Qays Saidning partiyalar va shaxslarga tahdidi

296
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qays Saidning partiyalar va shaxslarga tahdidi

Buning sabablari, maqsadlari va mazmuni

Ustoz Muhammadnosir Shuvayxa

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyatidagi

viloyat majlisi a’zosi

Tunis prezidenti Qays Saidning Hishom Mashishiy vazirligidagi yangi hukumat vazirlarini qasamyodga keltirilishi munosabati bilan qilgan nutqi kuzatuvchilar tomonidan urush e’lon qilish, deya baholandi. Haqiqatdan ham prezident o‘zining nutqida partiyalar va siyosiy shaxslarga ularning nomini aytmagan holda hujum qilib, xoinlikda, til biriktiruvda, sionist va mustamlakachilarga malaylikda aybladi. Ularga bu ishlarni albatta fosh etish va javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi. «Men sizlarning o‘zaro kelishuvlaringizni bilaman. Bir kun kelib men o‘tgan oylar ichidagi qilmishlaringizni ochiq aytib beraman va xiyonatlar, til biriktiruvlar, tovlamachiliklar, yolg‘on va’dalar, sionist va mustamlakachilarga malayliklarni ochiq fosh qilaman», dedi.

Bu so‘zlarni u hukumatga bo‘lgan ishonchni ta’minlash yig‘inida Parlament deputatlari tomonidan o‘ziga qilingan hujumlarga javoban aytdi. «Men haqni gapirganlarni ham kuzatdim, yolg‘on da’vo qilib, tuhmat qilganlarni ham. Shu kunlarda tuhmatchilar naqadar ko‘pligini ko‘rdim. Lekin omonat berilsa, xiyonat qilmaydigan rostgo‘y kishilar ham har doim mavjud», dedi.

Uning bu gaplari ba’zi partiyalar rahbarlarining o‘zi haqidagi gaplariga ham raddiya bo‘ldi. Bu rahbarlarning ommaviy axborot vositalariga aytishlaricha, hukumatga bo‘lgan ishonchni ta’minlash yig‘inidan oldin prezident ular bilan uchrashib, ulardan parlamentni tarqatmaslik evaziga Mishishiy hukumatini yiqitishni talab qilgan hamda hozirgi hukumatga o‘z vazifasini Ilyos Faxfoxning o‘rniga boshqa bir bosh vazir bilan davom ettirishni shart qilib qo‘ygan. Ma’lumki, sobiq bosh vazir Ilyos Faxfox partiyalarning e’tiroziga uchrayotgan edi.

Prezidentning bu raddiyasi, shuningdek, «Respublika prezidenti nima qilib berdi?!» deya shubha bildirayotganlarga ham javoban yangradi. Ularga Qays Said «o‘tgan oylar ichida sizlar zulmatli kechalar va qop-qorong‘i yo‘laklarda shivir-shivirdan boshqa nima qildingiz?!», deya javob qildi.

Prezidentning bunday keskin hujumkor raddiyasi, jamoatchilikka fosh bo‘lganidek, hukumatning o‘zaro nizolashish va bir-birini yomon ko‘rish asosida tuzilganini ko‘rsatmoqda. Prezident partiyalardan parlamentni tarqatmaslik muqobilida yangi hukumatni yiqitishni talab qilibdi, deya tarqalgan gaplar shuni anglatadiki, Said Qays siyosiy partiyalar bilan kelishish va ularni shantaj qilish yo‘liga o‘tdi… Ularning tagiga suv quyib, tashabbusni qo‘llaridan tortib olmoqda… Mashishiy hukumatini partiyalarga mansub bo‘lmagan texnokratlardan vazirlar tayinlashga majbur qilmoqda, toki, saylovda g‘olib chiqqan partiyalar boshqaruvga kela olmasin. Keyin Qays Saidning yurtdagi siyosiy o‘yin qoidasini o‘zgartirmoqchiligi to‘g‘risida hamda u boshqaruvni prezidentlik boshqaruviga o‘zgartirmoqchi, degan gaplar paydo bo‘ldi. Hatto prezident shu hukumat orqali prezidentlik boshqaruvi (ya’ni, mustabidlik boshqaruvi)ga tayyorlanyapti, deganlar ham topildi.

Biz prezident ushbu raddiya murojaati orqali yolg‘on gapirishni, xiyonat qilishni, til biriktiruvni, tovlamachilikni, sionist va mustamlakachilar bilan muomala qilishni qoraladi, deymiz, aybladi, demaymiz. Chunki ayblovda tergov va dalillar kerak. Prezident Qays esa, bu murojaatida nima deyayotganini yaxshi biladi, haqiqatda ham xiyonatlar, til biriktiruvlar, tovlamachiliklar va yolg‘on va’dalarga hamda sionist va mustamlakachilarga malaylik ustida kelishuv borligiga uning ishonchi komil. Demakki, Tunisda mana shunday jinoyatlar bo‘lyapti va buni prezident bilib turibdi. Ammo ularga nisbatan u nima qilyapti, degan savol kelib chiqishi tabiiy.

U «bir kun kelib men o‘tgan oylar ichidagi qilmishlaringizni ochiq aytib beraman», dedi. Qiziq, davlatga xiyonat jinoyatlari «bir kun kelib undoq qilaman, bundoq qilaman», degan gap bilan qarshilanar ekan-da, ammo u kun keladimi, yo‘qmi bilmaymiz… Nahotki, jinoyat va xiyonatning jazosi quruq gap bo‘lsa?!

