Sudandagi siyosiy kelishuv yurt muammolarini hal etmaydi, aksincha yanada murakkablashtiradi

488
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi siyosiy kelishuv yurt muammolarini hal etmaydi, aksincha yanada murakkablashtiradi

Ustoz Sulaymon Dasis

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi

viloyat majlisi aʼzosi

Afrikadan vositachi Muhammadhasan Labot Sudan Harbiy Kengashi bilan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari oʻrtasida konstitutsion deklaratsiyaga imzo chekilganini, bu narsa oʻtish davri bosqichida amal qilajagini eʼlon qildi. Labot 2019 yil 2 avgustda Sadoqat saroyida bergan va davlat televideniyesi namoyish qilgan matbuot konferentsiyasida Sudan, xalqaro va Afrika jamoatchiligiga “ikki tomon delegatsiyasi konstitutsion loyihaga toʻla kelishib olishgani”ni maʼlum qildi, ammo kelishuv tafsilotini ochiqlamadi. U yana “tomonlar hujjatning imzolanishi uchun texnik ishlarni tayyorlashayotganini” qoʻshimcha qildi. Televideniyeda taʼkidlanishicha, tomonlar “Inqilob fronti bilan imzolangan tinchlik hujjatini muhokama qilishga kirishishgan”. Ilgari Addis-Abebada Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan uch nafar qurolli harakat oʻrtasida bitim imzolangan edi. Shundan soʻng Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari tomonidan “birinchi qadam, deya baholangan ayni deklaratsiyani olqishlab odamlar namoyish qilishdi.

Darhaqiqat, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari xalq harakati boshlangandan beri fuqarolik davlati mafkurasini tiqishtirib kelishdi. Ular bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali katta targʻibot ishlarini olib borishdi… Shuningdek, ular odamlar oldiga faqat ikki variantdan birini qoʻyishdi, uchinchisining qoʻyilishiga yoʻl berishmadi: yo mustabid zolim harbiy boshqaruv yoki “fuqarolik” boshqaruvi. Ularning daʼvo qilishicha, “fuqarolik” boshqaruvi diktatorlikka, ovozlarni boʻgʻishga, yakka shaxsning mustabidligiga qarshi kurashadi va odamlarga erkinlik berib boshqaruvni koʻpchilikka beradi. Ommaviy axborot vositalarida mana shunday targʻibot qilishdi. Biroq ular odamlarni bu fuqaroviy davlat Islomga zid kelmaydi, u ilmoniylik emas, deya aldashdi!! Odamlar hatto qutulish yoʻli va siyosiy va iqtisodiy taranglikdan xalos qiluvchi chambarak mana shu, deb hisoblaydigan boʻlishdi. Ayniqsa, Harbiy Kengashning qurolsiz namoyishchilarga qarshi zoʻravonlik qilganligi Ozodlik va Oʻzgarish kuchlariga qoʻshimcha bahona boʻldi. Haqiqatdan ham, ayni Harbiy Kengashning qilmishlari aynan eski rejim qilmishlaridan boʻlyapti. Bu esa, Harbiy Kengashning eski rejim davomchisi ekaniga hech shubha qoldirmaydi. Shuning uchun bunday qorongʻi muhit fuqarolik davlati qurish fikrining tiqishtirilishiga tayyor qoʻl keldi, afkori omma paydo qilinib, tez orada odamlar shu fikrga qiziqtirildi.

Bu va boshqa barcha omillar xalq harakati oqimini oʻzgartirib, uni qoʻzgʻolon boshlangan paytda qoʻzgʻolonchilarda mavjud boʻlmagan narsaga va “Etar endi, rejim agʻdarilsin” kabi talablardan boshqa loyihalar tomonga burib yubordi. Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari va boshqa siyosiy partiyalar qoʻzgʻolon toʻlqinini jilovlashni, uning gʻoyasini butunlay boshqa yutuq tomonga yoʻnaltirishni uddasidan chiqishdi. Bu shunday yutuq ediki, ayni muzokara va bitimlarga yetakchilik qilayotgan partiya va siyosatchilarning oʻzlari ham “demokratik” fikrlari bilan shunday yutuqqa erishamiz, shu yoʻl bilan hokimiyat kursilariga oʻtiramiz, deb oʻylashmagan edi. Chunki ulardagi bu fikr odamlar aqidasiga va mabdaiga mutlaqo zid edi, bu fikrlarni ochiq aytisha olmasdi.

