Ey musulmonlar! Furot qalqoni, Zaytun novdasi va Tinchlik bulog‘i amaliyotlari rejimga qayta jon bag‘ishlash uchun tashlangan qadamlardir!

532
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey musulmonlar! Furot qalqoni, Zaytun novdasi va Tinchlik bulog‘i amaliyotlari rejimga qayta jon bag‘ishlash uchun tashlangan qadamlardir!

Erdogan sodir etgan va sodir etayotgan barcha qilmishlar Amerikaning istagini amalga oshirish uchundir. Chunki rejimga, uning ortida turgan Amerikaga, shuningdek Shom markaziga zulukdek yopishib olgan ilmoniy rejimni mustahkamlash rejasini amalga oshirishda Amerikaga yordam berayotgan Rossiya, Eron va Turkiya kabi davlatlarga hamda bu rejada Erdogan bilan til biriktirgan guruhlarga odamlarning qarshi turishi kuchayganidan keyin Amerika xalqaro, regional va mahalliy kuchlarning jirkanch qo‘llari bilan Suriyadagi ilmoniy rejimni mustahkamlashni istadi. Biz 2016 yil 7 dekabrda Erdogan bizni Shom tog‘utidan xalos etadi, deya uning Furot qalqoni va Zaytun novdasi amaliyotlarida qo‘llagan aldov uslublariga aldangan kishilar ko‘zidan pardani olib tashlaydigan mavzuda nashra chiqargan edik. Unda quyidagi so‘zlar kelgan: «… Bundan tashqari, Erdoganning Furot qalqoni amaliyotini davom ettirishi va Turkiyaga sodiq jangchi guruhlardan yanada ko‘prog‘ini Jarablusdan keyin Bob jangiga jalb qilishga urinishi Halabdagi haqiqiy frontni, ya’ni, shahar qamalini yorishda hamda unga yordam ko‘rsatishda unga tayaniladigan frontni zaiflashtirishga qaratilgan edi…». Shu tarzda Halab qo‘ldan ketdi!

Aslida, bu jangchi guruhlar es-hushlarini yig‘ib olmoqlari kerak edi. Biroq ular Erdoganga yana aldanib, Zaytun novdasi amaliyotida u bilan birga bo‘lishdi! O‘shanda biz 2018 yil 24 yanvardagi savolga javob nashramizda «… Shunday qilib, Erdogan – rejimning Halabga kirishini osonlashtirish uchun Furot qalqoni mavzusini yana takrorlamoqda. Shuning uchun u rejimning Idlibga kirishini osonlashtirish uchun Zaytun novdasi amaliyotini o‘ylab topdi», degan edik. Keyin 2018 yil 29 iyuldagi savolga javob nashramizda ham bunday degan edik: «Ikkinchi front: Bu frontda Turkiya etakchilik qildi. Avval 2016 yil 24 avgustda Halab shimolida Furot qalqoni jangida rejimning Halab shahriga kirishiga qulaylik yaratib bergan bo‘lsa, keyin joriy yil 20 yanvarda Zaytun novdasi jangida Idlib shahriga kirishiga yordam berdi. Ya’ni o‘sha guruhlar rejimga qarshi janglarini Turkiya buyrug‘i bilan tark etib, Dar’a va G‘usnda bir-birlariga qarshi jangga kirishishdi… Oqibatda Halab bilan Idlib janubi qo‘ldan boy berildi yoki shunga yaqin qoldi». Mana, bugun ham ayni jangchi guruhlar Tinchlik bulog‘i amaliyotida uchinchi marta aldanishyapti! Chunki bu hujum Tramp buyrug‘i va «yashil chirog‘i» bilan rejimga qayta jon berib, yutuqlarini ziyoda qilyapti: «Turkiyadagi yozuvchi va siyosiy tahlilchi Javod Go‘k «Amerikaning «yashil chirog‘i»siz Turkiya Furot sharqida harakat qilishi mumkin emas», deydi. (Temmuz net, 2019 yil 6 oktyabr). Oq uy bunday bayonot berdi: «Turkiyaning Suriya Shimolida harbiy amaliyot boshlashga hozirlanib turishi manzarasida AQSh kuchlari u erdan chiqib ketmoqchi. Bu AQSh prezidenti Trampning turk hamkasbi Erdogan bilan telefon suhbati o‘tkazishi ortidan amalga oshmoqda». (CNN arabiy, 2019 yil 7 oktyabr). Shuningdek, bu Amerikaning buyruq va roziligi asosida amalga oshirildi: «Bugun seshanba kuni Oq uy matbuot kotibi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoganning 13 noyabrda AQShga safar qilishi kutilayotganini ma’lum qildi». (Mashhad arabiy, 2019 yil 8 oktyabr).

