Hokimiyatni mutlaq Robbul olaminga berilishini talab qilishdan sizni nima toʻsyapti?!

425
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey moʻminlar!

Hokimiyatni mutlaq Robbul olaminga berilishini talab qilishdan sizni nima toʻsyapti?!

Ustoz Gʻoda Muhammad Hamdiy xonim

Musulmonlar bugun hokimiyatning tushunmaydigan jarchisi, anglamaydigan adashtiruvchisi, quloq solmaydigan aldovchisi, toʻymaydigan mansabparasti oʻrtasida qoldilar. Butun Ummatning ahvoli shunday. Har safar siyosiy rahbariyatga mana shu kimsalar chiqib olib, odamlar taqdiri ustidan hukm qilishganda buning ogʻir badalini Ummat toʻlamoqda. Odamlar hech fikrlamay, shu rahbarlarga ergashib ketishyapti. Chunki soddalik va yuzakilik sogʻlom ong va donolik oʻrnini egallab olgan. Ummat taqdiriga oid masalalarda sharʼiy masʼuliyat his etilmay qoldi. Buning boisi, musulmonlar hanuz Gʻarbning mafkuraviy kurashi taʼsiridan aziyat chekmoqdalar. Axir, bu kurash oʻtgan asrdan buyon musulmonlarning fikrlarini mustamlaka qilib keldi va kofir Gʻarbning saqofiy fikrlari uni bulgʻadi. Shuningdek, aql va qalblardan Islomning fikrlari, aqidasi va sof tushunchalarini uzoqlashtirdi. Zotan, ushbu sof tushunchalar musulmonlarni sogʻlom tarzda fikrlaydigan qilib, buyuk dinimizni Alloh Subhanahu istaganidek keng qamrovli hayotiy tuzum sifatida oʻrganadigan kishilarga aylantiradi. Masalan, Islomda siyosat ishlarni boshqarmoqdir, shuningdek, insonlar oʻrtasida adolat oʻrnatmoq, haq-huquq va vazifalarni hamda keskin maʼlum sharʼiy masʼuliyatlarni ado etmoqdir. Kim ushbu siyosatda eʼtiborsizlik qilsa, albatta hisob beradi. Chunki Alloh Subhanahu va Taoloning mutlaq hokimiyatiga, shariati va rizosi ustuvorligiga hukmdor ham, fuqaro ham boʻysunadi.

Bugungi kunda yer yuzining gʻarbu sharqida va shimolu janubidagi islomiy yurtlarda Ummat boshdan kechirayotgan bu ahvolga sabab, musulmonlarning ilmoniy rahbarlarga ergashishayotganidir. Holbuki, bu rahbarlar badboʻyligi bilan burunlarni achitadigan darajada munofiqlik va manfaatparastlik qilishyapti, mustamlakachi kofir Gʻarb qayoqqa yetaklasa oʻsha yoqqa yurishyapti, siyosat deganda taxt talashish, togʻutlarni rozi qilishga shoshilish va oʻzaro hokimiyatni boʻlishib olishdan boshqa narsani bilishmayapti. Bu – xususan, qoʻzgʻolon boshlanganidan va oʻgʻirlanganidan keyin – hammaga oydek maʼlum boʻlib qoldi. Qoʻzgʻolon avj olgani hamda shahidlar soni koʻpayib, pokiza qonlar toʻkilgani sari, Amerika va Gʻarb davlatlari qoʻzgʻolonni jilovlab oldi. Buni “qoʻzgʻolonchi xalq vakillari” bilan “razil rejim rasmiylari” oʻrtasida soxta muzokara va kelishuvlar olib borish orqali amalga oshirdi… Rejim ilgari qanday boʻlsa, yana Gʻarb bagʻriga qaytdi! Ushbu musulmon yurtlaridagi qoʻzgʻolon esa, goʻyo darvozalardan chiqib, tuynuklardan qaytib kirgandek boʻldi va odamlar qoʻzgʻolon amaliyotining omadsizligidan hafsalalari pir boʻla boshladi! Vaholanki, oʻz qoʻzgʻolonlariga eʼtiborsiz qarab, hurriyat, degan dastak bilan ilmoniy fuqarolik davlati va qonun davlati kabi nodiniy atamalarni qabul qilgan mana shu odamlarning oʻzi boʻldi. Aslida esa, hurriyat, degan narsa buzuqlik va fahshning keng yoyilishini anglatadi… Xavfsizlik, degan narsa odamlarni bostirish va zoʻravonlik bilan hukm yuritishni anglatdi… Adolat, degan narsa, Gʻarb demokratiyasini va omadsiz kapitalizmini tatbiq qilib, inson oʻylab topgan qonun bilan zulm va zoʻrlik qilish boʻlib qoldi… Holbuki, butun bashariyatni baxti qaro qilgan, odamlarni buzgan, shahvat ortidan chopib, nafsini qondirishdan boshqa narsani bilmaydigan kimsalarga aylantirgan, Islomni faqat ibodatlarga cheklab qoʻygan mana shu kapitalizmdir. Shubhasiz, kofirlar oʻylab topgan bu tuzum sababli odamlar zalolatga kirishdi, baʼzilari imondan koʻra kufrga yaqinroq boʻlib qolishdi!