Shu yerda qator tabiiy savollar tugʻiladi: Haqiqatdan ham xalq Ozodlik va Oʻzgarish kuchlarini qabul qildimi yoki bu yozda quyosh yuzini bir dafʼa toʻsib, zumda tarqab ketadigan oʻtkinchi bulut xolosmi?! Zero, kechagi rejim odamlarni osongina laqillatib, uzoq yillab faqat Islom shiorlarini koʻtarib keldi… Shuning uchun odamlar zulm va tugʻyonga qarshi ongsiz ravishda qoʻzgʻalib – Xalifalik yoʻq bir zamonda – yelkamga minib olgan repressiv boshqaruvdan qutulsam boʻldi, degan fikrga mahkam yopishib oldi. Xoʻsh, bu kelishuv Sudan ahlining biror muammosini yechadimi?! Hokimiyatga harbiy emas, fuqaroviy shaxslar chiqishining oʻzi bilan Sudandagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy kabi barcha inqirozlar bartaraf boʻladimi?!

Bu savollarga javob berishdan oldin, ayni kelishuvga qay burchakdan qarash kerakligini, taklif qilingan konstitutsion deklaratsiyani qanday oʻlchash lozimligini bilib olmogʻimiz kerak. Shu bilan birga, kelishuv qanday muhitda oʻtganini hamda ikki tomonning muzokarasiga asos boʻlgan manba nima ekanini ham unutmaylik. Shunday qilib, Allohning tavfiqi ila, bunday deymiz:

1 –          Harbiy Kengash qudratga kelgan kundan boshlab yer yuzida buzgʻunchilik qilish, zulm tarqatib, Alloh nozil qilmagan narsalar bilan hukm yuritishdan boshqa narsani bilmadi. Vaholanki, Alloh Subhanahu bunday demoqda:

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimdirlar” [Moida 45]

Rosululloh ﷺ

“وَإِنَّهَا أَمَانَةُ وَإِنَّهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ إِلَّا مَنْ أَخَذَهَا بِحَقِّهَا وَأَدَّى الَّذِي عَلَيْهِ فِيهَا”

“Bu bir omonatdir, u qiyomat kunida rasvolik va nadomatdir. Faqat uni haqli ravishda zimmasiga olgan va oʻsha zimmasidagi masʼuliyatni ado eta bilgan kishigina bundan mustasno”, dedilar. Demak, kishi hokimiyatda bir kun yo ikki kun hukm yuritsa ham, zimmasidagini haqli ravishda ado etishi kerak, yaʼni Alloh nozil qilgan hukmga muvofiq hukm yuritishi shart.

2 –          Harbiy Kengash yurt muammolarini hal qilishga bir kun ham harakat qilmadi. Bunga uning sobiq rejim yoʻlini tutgani, namoyishchilarni tiz choʻktirish maqsadida ularga qarata jangovar qurollardan oʻt ochdi. Uning yuzlab kishini oʻldirgani ochiq koʻrinib turibdi. Bu stsenariy Sudan gʻarbidagi Abyaz shahrida oxirigacha davom etdi va u yerda qurolsiz talabalar oʻldirildi. Keyin Ummu Doʻrmon shahri hodisalari boʻldi. Oʻz xalqini oʻldirgan kimsa ham hokim boʻladimi, axir, Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

“وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، لَقَتْلُ مُؤْمِنٍ أَعْظَمُ عِنْدَ اللهِ مِنْ زَوَالِ الدُّنْيَا”

“Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan Robbim haqqi, bitta moʻminni nohaq oʻldirish, Alloh nazdida butun dunyoni vayron etishdan ham ogʻirdir”.

