“Bilim kuni” munosabati bilan

544
0

“Bilim kuni” munosabati bilan

 Har yili “bilim kuni” nishonlanib, Qirg`iziston hukumati taʼlim va tarbiya sohasida yil sayin turli yutuqlarga erishilayotganini aytib keladi. Aslida farzandlarimiz qanday sifatda bilimli boʻlib, qay darajada munosib tarbiya olayotgani ijtimoiy hayotimizda namoyon boʻlib turibdi. Agar biz oʻzimizni-oʻzimiz aldamay, haqiqatga tik qarasak, ijtimoiy hayotda xalqimiz ilmsizlik zulmatiga gʻarq boʻlib, buzuq tarbiya maydonida tentirab yurganini koʻramiz.

 Farzandlarimiz oʻquv yurtlaridan taʼlim va tarbiya olib chiqishadi. Birinchi taʼlim jihatiga toʻxtalsak, bunda farzandlarimizga ilm, fan va saqofat oʻqitiladi, yaʼni farzandlarimiz shular boʻyicha bilim olishadi (aytib oʻtish lozimki, bunda bugungi kundagi lugʻatlarning adashtiruvchi tasniflariga suyanganimiz yoʻq).

 Avvalo, Qirgʻizistonda farzandlarimiz qanday bilim olishmoqda, shuni aytib oʻtamiz. Ilm bu – ilmiy tajriba xulosalari asosida shakllantirilgan bilimlar toʻplami. Bunga fizika, kimyo, meditsina, eletronika va shu kabilar kiradi. Ilmning bu tarmogʻida Qirgʻizistondan olamiy ilmga xissa qoʻshadigan, yangi ilmiy kashfiyotlar qiladigan olimlar chiqmaydi. Chunki, oʻquv yurtlarimizda shunday darajada ilmiy taʼlim berilmaydi. Tasodifan bir-ikki iqtidorlilar chiqib qolsa, u holda ular ilmiy tadqiqotlarini imperialistik davlatlarda davom ettirishga majbur boʻlishadi. Sababi, bizning “uchinchi olam davlatlari” bunday tadqiqotlarni moliyaviyy taʼminlay olmaydi. Shu sababli iqtidorli olimlar chet mamlakatlarga ketadi hamda borgan mamlakatining ilmiy rivojlanishiga xissa qoʻshadi.

 Hayotimizda ilmdan tashqari, hayotiy tajribalar xulosalariga asoslangan bilimlar majmuasi ham bor. Bu “fan” deb ataladi. Bunga psixologiya, geometriya, mashinosozlik, arxitektura va boshqalar kiradi. Modomiki, bizda ilmiy kashfiyotlar qiladigan olimlar chiqmas ekan, demak, tabiiy ravishda ilmiy kashfiyotlardan foydalanish orqali fanni rivojlantiradigan ixtirochilar ham chiqmaydi. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʻyicha qoʻmitasi bizning mamlakatni agrar (qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan) davlat deb hukm chiqarib qoʻyganligidan biz bunday ixtirolar orqali mashinasozlik kabi ogʻir sanoatni qurish huquqiga ega emasmiz. Shuningdek, oʻquv yurtlarmizda ham bunga olib boradigan taʼlim berilmaydi. BMT buni YuNESKO orqali nazorat qiladi.

 Endi saqofatga keladigan boʻlsak, biror mafkuraga taalluqli bilimlar – saqofat deb ataladi. Saqofatga shu mafkuraning tarixi, adabiyoti, tili va qonunlari kiradi. Bu boʻyicha aytadigan boʻlsak, bugungi kunda dunyo boʻyicha demokratiya niqobini yopingan kapitalistik mafkura hukmronlik qilmoqda. Farzandlarimiz barcha oʻquv yurtlarida ushbu mafkuraga taalluqli bilimlarni olishmoqda. Shu tarzda, bu sohadagi ilmlilar mamlakatimizda kapitalizmni mustaxkam oʻrnatadigan kapitalistlar boʻlib, ilmsizlari boʻlsa kapitalizmga churq etmay itoat qiluvchi qullar boʻlib chiqishmoqda. Kapitalizm sababli, koʻpchilik bolalar taʼlim oladigan davlat oʻquv yurtlari sifatli bilim bera olmaydi, chunki oʻqituvchilarning oyligi oz, bu maktablarning texnik bazasi nochor. Bir xovuch kapitalistlarning farzandlari esa xususiy, sifatli maktablardan oʻqib, ushbu saqofatdan chuqur bilim olishadi va oʻqishlarini chet el universitetlarida davom ettirishadi. Soʻng ular mamlakatimizga ilmiy kashfiyotlar yoki ixtirolarni olib kelmasdan, demokratiya saqofatini import qilishadi va siyosatchilarga aylanishadi. Shu orqali yurtimizga demokratiya chuqur ildiz otib, kaptalistik tuzum mustaxkamlanib boraveradi.

 Bunday bilim olishlardan keyin bolalar tarbiyasi ham shu buzuq demokratiya saqofati asosida boʻladi. Natijada, buzuq tushunchalar bilan tarbiyalangan avlod oʻsib bormoqda. Maktab yoshida qaroqchilik, qotillik, giyohvandlik, jinsiy aloqa va boshqa buzuq koʻrinishlar ushbu demokratiya saqofatining “mevalari”dan boshqa narsa emas.