Bundan Qays Saidning quyidagicha kimsa ekani ochildi:

•             U o‘z tahdidlarida jiddiy emas. Aksincha, bular shamolda uchib yo‘q bo‘lib ketadigan gaplar. Tovlamachilik hamda mustamlakachi va sionistlarga malaylik barcha insonlarning o‘lchovida xiyonat hisoblanadi. Qays Said saylovoldi debatlarida iddao qilgandek, uning nazdida bu qattiq jazoga tortilishi shart bo‘lgan eng katta xiyonat hisoblanar emish, tahdidning o‘zi emasmish… Bu soxta gap, haqiqatda esa Tunisning ichki va tashqi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarda keng vakolatga ega shaxs prezident hisoblanadi!! Bu erda Qays Said vakolati cheklangan prezident deyilmaydi, bunday deyish noto‘g‘ri. Chunki dushmanlar bilan muomala qilish – ularning tili bilan aytganda – milliy xavfsizlik bilan bog‘liqdir. Qolaversa, yurt xavfsizligi uning nafaqat asliy, balki boshqa hokimiyatlardan alohida ajralib turuvchi yagona vakolatidir. Bu borada prezidentning qo‘li har qanday to‘siqdan o‘ta oladigan darajada uzun. Chunki prezident jiddiy bo‘lsa, bu narsa undan til biriktiruvlarni bas qilishni va yurtdagi xoinlarga kuch bilan keskin zarba berishni talab qiladi. Tahdid qilish esa, kuchi yo‘q zaiflarning chorasi, xolos.

•             Qays Saidning bu murojaatidan maqsad jamoatchilik oldida – ayniqsa, Frantsiya safaridan so‘ng – tushib borayotgan obro‘sini tiklashdir. Chunki ayni safarda uning xorligi va eski mustamlakachi oldida dovdirab, yaltoqlanishi yaqqol namoyon bo‘lgandan hamda (xususan, Frantsiyaning mustamlakachiligini inkor etib, unga himoyachi deya sharmandali bayonot berganidan) so‘ng obro‘si tushib ketgandi. Ha, prezidentning so‘zlarini obdan o‘ylab ko‘rgan kishi uning zohirda hujum, aslida esa, o‘zini-o‘zi asossiz himoya qilayotganini va faqat odamlar oldida o‘z basharasini chiroylilashga urinayotganini ko‘rishi qiyin emas. Zotan, shunday qilish bilan o‘z vazifasini, ya’ni hokimiyat tepasiga keltirilishidan ko‘zlangan maqsadni  davom ettirmasa bo‘lmaydi, axir!

•             Yurtdagi siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kurash, xususan, prezident bilan parlamentdan iborat partiyalar o‘rtasidagi kurash bir spektakldan boshqa narsa emas, bu ochiq ko‘rinib turibdi. Ammo bu yomon ishlangan va yomon o‘ynalgan spektakldir. Chunki har qanday kurashda, ayniqsa siyosiy kurashda avvalo qulay imkoniyatdan foydalaniladi, bu hammaga ma’lum. Har bir raqib fursatdan foydalanib, o‘z raqibini yiqitib, uni maydondan chiqarib tashlaydi (bunga Nahza harakatining hukumatga qarshi kurashib, uni iste’foga chiqarib yuborganini misol qilish mumkin. Hatto Qays Said ham hukumatdan ochiqdan-ochiq iste’fo talab qilib, uni iste’foga chiqarib yubordi, ammo unga quruq isbotsiz ayblar qo‘ydi xolos). Xo‘sh, kurash qoidasi shunday bo‘lar ekan, nega bu prezident imkoniyatdan foydalanib, qoralov o‘z isbotini topganlarni maydondan chiqarmadi, axir, ular Ilyos Faxfoxdan ham yomon ishlarni qilishyapti-ku?! Nega fursatdan foydalanib, yurtni xoinlardan va soxta krizislar, mashaqqatlar yaratayotgan kimsalardan tozalamayapti?!

Bu ojizlikmi?! Yoki uning uchun chizib berilgan xizmat vazifasi chiziqdan nariga o‘tmaslikni talab qiladimi?!

•             Saidning mazkur murojaati shuni ham ko‘rsatmoqdaki, uning uchun ham, boshqa barcha siyosatchi-rasmiylar uchun ham bosib o‘tish mumkin bo‘lmagan chiziq tortilgan. Shuning uchun bu prezident qoralov o‘z isbotini topgan kishilarni sudga tortolmaydi. Bu esa, Tunisda qaror qabul qilishda ajnabiy aralashuv naqadar nufuzli ekanini ko‘rsatib turibdi. Ha shunday. Hukumatning turishi va ketishi ham, biror rasmiyning o‘z amalida turishi va undan ketishi ham o‘zlariga bog‘liq ish emas, parlament ham bunday qilolmaydi. Bularning barchasi Evropaga, xususan, siyosiy sahnaning har bir bo‘g‘inini nazorat qilayotgan Britaniyaga bog‘liq. Prezident va rasmiylar o‘yinchi sifatida qolaverishadi, o‘zlaridan talab qilingan narsanigina bajarishadi. Biroq ular ba’zan ishni buzib qo‘yib, ayblari ochilib qolmoqda hamda dengiz ortidan turib ularni boshqarayotganlarni fosh qilib qo‘ymoqda.

Roya gazetasining 2020 yil 9 sentyabr chorshanba kungi 303-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.