Amerikaning yahudiylar qurayotgan turar joylarni «qonuniy», deb tan olishiga oydinlik kiritish

405
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerikaning yahudiylar qurayotgan turar joylarni «qonuniy», deb tan olishiga oydinlik kiritish

Alo Abu Solih. Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi raisi

2019 yil 18 noyabr dushanba kuni AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo, bosib olingan G‘arbiy Sohildagi yahudiylar qurgan turar joylar Qo‘shma Shtatlar nazdida xalqaro qonunga zid emas, deb hisoblanishini bildirdi. O‘z navbatida Falastin rejimi Vashingtonning ayni pozitsiyasini qoraladi. U – bunday pozitsiya xalqaro qonunlarga ham, yahudiylarning turar joy qurishlarini rad etuvchi xalqaro qarorlarga ham butunlay zid ekanini hamda bu narsa rad etilgan, qoralangan pozitsiya bo‘lib, qonuniy kuchga ega emasligini, ta’kidladi. Shuningdek, Iordaniya tashqi ishlar va immigratsiya masalasi bo‘yicha vaziri ham yahudiylarning bosib olingan Falastinda turar joy qurishlari xalqaro qonunni va xalqaro qonuniy qarorlarni buzishligini, ikki davlat echimini yo‘q qilib, umumiy tinchlikni amalga oshirish imkoniyatini barbod qilishini, aytdi.

Biz AQShning ayni e’loni qarshisida quyidagilarni yoritishni istadik:

Birinchi: Amerika ayni masalada, qolaversa, Falastin ahli va butun Islom Ummatiga ashaddiy dushman bo‘lgan davlatdir. U shundayligicha qoladi. Bu davlatni betaraf vositachi, deb atash adashtirishdir. Chunki musulmonlar yurtlaridagi Britaniya mustamlakasi merosxo‘ri ham, yahudiy vujudini tarbiyalab, uni mablag‘ va qurol bilan qo‘llab-quvvatlagan ham, shuningdek, uni mudofaa qiluvchi malay hukmdorlarni zo‘r berib ishga solgan ham mana shu Amerikadir. Ya’ni, asl illat va balolarning sababchisi, mana shu Amerikadir. Bosqinchi yahudiy vujudi esa, mintaqadagi mustamlakachi kuchlarning vakili bo‘lib, ularning ilg‘or harbiy bazasi, aviatsiya tashuvchisi hamda Ummat yuragiga sanchilgan xanjari hisoblanadi. Ummat qaytadan birlashmasligi hamda xalqaro mavqeni chizib, dunyo shaklini qayta tuzib chiqadigan birinchi davlatni qayta tiklamasligi uchun ular bu xanjarni musulmonlar ko‘ksiga sanchib qo‘yishgan.

Ikkinchi: Amerika bekorga hadiya bermaydi. U foydasiz pozitsiyalarni egallamaydi hamda o‘z manfaati va rejalariga zid hech narsani taqdim etmaydi. Shuning uchun Pompeoning ayni bayonotini Amerikaning mana shunday siyosati doirasidan tashqarida tushunish soddalik va kaltabinlikdir.

Uchinchi: ushbu qadam Amerikaning Falastin masalasidagi qarashlari bilan uyg‘un keladi. Ya’ni, bu narsa ayni masalani yo‘q qilish yo‘lida qabul qilgan qator chora-tadbirlari sirasiga kiradi. Masalan, Amerikaning Quddusni yahudiy vujudi poytaxti, deb e’tirof qilishi, qochqinlar bo‘yicha agentlik (UNRWA)ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi va bu vujudning Jo‘longa hukmronlik qilishini e’tirof qilishi, hamma-hammasi AQSh ma’muriyati qabul qilgan Asr kelishuvini mustahkamlashga qaratilgan chora-tabdirlardir.

To‘rtinchi: Bu e’lonning aynan hozirga kelib qilinayotganiga kelsak, AQSh ma’muriyati yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlovchi amerikalik evangelistlarni jalb qilmoqchi. Chunki Tramp uchun muhim saylov bazasi mana shu evangelistlardir. Bu narsaning hozirga kelib e’lon qilinishi faqat AQSh ichkarisiga qaratilgandir. Bu e’lon – ba’zilar o‘ylagandek – Netanьyaxuga xizmat qilmaydi. Ayniqsa, hozirda AQSh ma’muriyati bilan Netanьyaxu o‘rtasidagi munosabat yaxshi emas. Chunki Netanьyaxu g‘irromlik qilib, Trampning Asr kelishuvi xarajatlaridan o‘zini olib qochyapti, siyosiy turg‘unlik kelib chiqishiga sababchi bo‘lyapti. Buning tasdiqi shuki, yahudiylar saylovlaridan keyin Tramp Netanьyaxu bilan bir marta ham telefon orqali suhbatlashmadi hamda AQSh ma’muriyati «biz yahudiylarning har qanday saylangan hukumati bilan ishlayveramiz», deya bayonot berdi… Hatto ish Trampning Netanьyaxudan «juda hafsalam pir bo‘ldi», deyishigacha etib bordi. Shuningdek, Tramp yahudiy vujudi boshdan kechirayotgan siyosiy krizis haqida masxaroumuz gaplarni aytdi: «U erdagi mavjud rejim qanaqa o‘zi, xuddi kichkintoylarga o‘xshaydi?! Hammasi bir-biri bilan urishgani urishgan. Biz kurashning har xil uslublarini bilamiz. Hech bo‘lmaganda, prezidentni taniymiz. Ular bo‘lsa, saylov o‘tkazishdan to‘xtashmayapti, haligacha birovni saylashgani yo‘q»!