Trampning sanktsiyalar qo‘llash haqidagi bayonot va tahdidlariga kelsak, masalan, «AQSh prezidenti Donalьd Tramp dushanba kuni Turkiyaga sanktsiyalar joriy qilib, undan Suriya shimolidagi harbiy agressiyani to‘xtatishni talab qildi». (Reyter, 2019 yil 15 oktyabr). Bu kabi bayonotlar adashtirish va chalg‘itishga qaratilgan. Aks holda, nega Tramp unga «yashil chiroq» yoqib berib, Erdogan operatsiyani davom ettiryapti, nega buning ortidan Tramp sanktsiyalar bilan tahdid qilib, operatsiyani to‘xtatishni talab qilyapti?! Demak, bu – Tramp tomonidan Erdoganga berilgan buyruq oxiriga etsagina to‘xtaydi! Sanktsiyalar esa, bu bir spektakldan boshqa narsa emas! Shunday qilib, Erdogan bu Tinchlik bulog‘ini Amerikaning buyrug‘i asosida olib boryapti va o‘ziga ruxsat berilgan chegaraga etgandan keyin uni to‘xtatadi. O‘zi biror narsaga ega bo‘ladimi yoki yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, Amerika rejasini bajarsa bo‘lgani. Uning rejasi esa, rejimni o‘zining nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga xalqaro va regional doirada e’tirof etilgan vujud sifatida kiritishdan iborat! Berilayotgan bayonotlar buni yaqqol ochiq-oydin ko‘rsatib turibdi: Seshanba kuni xalqaro koalitsiya «Suriya shimolidagi Manbij shahridan o‘z kuchlarini olib chiqib ketishni ta’kidladi. Bu haqda koalitsiyaga qarashli «Mustahkam qaror» amaliyoti matbuot kotibi Maylz B. Kaggins Tvitter sayti orqali ma’lum qildi». (Arabiy 21, 2019 yil 15 oktyabr).

«Suriya hukumati armiyasi Manbij va uning atrofidagi mintaqalarni to‘la nazorat ostiga oldi», deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida. (Frans 24, Frans Press, 2019 yil 15 oktyabr). Suriya armiyasining Manbijga kirishini Erdogan salbiy emas, ijobiy ish, deya baholadi! «Shuningdek, Erdogan Suriya armiyasining Manbijga kirishini salbiy emas, ijobiy baholadi». (Arabiyya, 2019 yil 16 oktyabr). AQSh vitse-prezidenti «yaqinda delegatsiyaga etakchi sifatida Turkiyaga safar qilajagi, AQSh prezidenti turkiyalik hamkasbi Erdogan bilan so‘zlashuv olib borib, undan Turkiyaning Suriyadagi agressiyasiga darhol barham berishini talab qilgani»ni ma’lum qildi. (G‘od, 2019 yil 15 oktyabr). Turkiyada chiqadigan «Jumhuriyat» gazetasi Turkiya Mudofaa vaziri Akarning «Anqara Suriya rejimi bilan aloqa o‘rnatish yo‘llarini muhokama qilmoqda», degan bayonotini nashr qildi. (Arabiy 21, 2019 yil 15 oktyabr). Moskvaning ta’kidlashicha «Turkiyaning Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlashi ortidan Damashq bilan Anqara hukumatlari to‘xtovsiz muloqot olib bormoqdalar. ((Petra) Ammun axborot agentligi, 2019 yil 15 oktyabr). Shu tarzda Tinchlik bulog‘i operatsiyasi rejimga yangi-yangi yutuqlarni keltirib, vujudini mustahkamlamoqda, u bilan muzokara o‘tkazishga zamin yaratmoqda. Ushbu mash’um hujumlar qilinmaganda edi, bularning barchasi amalga oshmagan bo‘lar edi!