Mana shunday dahshatli hodisalar manzarasida haqni baralla hayqiruvchi ongli ovozlar yangradi. Hukmron rejimlar bu ovozlarga qarshi turdi, ommaviy axborot vositalari goʻyo eshitmaganga oldi, odamlarga yetib bormasligi, odamlar uni eshitib, kufr, zulm va nifoq ahli botqogʻidan qutulishmasligi uchun bu ovozlar yashirildi. Bu xolis insonlar ovozi edi. Hizb ut-Tahrirning daʼvat etuvchilari ham shular jumlasidan boʻlib, ular Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarishga daʼvat qilishda davom etdilar, mashaqqatlar oldida sabr qilib, Islom yoʻlida goʻyo igna bilan quduq qazimoqdalar, ulkan qurbonliklar bermoqdalar… Va nihoyat, ular bilan Ummat oʻrtasida darvozalar ochilib, uni uyqudan uygʻota boshladilar… Ular musulmonlar davlatini, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga harakat qilayotgan siyosiy kishilardir. Musulmonlarni halok qilish, nomuslarini toptash, qashshoqlashtirish, yurtlarini bosib olib, boyliklarini talon-toroj qilish maqsadida ularga qarshi toʻqilayotgan siyosiy, fikriy, iqtisodiy va ijtimoiy til biriktiruvlarni, eng muhimi, ularga qarshi fitna qilinayotganini Hizb aʼzolari ochib bermoqdalar. Shuningdek, bu fitnalar musulmonlarni diniy savodsiz, islomiy saqofatdan uzoq, kufr hayoti bilan yashaydigan hamda barcha hayotiy sohalarda kofirning hukmronligi ostida qoladigan kimsalarga aylantirishga qaratilganini fosh qilib bermoqdalar.

Bu noinsoflikdir, unga na borliq qonunlari rozi boʻladi, na rabboniy nizom. Chunki Islom hukmron boʻlish va botilni haq bilan magʻlub qilib, uni yoʻq qilish, unga hukm oʻtkazish uchun kelgan, aksincha emas! Shuning uchun bunday insofsizlikka rozi boʻlinmaydi. Musulmonlar Allohning oyatlarini, Rosuli ﷺning soʻzlarini ularga eslatayotgan va haqni aytayotganlarga quloq solmoqlari hamda ularni oʻzlariga yetakchi va rasmiy notiq qilib olmoqlari kerak.