Beshinchi: To‘g‘ri, Asr kelishuvi o‘rnida qimir etmay turib qoldi, yahudiy vujudida hukumat tuzish muvaffaqiyatsizligi sababli hamda AQSh ma’muriyatida saylov yili yaqinlashgani va Trampning ichki muammolardan boshi chiqmay qolgani bois, AQSh ma’muriyati bu masalani muzlatib qo‘ydi… Biroq, bu ma’muriyat Asr kelishuvidan voz kechgani yo‘q. Pompeoning yahudiylar uy-joylari qurilishini qonuniy, deb tan olishi, ayni kelishuvga xizmat qiladi. Shuning uchun qachon Tramp ikkinchi muddatga qayta saylanishga muvaffaq bo‘lsa, Asr kelishuvi yana o‘rtaga chiqishi mumkin. Ammo Respublikachilar qudratda qolishga muvaffaq bo‘lisholmasa, u holda, loyihalar o‘zgarishi, rejalar boshqacha tuzilishi turgan gap.

Oltinchi: Falastin rejimi bilan musulmon yurtlari hukmdorlarining Pompeoning aytgan gaplariga nisbatan bildirgan reaktsiyalari yana ularning xoinlik va qo‘rqoqlikda davom etishlarini anglatadi. BMT Falastin eridan 78 %idan ko‘prog‘ini bosqinchilarga berilishini qonuniylashtirib, qolgan erlarni muzokaraga bog‘lab qo‘ygan bir paytda, rejim ikki davlat echimiga va BMT qarorlariga qattiq amal qilishini ochiq aytmoqda. Bu uning Falastin, falastinliklar va muqaddas dargohlar ustida til biriktirishda yana davom etishini ko‘rsatadi. BMTni Rosululloh ning Isro maskani bo‘lmish muborak zaminda murojaat manbai, hakam va qaror sohibi qilib olish musulmonlar uchun g‘oyat xususiy bo‘lgan, hatto muqaddas sanalgan omonatga xiyonat qilishdir va bu borada dushmanni hakam qilishdir. Qolaversa, ayni qilmish tom ma’noda siyosiy jihatdan o‘z joniga qasd qilish hamdir.

Ettinchi: Amerikaning yahudiylarga manzilgoh qurishlarini qonuniylashtirib bergani, anavi hukmdorlar yuziga tortilgan tarsakidir. Ular Falastin masalasida soxta tinchlik ortidan hakillab chopishdi, o‘zlari istagan kuchsiz davlatning tiklanishida BMTning qarorlariga umid bog‘lashdi… Ammo aldanishdi, omadsizlikka uchrashdi. Alhol, musulmonlar nazdida Amerikaning bu e’loni Falastin masalasida hech narsani o‘zgartirmaydi. Chunki ularning ushbu muborak zamindagi huquqlari vahida aytilgan bo‘lib, bu shar’iy hukmdir. Zotan, Falastin – dengizu daryosigacha bosib olingan islomiy erdir, uning sifati mana shu. Falastinning bu sifatini na Amerika tortib ololsin, na mustamlakachi davlatlar, na Xavfsizlik Kengashi va na dunyoning butun kuchlari. Ular bu haqiqatni zarracha o‘zgartira olishmaydi.

Sakkizinchi: Islom Ummati o‘ziga, muqaddas dargohlariga va muborak zaminiga qarshi mustamlakachi davlatlarning fitnalar to‘qiyotganini ko‘rib turibdi. Shuningdek, hukmdorlarning ular bilan til biriktirib, uni yordamsiz qoldirishganini, Falastin masalasini zoe ketkazishayotganini guvohi bo‘lmoqda… Islom Ummati shularni ko‘rib, guvohi bo‘layotgan ekan, demak, to Falastin ozod etilmaguncha uning masalasi hal bo‘lmasligini, ozod etish esa, uning armiyalari va faol kuchlari zimmasiga tushayotganini, agar armiyalar anavi malay hukmdorlarning kishanlaridan qutulsa va o‘z dinlari, Ummatlari oldida xolis tursa, albatta bu zaminni ozod etishga qodir ekanliklarini anglab etishi vaqti allaqachon kelgan. Ana shunda bu muborak zaminda sanoqli yahudiy qoladi. Musulmonlar esa, xuddi Umar Foruq va ashoblari ilk bor kirganlaridek, Aqso masjidiga azizu-mukarram holda kirib boradilar.

وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَن يَكُونَ قَرِيباً

«Ular: U (kun) qachon bo‘lur? – deb (so‘raydilar). Shoyadki yaqin bo‘lsa, deb ayting!» [Isro 51]

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.