To Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo bo‘lmaguncha Sudandagi qabilalararo jang aslo to‘xtamaydi

376
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

To Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik barpo bo‘lmaguncha Sudandagi qabilalararo jang aslo to‘xtamaydi

Yaqinda Sudan sharqidagi Portsudan shahrida ayrim qabilalar o‘rtasida jang sodir bo‘ldi. Shu xususda Hizb ut-Tahrirning Sudandagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon matbuot bayonoti chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Sudandagi sobiq rejim ham, hozirgi rejim ham o‘zlarining kurashlarida hamon qabilalardan foydalanib kelishyapti. Hatto vazirlik kursisini talashishlar ham o‘nlab yillardan beri qabilachilik va tarafkashlik asosida bo‘lyapti. Kurashdagi birdan-bir ziyonni esa, shu qabilalar vakillari ko‘rib, badalini juda qimmat-qonlari va mollari bilan to‘lashyapti. Sudandagi qabilalarning bir-biri bilan qirpichoq bo‘lishlari aslo tingani yo‘q. Bir kun to‘xtasa, ertasiga yana boshlanyapti. Bularning barchasiga sabab, hukumat va muxolafat o‘rtasidagi kuchli tarafkashlikdir».

Ustoz Ibrohim Usmon so‘zini davom ettiradi:

«Islom musulmon qonini to‘kishni harom qildi, musulmonlarning o‘zaro jang qilishlarini ham harom qildi. Shuningdek, xoh qabilachilik, xoh tarafkashlik bo‘lsin, umuman taassub-milliy bayroq ostida jang qilishdan qaytardi.

Hukumat ham, muxolafat ham bitta tanganing ikki tomonidir. Ikkalasidan ham bu kurashlarga barham berishni kutib bo‘lmaydi. Chunki kurashga gugurt chaqayotgan mana shularning o‘zidir. Qilayotgan ishlari esa, krizisni pasaytirish, xolos. Uning ildizi bilan yo‘q qilisholmaydi, sal pasayishi bilanoq, yana avvalgi ahvoliga qaytaveradi». Bayonot so‘nggida Sharqiy Sudan va boshqa viloyatlardagi aholiga murojaat sifatida quyidagilar ta’kidlandi:

«Mavjud siyosiy elita, hamma krizis va muammolar sababchisidir. Shu bois undan biror muammoni hal etishi kutilmaydi. Chunki bu elitada ongli siyosiy mafkura etishmaydi. Zotan, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati barpo etilmas ekan, qabilalararo jang hargiz to‘xtamaydi. Chunki u sizning aqidangizga asoslangan davlatdir. Shuning uchun ushbu g‘oyib bo‘lgan farzni amalga oshirish uchun harakat qilish barcha musulmonlarning burchidir».

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.