Qirgʻiziston parlamenti aʼzosi Qozogʻistonda qamoqqa olindi

805
0

Qirgʻiziston parlamenti aʼzosi Qozogʻistonda qamoqqa olindi

 Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatda oʻtkazilgan maxsus amaliyot vaqtida Qirgʻiziston fuqarosi, parlamentariy Asilbek Damirbek oʻgʻli qoʻlga olingani haqida maʼlum qilgan edi.

 Qozogʻiston Bosh prokuraturasi maʼlumotlariga koʻra, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi va Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha milliy byuro Olmaota, Jambil, Janubiy Qozogʻiston viloyatlari va Olmaota shahrida maxsus amaliyotlar oʻtkazgan. Mazkur amaliyotlar davomida 29 kishi qoʻlga olingan, ulardan ikki nafari Qirgʻiziston fuqarolaridir.

 Bundan avvalroq Qirgʻiziston nashrlari qoʻshni davlat hududida Jogorku Kenesh deputati Asilbek Damirbek oʻgʻli ham borligi haqida xabarlar tarqatgandi.

 Damirbek Asilbek uulu “yirik miqdordagi kontrabanda bilan shugʻullanganlikda va transmilliy jinoyat guruhiga aʼzolikda” gumon qilinmoqda.

 Qozogʻistonda ushlangan qirgʻizistonlik deputat Damirbek Asilbek uulu hamda yana ikki qirgʻizistonlik Ulanbek Muradilov bilan Chingiz Abakirov Olmaota shahar sudi qarori bilan ikki oyga hibsga olindi.

Turkiston:

Qirgʻiziston korruptsiyalashgan mamlakatdan yana ham yuqori pagʻonaga koʻtarilib, mafiyalashgan jinoyatchilar qoʻl ostidagi davlatga aylanib boryapti! Hatto Qirgʻizistondan oʻtayotgan olamiy narkotrafika yoʻli ham, yuqoridagi kabi davlat xizmatchilarining qoʻli ostida amalga oshiriladi.

Shu kabi iflos xizmatchilar ustimizdan hukm yuritib kelishmoqda! Deputat Damirbek oʻgʻli qoʻlga tushdi. Lekin qolganlari bundan ham jirkanchli va xalqqa nisbatan xiyonatkorona ishlarni amalga oshirib kelishmoqda, ular hozircha qoʻlga tushgani yoʻq! Qirgʻiz hukumati, organ xodimlari, soligʻ sistemasi, prokurotura va sud sistemasi milliardlagan dollarlik zarar keltirishsa ham, ularga qarshi ishonchsizlik yoki bu sistemani jamiyatdan chetlatish haqida harakat boʻlmaydi. Lekin islomiy hijob, saqol va daʼvat… hali hech qanday zarar keltirmay turib, “bular musulmonlar tomonidan ertaga moddiy zarar keltirilishiga sabab boʻlishi mumkin” degan noqonuniy asos bilan, ushbu amallarni taʼqiqlovchi jinoiy konunlar qabul qilishyapti. Qizigʻi shundaki, oʻsha qonunlar yuqoridagi kabi oʻzi chiqargan qonunini oʻzi buzayotgan deputatlar tomonidan qabul qilinadi!

Endi har ikki tomon bu deputatni kontrabandada ayblashga shoshilishyapti. Hatto hukumat maslahatchisi T Mamitov ham bu jinoyatni hukumat va parlament uchun isnod boʻldi deb tan oldi. Parlament tomonidan “bir necha deputat Qozogʻiston turmasiga borib, deputat Damirbek oʻgʻli bilan koʻrishib kelish kerak” degan taklif ilgari surilyapti. Ular, “deputatimiz kontrobanda tovarlarini olib oʻtish bilan shugʻullanib qoʻyipti” deb ishni yopib yuborishmoqchi boʻlishyapti. Demak yetakchi guruh, deputat orqali amalga oshirib kelayotgan jiddiyroq va kattaroq jinoyatni yashirishmoqchi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.