 Yuqoridagi taʼlim dasturi dunyo boʻylab tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Shu oʻrinda, ushbu tizim qanday amalga oshiriladi va u qaysi manbadan olingan – mana shularga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

 Maʼlumki, 2-jahon urushidan soʻng, gʻolib boʻlgan derjavalar dunyoga “demokratiya” orqali hukm oʻtkazish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotini tashkil etishgan. Dunyodagi odamlarning huquq va majburiyatlarini belgilashda uning Bosh assambleyasi tomonidan “inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan. Maqolamizda deklaratsiyadagi yaltiroq soʻzlarga aldanmay, eʼtiboringizni ularning ochiq haqiqatlariga qaratmoqchimiz. Bugungi kunda davlatlarning, ular qatorida Qirgʻizistonda ham taʼlim dasturlarining manbasi yuqoridagi deklaratsiyaning 26-moddasi hisoblanadi.

 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

 26-modda

 2. Taʼlim inson shaxsiyatining rivojlantirish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarga xurmatning mustahkamlashga qaratilgan boʻlish zarur.

 Bu punktdagi “inson huquqlari” degani – BMT belgilab qoʻygan huquqlar. Bunda insonlar bundan boshqa haq-huquqlarni tan olmaslikka yoʻnaltiriladi. Masalan, insonlarning yaratuvchisi Alloh Taolo bandalariga Oʻz shariati orqali haq-huquqlarni belgilab bergan. Mazkur deklaratsiyada esa talabalarni bunga qarshi yoʻnaltiradi. Shuningdek, bundagi “asosiy erkinliklar” deganda “eʼtiqod erkinligi, “mulk erkinligi”, “shaxs erkinligi” va “fikr erkinligi” nazarda tutilgan. Eʼtiqod erkinligida – qaysi din vakili boʻlmasin – oʻz hayotida demokratik-kapitalistik tuzumni tatbiq etilishiga rozi boʻlib yashashiga qaratilgan. Masalan, musulmon odam musulmonman deb qoʻyib, biroq turmushda shariyat hukmlarini tashlab, demokratiya hukmlarini tatbiq etib yashashiga yoʻnaltiriladi. Mulk erkinligi deganda, har bir odam kapitalistik iqtisod nizomi tatbiq qilinishga rozi boʻlishi kerak. Masalan, taʼlim dasturida Islomdagi iqtisod nizomi umuman oʻqitilmay, faqatgina kapitalistik iqtisod oʻqitiladi, shuningdek, hayotida kapitalistik tuzum qoʻllaniladi. “Shaxs erkinligi” deganda, biz foxishani ham, besoqolbozni ham, lesbiyankani ham xurmat qilishimizni talab qiladi. “Fikr erkinligi” deganda demokratik qadriyatlarga zid boʻlgan barcha qadriyatlarga xaqorat, tuxmat bilan qarshi chiqish nazarda tutiladi. Shu sababli Yaratuvchiga, Paygʻambarimizga, dinimizga qarshi qaratilgan xaqoratlar bugungi kunda fikr erkinligi deb qabul qilinmoqda. Ayni vaqtda Islomdan uzoqlashtirib, demokratiyaning fasodligi ochilib qolishidan chalgʻitadigan qoʻshiq va raqs festivallari, millatchilik-vatanparvarlik marosimlari insoniyat qadriyatlari sifatida targʻib qilinmoqda.

 BMTning taʼlim siyosati YuNESKO orqali amalga oshiriladi. Bu BMT qoshidagi taʼlim, ilm va madaniyat boʻyicha ixtisoslashgan tashkilot. Qirgʻizistonda YuNESKO Almatidagi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston boʻyicha klaster byuro doirasida faoliyat olib boradi. Mazkur davlatlardagi taʼlim dasturlari YuNESKO nazorati ostida tuziladi. Taʼlim dasturlarini akkreditatsiyalash, oʻquv yurtlariga litsenziya berish – bularning barchasi YuNESKO belgilab bergan mezonlar va standartlar asosida boʻladi hamda bular davlat qonunlari bilan tasdiqlanadi.

 Qirgʻiziston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonuni:

 2-modda. Taʼlim toʻgʻrisida

 Qirgʻiziston Respublikasining qonunlari Taʼlim sohasidagi munosabatlar Qirgʻiziston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qirgʻiziston Respublikasining yana boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Qirgʻiziston Respublikasi ishtirokchi boʻlib hisoblangan, qonunda belgilangan tartibda kuchga kirgan xalqaro shartnoma va bitimlar, shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasi qonun hujjatlari tarkibiy qismi hisoblangan umumeʼtirof etilgan tamoyil va meʼyorlar bilan tartibga solinadi.

 4-modda. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asoslari

 Qirgʻiziston Respublikasida taʼlim xalqaro shartnomalar va paktlarda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nashr etilgan tamoyillar, demokratiya va odamlarning insoniy qadriyatlari va jahon madaniyati tamoyillariga asoslangan.

 Yuqoridagi hujjatli dalillardan taʼlim dasturimiz asosi buzuq demokratik mafkura ekanligi, uni bizga mustamlakachilar xalqaro tashkilotlar orqali tiqishtirayotgani ayon boʻldi. Ular demokratiya fasodidan Islom adolatiga, kapitalizm zulmidan Islom adolatiga olib chiqadigan saqafatni taʼlim dasturiga kiritmay, “ekstremistik adabiyotlar” deb atashmoqda.

 Qadrli qirgʻizistonlik musulmonlar, bu buzuq taʼlim dasturidan farqli oʻlaroq, shariyatdagi toʻgʻri taʼlim dasturi qaysi ekan deb izlanish har biringizning zimmangizdagi farz. Bu farzni ado etishinglar uchun biz sizlarga “Xalifalik davlatida manhajiy taʼlim asoslari” kitobini taklif qilamiz. Bunga yondashayotganda har doim quyidagi savol yodingizda tursin: “Qaysi biri Allohning roziligiga olib boradi!?”.

 Hizb ut-Tahrir – Qirgʻiziston matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.