O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

382
0

O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2019 yilning 9 dekabr kuni “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” forumining sakkizinchi vazirlar konferentsiyasi doirasida O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston delegatsiyalari rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Ellis Uells va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Idris Zamon boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

 Uch tomonlama uchrashuv chog‘ida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdoni kengaytirish, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, ushbu davlatni mintaqaviy integratsion jarayonlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

 O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘llarini muhokama qilish, shuningdek, ushbu hamkorlik jarayonida muayyan loyihalarni moddiy-texnik rag‘batlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun ushbu uch tomonlama maslahatlashuvlarda doimiy tus berishga kelishib olindi.

 Afg‘oniston masalasi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi asosiy strategik nuqta bo‘lib qoldi. Bunga sabab, AQShning Markaziy Osiyodagi manfaatlarni qo‘lga kiritishida, Rossiyaning bo‘lsa o‘z ta’sirini ushlab qolishida Afg‘oniston muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston esa ikki yirik xalqaro siyosiy o‘yinchilar bo‘lgan davlatlar bosimi o‘rtasida qoldi. O‘zbekiston strategik jihatdan muhim nuqtada joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning asosiy strategik yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsata oladigan va tabiiy resurslarga boy davlatdir. AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasida borayotgan xalqaro siyosatdagi geosiyosiy kurashi Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston ustida tobora kuchayib boryapti. 

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.