Hindiston bosh vazirining tashrifiga qarshi namoyishlarda o‘nlab odam o‘ldi va yaralandi

135
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hindiston bosh vazirining tashrifiga qarshi namoyishlarda o‘nlab odam o‘ldi va yaralandi

Juma kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Bangladeshga kelganiga norozilik sifatida o‘tkazilgan namoyishlarda politsiya bilan namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berib, to‘rt nafar namoyishchi halok bo‘ldi, o‘nlabi jarohatlandi. Modi juma kuni uning tashrifiga qarshi noroziliklar manzarasida Bangladesh poytaxti Dakkaga etib kelgandi. Modi o‘zining ikki kun davom etgan bu safarini Bangladesh bilan Pokiston o‘rtasida bo‘lgan qonli urushning 50-yilida amalga oshirmoqda. To‘qqiz oy davom etgan bu urush Hindiston Bangladeshni Pokistondan ajratib chiqarish uchun aralashganidan keyin minglab odamlarning o‘limi bilan yakunlangan edi.

Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu xoin Hasina o‘z hukumatining Alloh, Rosuli va mo‘minlarga dushman ekanini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning zo‘ravon xavfsizlik xizmati ham xalqimizga tahdid qilib, Modining kelishiga qarshi o‘tkazilgan mitinglarni bostirdi!».

Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:

«Ajablanarli tomoni shundaki, Hasina Ummat suverenitetiga dushmanlik qilgan Modining kelishiga norozilik bildirgan odamlarni qamash bilan tahdid qila turib, yana ulardan «mustaqillik» kunini bayram qilib nishonlashni talab qilmoqda!…

Bangladeshda Hindistonga sovg‘a qilinmagan strategik nozik resurslar, infratuzilmalar va sanoat boyliklari qolmadi, hammasi Hindistonning mintaqadagi istaklarini mustahkamlashga xizmat qildi. Bangladesh Milliy partiyasining Modi safariga nisbatan sukut qilayotgani ham biz uchun kutilmagan hol emas. Chunki bu partiya ham, Bxaratiya Janata partiyasi ham AQShga malay partiyalardir. Amerika Hindistonni qo‘llab-quvvatlash orqali ikkala partiyadan o‘zining Xitoyga va Xalifalikka qarshi rejasida foydalanmoqchi».

Bayonot so‘nggida musulmonlarga qarata bunday deyildi:

«Biz mushrik Hindiston davlatining dushmanligi va hukmronligiga qarshi kurashish va butun Hindiston yarim orolini Islom boshqaruvi va adolati soyasiga kiritish uchun, Rosululloh ﷺ bashorat qilgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga shoshilmog‘imiz darkor».

Roya gazetasining 2021 yil 31 mart chorshanba kungi 332-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.