Ummat munofiqlar tuzogʻidan, zolimlar terroridan faqat shu yoʻl bilan qutuladi. U mazkur solihlar tomonga oʻtib, zolimlar dasturxonini koʻtarib solmogʻi, insofni qaror toptirmogʻi, zimmasidagi sharʼiy oʻzgartirish javobgarligini koʻtarmogʻi, Islom va uning tuzumi tatbiq etilishini hamda uni barcha kufr aralashmalaridan tozalanib musaffo boʻlishini talab qilmogʻi darkor. Buning uchun har bir masalada sharʼiy hukmga amal qilmogʻi hamda hukmdorlardan hisob talab qilish farzini ado etmogʻi lozim. Rosululloh ﷺ odamlarning taqdiriy masalalarini hal etish uchun ularning voqeligini oʻzgartirishga gʻoyat jiddiy harakat qilganlari kabi, munkardan qaytarib, maʼrufga buyurmogʻi lozim. Musulmonlar mana shu burchlarini ado etmasalar, qattiq azobga duchor boʻladilar. Haqdan yuz oʻgirganlari uchun Alloh ularning aql va qalblarini muhrlab qoʻyadi… kufr rejimiga itoat qilishda, zolimlarga tayanishda davom etganlari hamda Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritilmaganiga sukut qilganlari, Islom Ummati muammolariga islomiy aqida asosida real yechimlar berish sari borayotgan toʻgʻri yoʻldan ozgani sababli shunday boʻladi. Alloh Subhanahu bunday degan:

أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَى سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَى بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَنْ يَهْدِيهِ مِنْ بَعْدِ اللَّهِ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

“(Ey Muhammad), havoyi nafsini oʻziga “iloh” qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yoʻldan ozdirib, quloq va koʻnglini muhrlab, koʻz oldiga parda tortib qoʻygan kimsani koʻrganmisiz? Bas, uni Alloh (yoʻldan ozdirgani)dan soʻng kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!” [Josiya 23]

Alloh Taolo yana bunday degan:

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِآيَاتِ رَبِّهِ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِيَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَى قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِي آذَانِهِمْ وَقْرًا وَإِن تَدْعُهُمْ إِلَى الْهُدَى فَلَنْ يَهْتَدُوا إِذًا أَبَدًا

“Parvardigorining oyatlari bilan pand-nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan, oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Darhaqiqat, Biz (Qurʼonni) anglamasliklari uchun ularning dillarini pardalab, quloqlarini ogʻir qilib qoʻydik. Demak, agar siz ularni hidoyat-haq yoʻlga chaqirsangiz ham hargiz hidoyat topmaslar”          [Kahf 57]

Alloh Taoloning josiya 23dagi kalomi tafsirida bunday deyiladi: Bu oyatda oyat va hujjatlarini eslatib, shu orqali rushdi hidoyat yoʻliga yetaklab-koʻrsatib qoʻygan zotdan yuz oʻgirib, nooʻrin toʻsqinlik qiladigan, halokatdan qutulishiga sababchi boʻluvchi oyat va dalillaridan yuz burgan har qanday inson aytilmoqda. وَنَسِيَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ oyatida mana shu inson ilgari qilgan halokatli gunohlarni unutib, ular uchun tavba qilmadi, nadomat chekmadi. Bizga Bishr Yaziddan, u Saiddan, u Qatodadan rivoyat qiladiki, وَنَسِيَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ degani oʻtgan gunohlar, demakdir. إِنَّا جَعَلْنَا عَلَى قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَنْ يَفْقَهُوهُ   oyatida zikri oliy boʻlmish zot – Bizning oyatlarimiz bilan eslatilgan kimsalar eslatmalardan yuz oʻgirsalar, undaylarning dillarini Biz tushunmaydigan qilib pardalab qoʻydik, demoqda, chunki أن يفقهواning maʼnosi eslatilgan, demakdir. وَفِي آذَانِهِمْ وَقْراً degani eshitmasliklari uchun quloqlari ogʻir qilib qoʻyiladi, deganidir. وَإِنْ تَدْعُهُمْ إِلَى الْهُدَى degan kalomida esa, zikri oliy boʻlgan zot Oʻzining Nabiysi Muhammad ﷺga – ey Muhammad, agar haq yoʻl va Allohga imonda qoim boʻlishi uchun Biz Oʻz oyatlarimizni eslatsak ham, ular bundan yuz oʻgirib ketsa, u holda, فَلَنْ يَهْتَدُوا إِذاً أَبَداً ular hargiz hidoyat topmaslar, yaʼni, hech qachon haq ustida turishmaydi va bu chaqirigʻingizga aslo imon keltirishmaydi, negaki Alloh ularning dillari, quloqlari va koʻzlarini muhrlab qoʻygan, demoqda. (Taʼbariy tafsiri).

