ShHT sammitidan xulosa

434
0

ShHT sammitidan xulosa

 13-14-iyun kunlari Bishkekda ShHT sammiti boʻlib oʻtdi. Bu haqda tomonlar oʻz manfaatlariga moslashtirib keng maʼlumotlar tarqatishdi. Bundan farqli oʻlaroq, biz oshkor etilmagan baʼzi haqiqatlarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz.

 Avvalo tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining sammitdagi takliflariga nazar solaylik. Ayni vaqtda Xitoy tashkilotda yetakchilikni oʻz qoʻliga olgani sababli birinchi navbatda Xitoy rahbari  taklifini keltiramiz.

 Xitoy rahbari Si Tszinьpin mintaqaviy iqtisod hozirgiga nisbatan yanada ochiqroq, toqatli va integratsiyaga moslashuvchan boʻlishi kerakligiga toʻxtaldi. Shuningdek, savdo-sotiq va investitsiya jalb qilishni kengaytirishni davom ettirishga chaqirdi. U bu bayonoti bilan Xitoyning iqtisodiy bosqinchiligi uchun sharoit yaratishga eʼtibor qaratdi.

 Va yana u: “Biz “Shanxay ruhi”ni asosiy qadriyat sifatida qoʻllashimiz kerak, sababi, u zamon va oʻzgarib borayotgan xalqaro vaziyat ruhiga javob bera oladigan boʻlsin”, – dedi. U bu orqali Xitoy ShHTda yetakchilikni qoʻlga olish orqali xalqaro vaziyatga taʼsir oʻtkaza olishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Rossiya prezidenti esa soʻzni xavfsizlik sohasiga burdi. Chunki, Rossiyaning ShHTni tashkil etishdan koʻzlagan maqsadi AQShning mustamlakachilik yurishlariga qarshi turish edi. Shu sababli Putin tashkilotni shu maqsadga qaytarishga harakat qiladi.

 U: “…ShHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish, narkotrafik daromadi orqali terrorizmni moliyalashni toʻxtatish, shuningdek, ularning qoʻliga kimyoviy, biologik va boshqa ommaviy qirgʻin qurollari tushib qolmasligi uchun barcha choralarni koʻrish muhim deb hisoblaymiz”, -dedi. U bu bilan AQSh ayrim tashkilotlardan foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni paydo qilishiga qarshi turishni nazarda tutdi. Chunki, “terrorizm homiysi” ham, undan foydalangan ham, tinch aholiga qarshi qirgʻin qurollarini qoʻllaganlar ham – mana shu AQSh va Rossiyaning oʻzidir. (Bunga biz Iroq va Suriyada guvoh boʻldik).

Rossiya prezidenti yana bunday dedi: Rossiya internet orqali terrorizm va ekstremizm gʻoyalarini targʻib qilishga chek qoʻyishda tashkilotga aʼzo davlatlar bilan yaqin hamkorilikdagi ishlarni olqishlaydi, – dedi. U bu soʻzi bilan birinchidan, Islomga qarshi mafkuraviy kurashni nazarda tutgan boʻlsa, ikkinchidan, Amerikaning internet maydonidagi taʼsiriga qarshi turishni nazarda tutdi.

 Shuningdek, u oʻz soʻzlari bilan Rossiya olamiy derjava davlat ekanligiga eʼtibor qaratib, gʻuyo dunyo muammolarini xal qilayotgandek koʻrsatishga urindi. Shu bilan birga ShHTdagi yetakchilik ham oʻziga tegishli ekanligiga eʼtibor qaratmoqchi boʻldi. U Suriya maydonlarida Rossiya erishgan “muvafaqqiyatlarga” toʻxtalib oʻtdi. Aslida Rossiya AQShning qiziqtirishi orqali Suriyaga kirishda – garchi tashqi koʻrinishda derjava davlat sifatida namoyon boʻlgan boʻlsada – u yerdan faqat ziyon koʻryapti. Shuningdek, Putin Eron masalasiga ham toʻxtaldi, biroq, aslida bu yerdagi yechim jilovi ham Rossiya qoʻlida emas. Eron prezidenti ham sammitga Rossiyadan yordam soʻrab kelgani yoʻq. Chunki, Eron Amerikaning iqtisodiy bosimlaridan qutulish umidida kelgan, bu borada Rossiya unga yordam bera olmaydi. Sababi, Rossiya ham Eron kabi neft va gaz eksporti orqali kun koʻradi. Eron bu borada Xitoyga umid bogʻlab keldi.

