Tramp AQShda yangi favqulodda vaziyatni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda

691
0

Tramp AQShda yangi favqulodda vaziyatni eʼlon qilishni rejalashtirmoqda

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp yaqin orada AQShda yangi favqulodda vaziyat kiritilishini eʼlon qiladi. Bu Trampga Meksikadan import qilinuvchi mahsulotlarga boj toʻlovlarini oshirishga imkon beradi, deb yozmoqda “The Hill” nashri.

 “Vashington bir necha bor Mexikodan noqonuniy migratsiya uchun oʻz zimmasiga javobgarlikni olib, uni qisqartirishda yordam berishni soʻradi. Biroq qoʻshni davlat rahbariyati bu muammoni yumshatish uchun yetarlicha choralar qabul qilmadi”, deb asoslangan favqulodda vaziyat kiritilishi zarurligi.

 Tramp 10 iyundayoq Meksikadan olib kiriluvchi mahsulotlar uchun 5 foizlik boj toʻlovlarini kiritishi va ularni har oy oshirib borishi mumkin.

 Taʼkidlanishicha, 5 iyunda Tramp noqonuniy migratsiyani “jilovlash” uchun rasmiy Mexiko tomonidan “etarlicha” progress yoʻqligini aytgan. “Oq uyda Meksika vakillari bilan immigratsiya boʻyicha munozaralar yakunlandi. Progressga erishildi, biroq bu yetarlicha emas!”, deb yozgandi Tramp tvitterda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.