Kofir davlatlarning Sudandagi elchixonalari bilan josuslik qilayotgan va kufr asosida tuzilgan jamoalar Islomga asoslangan partiyalar tuzilishiga qarshi kurashishmoqda!!

314
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kofir davlatlarning Sudandagi elchixonalari bilan josuslik qilayotgan va kufr asosida tuzilgan jamoalar Islomga asoslangan partiyalar tuzilishiga qarshi kurashishmoqda!!

Yakshanba kuni Addis-Abebada Abdulaziz Hillu etakchiligidagi Sudan xalq ozodlik harakati, deb nomlangan kommunistik partiya Sudan konstitutsiyasiga oliy tamoyillarni kiritish to‘g‘risida siyosiy bayonot imzoladi. Bayonotda Sudandagi har qanday partiyaning dinga asoslanishini taqiqlash aytilgan!

Bu xususida Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, bunday dedi:

«Ummat yoshlari orasida botil va zaharli fikrlarning tarqalishiga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan partiyalarning o‘zlari Ummatning aqidasi va fikrlariga asoslangan faoliyatni taqiqlashyapti! Yurtni mana shunday qoloqlik va muvaffaqiyatsizlik jarligi yoqasiga olib kelgan narsa, parlamentlarning Allohning minhoji va shariatiga zid qonunlar ishlab chiqqanligidir. Chunki bu partiyalar, hatto Islomni da’vo qilgan hizblar ham dinni davlatdan ajratishga va botil demokratiyaga da’vat qilishmoqda. Aslida, muvaffaqiyatsiz demokratiyaga asoslangan mana shu qurolli partiya va harakatlarning o‘zini taqiqlash kerak. Agar Sudandagi hayot boshqaruv, siyosat, iqtisod kabi barcha sohada Islomga asoslanganda edi, birorta ham partiya va harakat kufrga asoslanishga jur’at qilolmagan bo‘lardi, dushman va uning elchixonalari bilan yurtda qaysi siyosiy partiya qanday faoliyat qilish kerak, deya josuslik almashishga botinolmasdi! Bu o‘tish davri hukumati, siyosiy elita va kofir G‘arb bilan aloqa qilayotgan qurolli harakatlar insonlar hayotidagi qolgan ba’zi islomiy ahkomlarni ham tugatishga harakat qilishmoqda. Ular Hizb ut-Tahrirning nurini o‘chirib, zulmatda o‘zlarining manfur rejalarini amalga oshirishmoqchi. Biroq, bunday qilishlariga yo‘l bo‘lsin. Chunki Ummat Islom asosida oyoqqa turishga bugun har qachongidan ham yaqin qoldi».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

«Yaqinda – Allohning izni ila – barpo bo‘lajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bunday o‘yinlarga albatta chek qo‘yadi hamda mustamlakachi kofirlar, ularning dumlariyu malaylarini yurtlarimizdan omadsiz ahvolda quvib solib, butun hayotni buyuk Islom asosiga bino qiladi».

Roya gazetasining 2020 yil 16 sentyabr chorshanba kungi 304-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.