3 –          Harbiy Kengash amerikalik xoʻjayinlari rozi boʻladigan yoʻldan ketyapti… U esa uni Saudiya va Misr qoʻliga topshirib qoʻygan, Amerika oʻshalar orqali qanday buyruq bersa, oʻshani qilyapti. Bunga uning AQShning Sudandagi muvaqqat vakili, AQSh Tashqi ishlar vazirligining Sudandagi maxsus vakili Donalьd But bilan uchrashib, yurtdagi siyosat strelkani Amerika tomonga burganligi yaqqol misol boʻla oladi.

Ozodlik va Oʻzgarish kuchlariga kelsak, ular ham muammolarimizga Islom asosida biror yechim taklif qilishgani yoʻq. Ularda Sudan muammolarini yechish uchun biror printsipial tasavvurning oʻzi yoʻq. Aksincha, faqat kapitalistlar nuqtai nazari boʻyicha fikr yuritishayotganini koʻryapmiz. Narsalarga ayni kapitalistik nazariya asosida qarashlari sababli Gʻarb tuzogʻiga ilinib qolishdi. Oqibatda esa, qoʻzgʻolon muvozanatni yoʻqotdi, harakat va kurashi bilan Bashirni agʻdara olgan yoʻlidan chetga chiqib, kontrrevolyutsiyaga aylandi va eski rejimni qaytarib olib keldi. Sudan ahli yana oʻsha zolim boshqaruv ostida qoldi. Bugun Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari taklif qilayotgan narsa, sobiq hukumat qolipini qayta quyish va yangi shaxslar olib kelib, yana eski vazifalarni bajarishdan boshqa narsa emas.

Shuningdek, ular dushmanga qarshi ikkinchi dushman bilan kurashishyapti hamda oʻz aka-ukalariga qarshi dushman bilan birgalikda jang qilishyapti… Ular zulmu zulmatga qarshi kurashish bilan yanada zulmat va zolimlarni olib kelishyapti. Harbiy Kengash tatbiq qilayotgan ilmoniylikka qarshi kurashib, oʻrniga oʻzlari tatbiq qilayotgan ilmoniylikni olib kelishyapti. Bizni amerikaliklarga doʻst harbiylar qoʻlidan qutqarib, yevropaliklarga doʻst kuchlarga topshirishyapti. Demak, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari ham bir goʻr va bunga misol uchun ularning Britaniya elchisi bilan oʻtirib, soʻzlarini tinglashganining oʻzi kifoya. Vaholanki, inglizlar yoʻli ham amerikaliklar yoʻli bilan bir xil, farq qilmaydi!

Shu bilan birga, bu Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari Harbiy Kengash bilan oʻtirib olib, bir-birlari bilan hiringlashib, muzokaralar oʻtkazishyapti. Ular bizning manfaatimiz uchun emas, aksincha, faqat oyoqlari moʻrt kursilar uchun, mana shu yogʻli mansablarga soʻlaklari oqayotgani uchun oʻzaro muzokara qilishmoqda!

Bas, unisida ham, bunisida ham hech qanday yaxshilik yoʻq. Chunki Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari ham, Harbiy Kengash ham

الَّذِينَ جَعَلُوا الْقُرْآنَ عِضِينَ

“Qurʼonni boʻlak-boʻlak qilishdi (baʼzisini olib, qolganini tark etishdi)” [Hijr 91]

Yechimlarni Qurʼoni Karimdan olishmadi, muzokaralariga vahini asos qilishmadi, amal va pozitsiyalarini halol va harom asosida oʻlchashmadi, bir-birlari bilan talashib-tortishishganda quyidagi oyatda aytilganidek ish tutishmadi:

فَإِنْ تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِنْ كُنْتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً

“Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, – agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz – u narsani Allohga va Rosuliga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir” [Niso 59]

Yoʻq, ular Alloh va Rosuliga murojaat qilish oʻrniga, Efiopiya va Afrika Ittifoqiga, yaʼni, ularning ortidagi AQShga murojaat qilishdi.

Ammo yechim roshid Xalifalik davlatida gavdalanuvchi Islomdadir.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.