Pampeo dunyoga murojaat qilib, uyg‘urlarni Xitoyga topshirmaslikka chaqirdi

850
0

Pampeo dunyoga murojaat qilib, uyg‘urlarni Xitoyga topshirmaslikka chaqirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pampeo dunyo davlatlartiga murojaat qilib, uyg‘ur muhojirlarni Xitoyga topshirmaslikka chaqirar ekan, Pekin hukumati musulmonlarni repressiya qilayotganini ta’kidladi.

 “Men tiniqlik kiritmoqchiman, Xitoyni Shinjonda olib borayotgan repressiyasini “terrorizm”ga aloqasi yo‘q. Gap shundaki, Xitoy o‘z dunyoqarashiga qarshi bo‘lgan barcha dunyoqarashlarni yo‘q qilib yubormoqchi. Biz dunyo mamlakatlarini Xitoyni uyg‘urlarga qarshi repatriasiyasiga qarshilik ko‘rsatishga chaqiramiz” , dedi Pampeo.

Pampeo AQShda bo‘lib o‘tgan S5+1 anjumanidan so‘ng Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston bosh vazirlari oldida shu bayonot bilan chiqish qildi.

Tahlil:  Pampeoning bayonoti Xitoyga qarshi AQSh manfaatidan kelib chiqqan bayonotdir. Lekin shunday bo‘lganida ham, bu kabi chaqiriq va bayonotlar aslida biz musulmonlar va islomiy o‘lka rahbarlari tomonidan aytilib, amalda ijro bo‘lishi uchun bor imkoniyatlar sarflanishi kerak edi.

Xitoy Sharqiy Turkistonda musulmonlarni lagerlarga qamab, ularni e’tiqodlaridan voz kechishga majburlayapti. Buni ular “fuqorolarni qayta tarbiyalash amaliyoti” deya dunyoga e’lon qilishdi. Dunyoning ba’zi mamlakat yetakchilari, hatto Saudiya va Turkiya… singari islomiy mamlakat rahbarlari ham bu amaliyotni qo‘llab-quvatlashlarini va bu repressiya emas ekanini dunyo oldida ochiq e’lon qilishdi. Hozirda Rossiya Xitoydan ta’sirlanib, mehnat lagerlari qurib, noqonuniy migrantlarni u yerda majburiy mehnat bilan tarbiyaviy ishlar olib boryapti. Hindiston musulmonlarga qarshi Xitoy loihasi bo‘yicha tarbiyaviy lagerlar ocha boshladi. Xitoyga iqtisodiy va moliyaviy jihatdan bog‘lanib borayotgan Markaziy Osiyo davlatlari ham islomiy mabdaiy harakatga qarshi ular olib borayotgan kurash uslublari bilan tanisha boshlashdi. O‘tgan yili Qirg‘iziston IIV Xitoy vakillari bilan shu mavzuda tajriba almashishdi.

Xitoy yurtlarimizga bostirib kirib kelyapti! Iqtisodiy investisiya olib kirish bahonasida, moliyaviy qarz berish orqali mamlakatlarimizni o‘ziga toboro tobe’ qilib boryapti. Biz uni o‘z yurtida musulmonlarga qarshi repressiyasini to‘xtatib qolmasak, yurtlarimizda o‘z ta’sirlarini kuchaytirib olgach, o‘z yurtlarimizda ham bizga nisbatan repressiyani kuchaytirishga harakat qiladi.

Pampeoning Xitoyga qarshi bayonoti, aslida biz musulmonlarning dardimizga mos aytilgan so‘zlar xalos! Uning niyati o‘ziga havola, lekin biz Xitoy bosqinchiligiga va uni Islom va musulmonlarga qarshi kurash uslubi olamiy tus olishiga imkon qadar qarshi turishimiz kerak! Nafaqat Xitoyga, balki Falastindagi yahudiy vujudi zulmiga, Si si va boshqa zolim rejimlarga qo‘llov ko‘rsatib borayotgan olamiy boshqaruv sistemasi va xalqaro siyosatga ham qarshi kurashishimiz vojib.

Demak bu kurash biz musulmonlarning o‘z e’tiqodimiz va insoniyat ustida borayotgan zulmlarning oldini olish uchun olib borilayotgan kurashimizdir. Ba’zida kofir davlat yoki siyosiy shaxslar bilan maqsadimiz paralel kelib qolishi hech narsani o‘zgartirmaydi, bu bilan kurash ularniki bo‘lib qolmaydi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.