Allohning shariatini hakam qilinmas ekan, hargiz tub o‘zgarish bo‘lmaydi

453
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Allohning shariatini hakam qilinmas ekan, hargiz tub o‘zgarish bo‘lmaydi

Musulmonlarni va butun insoniyatni faqat Alloh shariati qutqaradi

Dushanba kuni Hizb ut-Tahrir – Iroq viloyati matbuot bayonoti chiqardi. Bayonotda bunday deyiladi:

«Iroqqa bostirib kirgan Amerika yurtni idora qilish uchun bir guruh korruptsiyachilarni olib kelib, ularni partiyalar va politsiyachilardan iborat mafiya bilan mudofaa qildi.

Bu namoyishlar yangilik emas. O‘nlab yillardan beri norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Birin-ketin kelgan hukumatlar esa, miq etishgani yo‘q». Bayonotda qo‘shimcha qilindi:

«Musulmon yurtlaridagi muammolar hokimiyatni g‘arblik xo‘jayinlari loyihalarini amalga oshirish va yurtda buzg‘unchilikni keng tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan bir siqim yuvindixo‘r jinoyatchilar egallab olganining tabiiy natijasidir. Shu bilan birga, kapitalistik tuzumni eng iflos shakli bilan tatbiq etishning ham tabiiy mahsulidir». Bayonotda quyidagilar xulosa qilindi:

«Namoyishlarda badbo‘y kapitalistik tuzumning ta’mirlanishi emas, balki tub echimlar berilishi talab qilinmog‘i darkor. Shaxslarni o‘zgartirib qo‘yish, har kuni korruptsiyaning achchiq tajribalarini ko‘rsatyapti. Tub echim esa, to Alloh shariatini hakam qilinmas ekan, hargiz amalga oshmaydi, faqat ushbu shariatgina butun bashariyatni qutqaradi».

Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.