Musulmon ulamolar bilan oddiy musulmonlar xolis insonlar daʼvatiga hech ikkilanmay, qoʻrqmay, erinmay yordam bermoqlari va ularning safida turib, baralla gapirmoqlari kerak. Bularning daʼvatiga armiyalardagi kuch-qudrat ahli nusrat-yordam bermoqlari, Allohning kalimasini ustun qilish va togʻutlar boshqaruvini agʻdarish uchun ular bilan birga harakat qilmoqlari lozim. Shunday qilinsa, Ummat yetib kelgan ish mukammal boʻladi. Yaʼni qoʻzgʻolonlar ortidan bugun Ummatning ongli ravishda qilayotgan talablari takomillashadi hamda yaxlit inqilobiy oʻzgarish va kufr fikrlaridan butunlay qutulish bilan haqiqiy muvaffaqiyat roʻyobga chiqadi. Shuning uchun mustamlakachi kofir Gʻarbning Ummatni boʻlib tashlagan millatchiligidir hamda siyosat, iqtisod, axborot va musulmon yurtlarida tatbiq qilinayotgan qonun va dasturlari boʻyicha hukmronligidan qutulmoq lozim. Bu esa, boshqaruvni Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritadigan va Rosuli ﷺ yoʻlini tutadigan kishilar qoʻliga berish bilan boʻladi. Chunki manba ham Islom, musulmonlarni birlashtirib, xoinlar harakatini puchga chiqaradigan ham Islom aqidasidir. Alloh Taolo bunday dedi:

إِنَّا أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللَّهُ وَلاَ تَكُنْ لِلْخَائِنِينَ خَصِيمًا

“Albatta, Biz sizga ushbu haq kitobni odamlar orasida Alloh qoʻrsatgan yoʻl bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik, siz xoinlarni himoya qilguvchi boʻlmang” [Niso 105]

Alloh shariatiga amal qilish, uning tatbiq etilishini talab qilish fundamentalizm ham, ekstremizm ham, terrorizm ham emas. Bilʼaks, bu zolim-zoʻravon boshqaruvi ortidan yer yuzida hukmron boʻluvchi Xalifalik uchun qilinadigan faoliyatdir. Zotan, ushbu zoʻravon rejimlarning qulashiga yaqin qoldi, ammo munofiqlar, kofirlar, qoʻzgʻolonning oʻgʻri va sotqinlari ularni jonlantirib turibdi!

Imom Ahmad Noʻmon ibn Bashir dan rivoyat qiladiki, Rosululloh ﷺ bunday marhamat qildilar:

“تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ”

“Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha paygʻambarlik davom etadi. Soʻng Alloh xohlagan paytda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosida Xalifalik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng raiyatiga zulm va adolatsizliklar yetadigan podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi. Keyin Paygʻambar  sukutga choʻmdilar”. (Imom Ahmad rivoyati).

Ey moʻminlar!

Hokimiyatni paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida mutlaq Robbul olaminga berilishini talab qilmayapsiz, bundan sizni nima toʻsyapti?! Axir, ushbu davlat ishlaringizni gʻamxoʻrlik bilan boshqarib, aqidangizni himoya qiladi hamda Islom mafkurasi va ongi yordamida sizni rivojlantiradi, bu bilan sizdan Robbul olamin rozi boʻladi va siz ikki dunyo saodatiga erishasiz?!

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.