Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati suriyalik qochqinlarga qilingan hujumlarni qoralaydi

413
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati suriyalik qochqinlarga qilingan hujumlarni qoralaydi

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, unda Turkiyaning bir necha shaharlarida, asosan, Istanbulda suriyalik qochqinlarga qarshi sodir etilgan hujum hodisasini qoraladi. Bayonotda millatchi va ilmoniy siyosatchilar bergan bayonotlar dard ustiga chipqon boʻlgani, ular oʻz bayonotlari bilan fitna olovini yoqib, shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatga barcha suriyalik muhojirlarning oʻzini javobgar qilishgani, taʼkidlandi. Bayonotda bunday deyildi:

“Bu siyosatchilar ogʻzidan chiqayotgan nafratomuz dushmanona soʻzlardan ularning Islom va musulmonlarni naqadar yomon koʻrishlari bilinib turibdi. Bashar Asad suriyalik ogʻa-inilarimizni musulmon boʻlganliklari sababli muhojirga aylantirib, uy-joylaridan mahrum etayotgan boʻlsa, turkiyalik bu ilmoniy va millatchilar ham xuddi Bashar kabi fikrlashyapti, uyalmay, hayo qilmay mana shunday nafratli soʻzlarni aytishyapti. Biz Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati aʼzolari hukmron partiya va uning vakillarining bu qilmishga sukut qilishayotganini qoralaymiz. Chunki ular Suriyada Ummat qoʻzgʻoloni avji kuchli boʻlayotgan bir paytda, oʻzlarini muhojirlarga ansor ekanliklarini iddao qilishgan edi. Bugun esa, goʻyo suriyalik qochqinlarni haydash kerakligiga shama qilishyapti”.

Bayonot soʻnggida quyidagilar izohlandi:

“Turkiya hukumati bugun AQSh siyosati doirasidan chiqmay harakat qilar ekan, uning Suriyaga nisbatan siyosati ham mutlaq umidsizlik va omadsizlikka olib keldi. Suriyadan kelayotgan muhojirlar oqimi musulmonlarga koʻrsatiladigan muomalani koʻrmayapti. Turkiyadagi jamiyat esa, Islom qadriyatlaridan va islomiy ogʻa-inilikdan uzilish tomon sudralmoqda. Ammo Allohning izni ila, ertaga bu ilmoniy boshqaruv ham, korruptsiyachi rejim ham albatta oʻzgarganda, yoʻq boʻlganda hamma narsa tubdan oʻzgaradi.

Roya gazetasining 2019 yil 10 iyul chorshanba kungi 242-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.