Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati namoyishi

697
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati namoyishi

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati a’zolari juma namozidan so‘ng «Qo‘llab-quvvatlovchi, deya iddao qilinayotgan davlatlar buyrug‘i asosida birlashish Allohni va uning mo‘min bandalarini darg‘azab qiladi», nomli qator namoyishlar uyushtirishdi. Shimoliy Idlibda uyushtirilgan namoyishda Suriyaning shimoliy g‘arbida ozod etilgan qolgan-qutgan mintaqalarga qarshi fitna to‘qilayotgani aytildi.

Bir vaqtning o‘zida, Sarmado shahrida o‘tkazilgan namoyishda qonun chiqarish Allohning haqqi, konstitutsiyaviy komissiyaning haqqi emasligi ta’kidlandi. Namoyishlarda – inson tomonidan o‘ylab topilgan bu konstitutsiyalar bizni tamsil etmaydi, qo‘limizda Robbimiz konstitutsiyasi bor ekan, hech kimning konstitutsiya tuzib berishiga muhtoj emasmiz, degan mazmundagi shiorlar bitilgan plakatlar ko‘tarib chiqildi. Killi shaharchasidagi Shom ahli ishtirok etgan namoyishda plakatlar orqali «shuncha shahidlarni sizni tog‘ut rejimlar zamoniga qaytaruvchi ilmoniy milliy armiya yo‘lida berdingizmi?», degan mazmundagi savollar o‘rtaga tashlandi.

Bardaqli qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan namoyishda Alloh Taoloning

﴿وَاعْتَصِمُوا بـِحَبْلِ اللهِ جَـمِيعًا﴾

«Barchangiz Allohning arqonini mahkam ushlang» [Oli Imron 103]

degan kalomi shior qilindi. Plakatlarda birlashish rejimni barcha basharayu shakllari bilan qo‘shib ag‘darish yo‘lida Allohning amriga javoban bo‘lmog‘i darkorligi, birlashish esa, agar Alloh kalimasini oliy qilish uchun bo‘lmasa, hech qanday qadri bo‘lmasligi ta’kidlandi. Shuningdek, «jangchi guruhlar qachongacha «qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar» qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolaveradi, qachongacha ularni istagancha bo‘lib, istagancha qayta birlashtirishadi», kabi savollar o‘rtaga tashlandi. Guruhlarga – Robbingiz o‘zining mustahkam arqonini mahkam ushlashni buyurganda uni qabul qilmadingiz, «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar buyruq qilganda esa, mute’lik bilan ularning yoniga keldingiz, deya eslatma berildi.

Shu mazmunda Hizb ut-Tahrir a’zolari Dayri Hasson shahrida ham «Yo‘qolsin inson o‘ylab topgan konstitutsiyalar, yashasin islomiy aqidaga asoslangan konstitutsiya» nomli namoyish o‘tkazishdi.

G‘arbiy Halab va Sahara shahrida o‘tkazilgan namoyishlarda «Biz qo‘zg‘olonning boshidayoq «Konstitutsiyamiz Qur’ondir» shiorini aytib masjidlardan chiqdik, bizning bu shiorimiz o‘zgargani yo‘q, yashasin Robbimizni rozi qiluvchi konstitutsiya, yo‘qolsin G‘arbni rozi qiluvchi konstitutsiya», kabi so‘zlar bitilgan plakatlar ko‘tarib chiqildi. Qo‘llab-quvvatlovchi davlatlarni olqishlovchilarga Turkiyaning Suriya erlari birligini saqlab qolish uchun Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishi haqida bergan bayonotlari mazmuni haqidagi savollar yo‘llandi. Ularga qarata «qo‘llab-quvvatlovchi»lardan hushyor bo‘ling, deyildi va ulardan bu davlatlarning buyrug‘iga asosan emas, Alloh Subhanahuning amri asosida birlashish talab qilindi.

Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.