Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Qirg‘izistondagi taqvodor muslimalarni qo‘rqitishni bas qiling!» nomli kampaniya boshladi

275
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Qirg‘izistondagi taqvodor muslimalarni qo‘rqitishni bas qiling!» nomli kampaniya boshladi

2020 yil 27 iyunda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Norin rayonida sakkiz nafar muslimani Hizb ut-Tahrirga a’zolik ayblovi bilan qamoqqa oldi. Qamoqqa olingan ayollarning aksari yo kichik go‘daklarning onalari yoki keksa ota-onalarining xizmatini qilishga javobgar bo‘lgan ayollar edi. Xavfsizlik kuchlari muslimalar xonadonini sharmandali va tahqirlovchi usulda tintuv qilishdi, o‘zlarini tergov izolyatorida zax va ochlikda 6 soatdan 12 soatgacha ushlab turishdi.

Shubhasiz, bu qamoqqa olish mustabid ilmoniy qirg‘iz rejimining «terrorizmga qarshi kurash» degan yolg‘on niqob ostida olib borayotgan Islomga qarshi kurashining bir qismidir. Bu rejim shu orqali Rossiya va G‘arb hukumatlaridagi xo‘jayinlarining ko‘rsatmalariga bo‘ysunmoqda hamda bu yurtda Islomning uyg‘onishiga va Alloh Subhanahu va Taoloning tuzumi bo‘lmish Xalifalikning barpo etilishiga qarshi kurashyapti.

Qirg‘izistondagi taqvoli muslima ayollarga qarshi bunday jinoyat javobgarlikka tortilmasdan va dunyo nazaridan yashirin qolib ketishi mumkin emas. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti «Qirg‘izistondagi taqvodor muslimalarni qo‘rqitishni bas qiling!» nomli muhim bir kampaniya boshladi. Kampaniya, zolim qirg‘iz rejimini ushbu begunoh muslima ayollarni Qirg‘iziston zindonlaridan zudlik bilan ozod etishga hamda Islom Ummatining halol-pokiza qizlarini bostirishi va tahdid qilishini bas qilishga chaqirishga qaratilgan. Zero, Payg‘ambarimiz ﷺ bunday marhamat qiladilar:

«الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ، وَلَا يَخْذُلُهُ»

«Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm qilmaydi va uni yordamsiz tashlab qo‘ymaydi».

Roya gazetasining 2020 yil 26 avgust chorshanba kungi 301-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.