Fiqhdan namunalar

467
0

фикх-199x300

Sahobalar – Alloh ulardan rozi bo’lsin – arab edi. Arab tili ularning ona tili edi. Ular arab tilini nozik, atroflicha tushunadigan olimlar edi. Qur’on nozil bo’layotganda ular Rosululloh(s.a.v) bilan birga edilar, u kishidan ajramasdilar. Payg’ambarimiz(s.a.v) hodisalar haqidagi Alloh hukmini ularning ko’z o’ngida bayon qilar edi. Ular shariatni atroflicha biluvchi ulamolar ham edilar. Shuning uchun qachon o’zlariga bir voqea ko’ndalang kelib, u haqdagi Alloh hukmini bayon qilish kerak bo’lsa, nassdan yoki nass ma’qulidan[1] o’zlari istinbot qilishgan ra’ylarini bayon qilish bilan u haqdagi shar’iy hukmni bayon qilar edilar. Sahobalar ko’pincha dalilni bayon qilmay faqat hukm berishgagina cheklanishar edi. Shuning uchun sahobalarning hukmlari ularning ra’ylari shaklida naql qilingan. Bu esa ba’zi odamlarni «sahobalar qaziyya (masala, hukm) borasida o’z ra’ylarini bildirishgan» degan tushunchaga olib keldi. Aslida esa sahobalar shar’iy nususdan o’zlari tushunganlari bo’yicha istinbot qilishgan shar’iy hukmni ilgari surganlar. Lekin uning dalilini birga keltirmaganlar yoki hukm illatini yoki illat dalilini bayon qilmaganlar. Bu narsa «bu sahobaning ra’yidir, shuning uchun inson modomiki aqli Islom bilan sug’orilgan ekan va u arab tilini bilar ekan biron qaziyya borasida o’z ra’yini ilgari surishi joiz», degan tushunchaga olib keldi.

Keyingi asrlarda arab tilida buzilish paydo bo’lib, arab tili so’z tuzilishini o’rgatuvchi qoidalar bilan o’rganiladigan bo’lib qoldi. Roviylarga yolg’on suqulib kirganligi va Rosululloh(s.a.v) nomidan u kishi aytmagan hadislar rivoyat qilingani bois hadis usul bilan o’rganiladigan fanga aylandi. Shu bois hukmlarni istinbot qilish uchun arab tilini va shar’iy nususni bilishga ehtiyoj seziladigan bo’lib qoldi. Shundan keyin shar’iy hukm dalil bilan, gohida esa dalil keltirishning asosi bilan birga keltiriladigan bo’ldi. Natijada fiqh bahsi yangicha shakllana boshladi va boblarga bo’lishda o’ziga xos tartib yuzaga keldi. Fiqhni boblarga bo’lishda va tartiblashda turli uslublar qo’llangan bo’lsa-da, hukmni bayon qilish bilan birga shar’iy hukm dalilini bayon qilish, hukm ixtilofli bo’lib qolgan paytda dalil keltirish asosini ham bayon qilish zarurati tug’ildi. Islomiy kutubxonalar turli uslublarda boblarga bo’lingan va bayon qilingan yuz minglab fiqhiy asarlar bilan to’lib-toshdi, gullab yashnadi. Biroq kofirlar milodiy XVIII asr o’rtalaridan keyin musulmonlar yurtlarini bosib olishgach musulmonlarni islomiy ilmlar borasida aldab, adashtirishga kirishishdi. Musulmonlarga fiqhni – xuddi safsatachi kimsa odamlarga asalni «bu arining axlati» deb yomon ko’rsatganidek – xunuk ko’rsata boshlashdi. Kofirlar islomiy fiqhni «qora ro’yxat»ga tirkashdi. Maqsad undan musulmonlarni yuz o’girtirish edi. Zero musulmonlar fiqhdan yuz o’girishsa Islom hukmlarini bilishdan yuz o’girishgan bo’lar, natijada Alloh dinini bilmaydigan nodon kimsalarga aylanib, jaholat tuzog’iga tushishgan bo’lardi. Shunday ham bo’ldi. Shuning uchun ham musulmonlarni fiqhni zo’r berib o’rganishga targ’ib qilish, uni o’rganishga shavq, qiziqish uyg’otish uchun islomiy fiqhdan namunalar taqdim qilish zarur bo’lib qoldi. Umumiy aloqalarga oid – ularni bugungi kunda siyosiy hukmlar yoki dasturiy fiqh deb atalmoqda – shar’iy hukmlardan namunalar keltirish odamlar uchun juda foydali bo’lib qoldi. Shaxslarning bir-birlari bilan bo’lgan aloqalariga taalluqli – bu aloqalarni fuqarolik qonuni deb atashmoqda – shar’iy hukmlardan namunalar keltirish, jazo choralariga taalluqli shar’iy hukmlardan namunalar keltirish, bayyinot (isbot, hujjat)ga taalluqli shar’iy hukmlardan namunalar keltirish ham foydalidir. Ana shunda fiqh haqida tamoman aniq, ravshan tasavvur paydo bo’ladi. Shoyad shunda bu tasavvur islomiy fiqhni asosiy, mo”tabar fiqh kitoblari bo’yicha o’qib-o’rganishga qiziqish uyg’otsa.

[1] Nass ma’quli – shar’iy illat, ya’ni shar’iy hukmning boisi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.