Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrirning to‘qqiz nafar yigitini qamoqqa oldi

387
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrirning to‘qqiz nafar yigitini qamoqqa oldi

Rusiyal Yavm veb sayti (hijriy 1441 yil 25 robiul-avval, milodiy 2019 yil 22 noyabr juma kuni) nashr qilgan xabarda quyidagilar aytiladi:

«Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir Islomiy xalqaro terrorchi tashkilotining 2 nafar rahbari va 7 nafar a’zosini Rossiyaning turli hududlarida qo‘lga olganini, ular hokimiyatni zo‘rlik bilan ag‘darishga qaratilgan konstitutsiyaga zid harakatlar bilan shug‘ullanishganini ma’lum qildi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan juma kuni chiqarilgan bayonotda, ushbu terroristlarni qo‘lga olish maxsus operatsiyasi Moskva, Tatariston va Ural viloyatidagi Tyumen okrugi kabi hududlarda olib borilgani ta’kidlandi. Bayonotda izohlanishicha, hibsga olinganlar yashirin terroristik tuzilmalar tashkil qilish, moliyalashtiruvchi manbalar qidirish, o‘z fikrlarini tarqatishib, mahalliy musulmonlarni saflariga qo‘shish bilan shug‘ullanishgan. Xavfsizlik xizmati bayonotda, jumladan, bunday deyiladi:

«Tashkilot a’zolarining global deya da’vo qilingan Xalifalikni qurishga, dunyoviy jamiyat muassasalarini vayron qilishga va mavjud hokimiyatni kuch yordamida ag‘darishga asoslangan noqonuniy faoliyatlar bilan shug‘ullanganlari isbotlandi».

Bayonotda hibsga olinganlardan Rossiyada taqiqlangan targ‘ibot materiallari, aloqa vositalari va qattiq disklar topilgani aytiladi».

Roya gazetasi sharhi:

Bu jinoyatkor Rossiyaning Islom va musulmonlarni yomon ko‘rishi hech kimga yangilik ham, sir ham emas. Bu davlat doim Islom va musulmonlarga ashaddiy dushman bo‘lib kelgan. Nega ham shunday bo‘lmasin?! Misol uchun aytadigan bo‘lsak, Usmoniy Xalifalik davlatiga qarshi kurashda ishtirok etgan ham, bir necha yillardan buyon Shomdagi tog‘ut Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qurolsiz oddiy musulmonlarni qirg‘in qilib kelayotgan ham, Islom saqofatiga oid kitoblarni man qilib, maktab va universitetlarda qizlarning ro‘mol o‘rashlarini taqiqlagan ham mana shu Rossiya bo‘ladi. Shuning uchun, Rossiya Hizb ut-Tahrirning siyosiy tashkilot ekanini, jangari tashkilot emasligini yaxshi biladi, bila turib, uning a’zolarini hibsga va qamoqqa olmoqda. Bu esa, uning Islomga bo‘lgan kurashini to‘xtatmayotganiga dalolat qiladi. Darhaqiqat, buni Hizb ut-Tahrir a’zolaridan biri va o‘tgan mart oyida Rossiya hukumati 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan Ruslan Sungatov juda to‘g‘ri ifodaladi. U sud zalida «Bugungi sud bizni ham, Hizb ut-Tahrirni ham sud qilayotgani yo‘q, balki u Allohning dini Islomni sud qilyapti», dedi.

Islom da’vatini xolis etkazayotganlarni repressiya qilayotgan va qamoqqa tashlayotgan barcha rejimlarga aytar so‘zimiz: o‘zingizga etadigan yomonlikdan «xursand» bo‘laveringlar. Chunki Hizb ut-Tahrir sizlar tomonidan qo‘yilgan barcha to‘siq va mashaqqatlarga qaramay, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun o‘zining faoliyatini kechayu kunduz tinimsiz davom ettiradi. Chunki ushbu Xalifalik Alloh Subhanahu va Taoloning va’dasidir, U o‘z va’dasiga aslo xilof qilmas.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.