo‘lsin, musulmonlarga nisbatan siyosatlar o‘zgarishsiz qolaverdi.
Konservativ partiya hozirda ko‘pchilikka ega va doim Evropa Ittifoqidan chiqish Britaniyaning zaiflashtiradi, degan fikr bilan, bunga qarshilik qilib kelyapti. Bir vaqtning o‘zida, Boris Jonson parlament orqali Breksit shartnomasini imzolashga ham qodir. Ammo bu Evropa Ittifoqidan chiqish shartnomasi, xolos. Hali uning Evropa Ittifoqidan chiqishi ortidan yuzaga keladigan ishlar bo‘yicha Britaniya bilan Evropa Ittifoqi o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Garchi Britaniyaning asosiy savdo hamkori Evropa Ittifoqi hisoblansa-da, biroq bunday og‘ir va chigal muzokaralar hali ham boshlangani yo‘q.
Butun jahon iqtisodiyoti bir-biriga bog‘liq. Britaniya Ittifoqdan chiqsa, yangi qoida va shartnomalar bo‘yicha hech qanday fikr bildira olmay qoladi. Ularni faqat Evropa Ittifoqi qo‘yadi va u nima qilsa, Britaniyaga ta’siri bo‘lmay qolmaydi. Zotan, britaniyalik siyosatchilar Evropa Ittifoqiga, ajnabiylarga va immigrantlarga ta’sir ko‘rsatishda Britaniyani juda zaiflikda ayblashyapti. Biroq, haqiqatdan ham mamlakat shu muammolarning hammasini hal qilishga muhtoj, chunki uning aholisi ozayib bormoqda. Ertaga u Evropa Ittifoqidan ajrab chiqqandan keyin ham ko‘pchilik asosiy muammolarning saqlanib qolishiga guvoh bo‘lishadi.
Garchi ko‘pchilik saylov natijasi bizni marraga olib boradi, deb o‘ylayotgan bo‘lsa-da, biroq voqelik hali oldimizdagi yo‘lning hali uzun ekanini ko‘rsatmoqda. Hali juda ko‘p savollar javobsiz turibdi. Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqishi bilan, oldidagi muammolarni muhokama qilish har holda oson kechadi.
Roya gazetasining 2019 yil 18 dekabr chorshanba kungi 265-sonidan