Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini imom-xatiblar va muftiylarni o‘z burchlarini ado etishga va dinlarini himoya qilishga da’vat qilmoqda

375
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini imom-xatiblar va muftiylarni o‘z burchlarini ado etishga va dinlarini himoya qilishga da’vat qilmoqda

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini Vaqf ishlari mudirliklari, muftiyot, qozilik va masjid imom-xatiblarini ziyorat qilish tadbirini o‘tkazdi. Bu tadbir Hizbning Falastinda odamlarni va jamoatchilikni rejimning shubha ostidagi tashkilotlar bilan jinoyat sodir etayotganidan hamda Islom tushunchalari va shar’iy ahkomlarga zarba berishga qaratilgan konventsiyalarni imzolayotganidan ogohlikka chaqirish kampaniyasi doirasida bo‘lib o‘tdi. Zotan, Falastin rejimi Islomning tushuncha va shar’iy ahkomlarini qo‘yib, G‘arbning tushuncha va qonunlarini oldi. Islomdagi tushuncha va ahkomlarda oila va jamiyat farovonligi ta’minlangan bo‘lib, u ayol kishi hurmatini himoya qiladi hamda mashaqqatli ishlardan uni qutqaradi. G‘arbning tushuncha va qonunlari esa, ayollarni buzadi, oilalarni ajratib, odamlar orasida buzg‘unchilik, fahsh va munkar ishlarni yoyadi.

Hizb o‘zining ayni ziyoratlarida ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish farz ekani, Falastin rejimining Islom dushmanlari siyosatiga yo‘l ochuvchi konventsiyalarni imzolash va ularni ijro etish qilmishlariga qarshi baland ovoz bilan kurashmoq zarurligi, chunki dushmanlar siyosatlaridan Islom va musulmonlar, shu jumladan, Falastin ahli nishonga olingani ta’kidlandi.

Ziyoratlar chog‘ida Hizb a’zolari mezbonlarga Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini saqofat bo‘limi nashr qilgan varaqani topshirdilar. Varaqada Falastin rejimi imzolagan, a’zo bo‘lgan va matnlarini tatbiq qilayotgan bu konventsiyalardan g‘oyat xavfli rejalar ko‘zlangani bayon qilingan. Bu rejalarning barchasi, asosan, CEDAW konventsiyasi va «2030 yil uchun barqaror rivojlanish» konventsiyasining Falastin ahli va oilalari uchun juda xavfli ekani, har ikkisining modda va matnlari Islom ahkomlariga qarshi jur’at va adovatga to‘laligi ta’kidlandi. Shuningdek, varaqada saroy jarchilarining yolg‘on xabar tarqatishayotganiga va ayni konventsiyalarni yaltiroq so‘zlar va soxta shiorlar bilan tatbiq qilishga urinishayotganiga etarli dalillar keltirildi. Masalan, oilalar ajrashishini ozaytirish shiori kabi… bu va boshqa adashtiruvchi yolg‘onlardan maqsad odamlarni yo‘ldan urib, haqiqatni ularga ko‘rsatmaslikdir. Bu haqiqat shuki, shaxsiy holatlar va jazolar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritishdan, shu jumladan, turmush qurish yoshini belgilashdan asl maqsad, BMT istaklarini amalga oshirish hamda jinoyatkor CEDAW konventsiyasi bandlarini tatbiq qilishdir, shuningdek, mustamlakachi kofirga rozi bo‘lish va boshqa maqsadlardir.

Varaqada bunday deyilgan:

«G‘arb davlatlarining rahnamoligi ostida musulmon o‘lkalarida amalga oshirilayotgan dasturlar ayni davlatlarning Islom Ummati va muslima ayolga bo‘lgan nafratini ifodalaydi. G‘arb kofirlari bundan quyidagilarni ko‘zlashgan:

Musulmon oilalarni buzishni va shar’iy ahkomlarga zarba berishni. Holbuki, bu ahkomlar ayolning erga itoati va yaxshi xotin bo‘lishiga asos bo‘lgan;

Farzandlar o‘rtasida ota-onalarga itoatsizlikni keng yoyish hamda oila ichiga isyon urug‘ini ekish;

Erkaklar bilan ayollar, ayniqsa, yosh yigit-qizlar o‘rtasida aralash bo‘lishga targ‘ib qilish, shu orqali hayoni yo‘q qilib, musulmonlardagi mavjud iffat tushunchasiga zarba berish;

Musulmonlarning ayollaridan ro‘mol va jilbobni echish va ayolni avrat va fitna o‘rinlari ochiq holatda ko‘chaga chiqishga o‘rgatish;

Musulmon yoshlarni Islom va Ummatlaridan ajratish hamda ularni G‘arb manfaatiga xizmat qiluvchi qo‘g‘irchoqlarga aylantirish;

Ummat orasida bo‘linishni, Sayks-Piko chegaralarini hamda G‘arb davlatlariga tobelikni kuchaytirish maqsadida yosh avlodni kuch-qudrat, birlik, islomiy boshqaruv kabi tushunchalardan mutlaqo uzoqlashtirish.

Varaqa So‘nggida – ayol kishini Islom himoya qilgandek himoya qiluvchi birorta ham qonun bu dunyoda yo‘q, chunki Islom ayolni ona, qiz va opa-singil sifatida ulug‘ladi, deyildi. Shuningdek, varaqada har bir musulmonning anavi jinoyatkorlarni jinoyatdan tiyib qo‘yishi Alloh Subhanahu buyurgan farzlardan biri ekani ta’kidlandi.

Roya gazetasining 2019 yil 18 dekabr chorshanba kungi 265-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.