Bularning barchasidan Suriya ahli berayotgan qurbonliklar, daryo bo‘lib oqayotgan qonlari, toptalayotgan nomuslari hamda malaylar, gumashtalar va qo‘g‘irchoqlarning… jinoyatlari ko‘rinmoqda… Bunday ayanchli ishlar ayni jinoyatchilar uchun arzimas, e’tiborsiz narsadir. Chunki ular uchun Amerika va uning rejalari muhim! Ularga Allohning la’nati bo‘lsin, naqadar adashishmoqdalar-a! Ular bu nopok qilmishlari yordamida Shom ahlini yana mustamlakachi kofirlar malayi bo‘lgan tog‘utlar qo‘yniga kiritib beramiz, deb o‘ylashyapti. Biroq bu o‘y, xolos. Allohning izni ila, bu niyatlari teskari bo‘lib chiqadi, hech narsaga erishisholmaydi. Gap shundaki, qo‘zg‘algan Shom ahlining Alloh uchun, Alloh uchun, degan nidolari haq bo‘lib, albatta davom etadi… Mashaqqatlar ularning ustidan aslo g‘olib kelolmaydi, aksincha, kuchlariga kuch bag‘ishlaydi, Allohning izni ila, sirotul mustaqimda bardavom bo‘lib, anavi zolim itoatgo‘ylardan hargiz g‘aflatda qolmaydilar, taslim bo‘layotgan qo‘rqoqlar kabi aslo o‘tirib qolmaydilar. Yo‘q, ular haqiqiy er kishilari bo‘lib, qiyinchilikda ham, engillikda ham o‘zlari bilan Alloh borligini biladilar… Ular tog‘utlarni o‘zgartirib, Allohning roshid Xalifalik hukmini barpo etishdan to‘xtamasliklari uchun ularga kuch bag‘ishlovchi energiya bor, u ham bo‘lsa, Alloh Subhanahuning Kitobi, Rosuli ﷺ va ashoblarining siyratidir. Dunyo tor bo‘lib ketgani sari, siyrat ularga har bir torlikdan so‘ng albatta kenglik bo‘lishini eslatib turibdi, Amerika va uning gumashtalari g‘alaba biz tomonda, deyishgani sari, ish ular o‘ylagandek oson emasligini tushunib etishyapti, tushunib etishgani sari ishlari chappasiga ketyapti, teskari-ziddiyatli bayonotlar berishyapti! Kim ishlar oqimini tadabbur qilsa, bunda ajoyib dars borligiga guvoh bo‘ladi. Masalan, Suriyada xalqaro kurash deyarli yo‘q. Regional va mahalliy kurash ham. Chunki hamma narsaga Amerika hukmron. Biroq Suriyadagi boshqaruv shaklini belgilash va o‘n yildan beri nufuzini o‘rnatib, kuchlari va malaylarini safarbar qilish Amerikaning qo‘lidan kelmadi, hali ham shunday! Mana shularni fikrlab ko‘rgan kishi shuni anglab etadiki, botil – bir ozdan keyin bo‘lsa ham – mag‘lub bo‘lmay qolmaydi, hatto bir safar tog‘utlar yutsa-da, keyingi safarlarda albatta mag‘lubiyatga uchrashyapti, chunki kunlar odamlar o‘rtasida aylanib-o‘zgarib turibdi.

Xulosa qilib aytganda, Hizb ut-Tahrir sizlarga chin dildan murojaat qilmoqda. U sizga yoqmagan narsani yomon ko‘ruvchi va sizni xursand qiladigan narsadan xursand bo‘luvchi dillari bilan hamda sizga to‘g‘ri yo‘lni nasihat qilib, unga yo‘llovchi tillari bilan nido qilmoqda. Bas, jangchi guruhlardagi va boshqa erlardagi farzandlaringizni, Erdogan va undan boshqalarga aldanib qolishlariga yo‘l qo‘ymang. Chunki haq nurlidir va u har bir ko‘zi ochiq insonga yaqqol ko‘rinib turibdi. Shu bois, tog‘ut rejimlarni o‘zgartirish uchun xolis va halollik bilan qilayotgan harakatingizni davom ettiring, biz Siz bilan, hatto sizning oldingi safingizdamiz. Ishoning, Alloh solih bandalariga bir oz vaqtdan keyin bo‘lsa ham albatta nusrat beradi.

إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ

«Biz payg‘ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir bo‘lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham albatta nusrat berurmiz» [G‘ofir 51]

Demak, nusrat faqat payg‘ambarlar uchungina emas, balki imon keltirganlar uchun hamdir. Shuningdek, nusrat faqat oxiratdagina emas, balki shu dunyoning o‘zida hamda guvohlar hozir bo‘lib turadigan kundadir.

إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْراً

«Alloh o‘z ishiga albatta etguvchidir (uning istagiga qarshi turuvchi kimsa yo‘q). Aniqki, Alloh har bir narsa uchun miqdor-o‘lchov qo‘yib qo‘ygandir» [Taloq 3]

Hizb ut-Tahrir

17 safar 1441h

                                                                                                                  16 oktyabr 2019m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.