 Putin: Biz eʼtiborni tashkilotga aʼzo davlatlarning oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirishga burmoqchimiz, – dedi. Shuningdek, savdo-sotiq va investitsiya tarmogʻini kengaytirishda ShHT doirasida “Forum” tashkil etishni taklif qildi.

 Bu uning Xitoyning mintaqaga nisbatan iqtisodiy bosqinchiligini noiloj tan olganini bildiradi. Aslida uni tan olmasdan boshqa chorasi ham yoʻq. Chunki, Rossiyaning iqtisodiy jihatdan Xitoyga qaramligi oshib boryapti. Masalan, savdo balansida (eksportda ham, importda ham) Rossiya uchun Xitoy birinchi oʻrinda turadi. 2018-yili oʻzaro savdo koʻlami 100 milliard dollardan oshdi. Rossiyaning Xitoyga eksporti asosan mineral mahsulotlar (76%), yogʻoch va qogʻoz mahsulotlari (11%)dan iborat. Rossiyaning Xitoydan qiladigan importining asosan mashina, uskuna va transport vositalaridan (57%), toʻqimachilik va poyabzal (11%), kimyoviy mahsulotlar (10%)dan iborat. Bu davlatlar Peterburgda boʻlib oʻtgan iqtisodiy forumda – xuddi shu tarzda – savdo koʻlamini 200 milliard dollarga yetkazishga kelishib olishdi. Bu Rossiyaning iqtisodiy jihatdan Xitoyga qanchalik qaram boʻlib borayotganini anglatadi. 

 Putinning quyidagi: “Kelajakda Yeroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” dasturini katta yevroosiyo hamkorlik maqsadida qorishtirish istiqbolli deb ishonamiz”, degan soʻzi ham shunga dalolat qiladi.

 Endi tashkilotga aʼzo islomiy yurtlar rahbarlari taklif qilgan masalalarga kelsak, ular Islomga qarshi kurashda yuqoridagi kofir mustamlakachilarga ergashayotgani, oʻz hokimiyatlarini saqlab qolish uchun Xitoy bilan Rossiyaga yaltoqlanishayotganini koʻramiz.

 Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev: “Terrorizm muammosi global tarmoqqa ega boʻlib, kiber xavfsizlikni taʼminlashda qoʻshimcha kuch-harakatlar talab qiladi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida axborot xavfsizlik markazini tashkil etish tashkilotning axborot hududini himoya qilishga katta hissa qoʻshadi”, -dedi. U bu borada Putinning shunga taalluqli soʻzlarini quvvatlab, bu orqali Qozogʻiston xalqini islomiylashishdan toʻsish va hokimiyatni AQSh axborot hujumidan muxofaza qilishga umid qilyapti. (Qozogʻiston hokimiyatining mafkuraviy va iqtisodiy jihatdan AQShga intilishi kuchli boʻlsada, biroq uning hokimiyatni almashtirish uslublaridan juda qoʻrqadi).

 Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Oʻrta Osiyoda ShHTning “yashil kamar” tuzish boʻyicha dastur qabul qilishni muhim masala deb hisoblaymiz. Maqsad, davlatlarimizda zamonaviy tejamkor va ekologik jihatdan toza texnologiyalarni joriy etish”, – dedi. Shuningdek, u “ShHTga aʼzo davlatlar ishbilarmonlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirishni taklif qilamiz”, – dedi. Mirziyoyev ShHTning dastlabki iqtisodiy forumini Samarqand shahrida oʻtkazishni taklif qildi. Bularning barchasi Xitoyning iqtqisodiy maqsadlarini targʻib qilish jumlasidandir.

 Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon: “Mintaqada barqororlikni izdan chiqarish harakatlariga birgalikda qarshi turishimiz zarur. Tojikiston axborot sohasidagi yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga tayyor”, – dedi. Uning bu soʻzlari maʼno va maqsad jihatidan Qozogʻiston prezidenti aytgan soʻzlaridan farqi yoʻq. Shuningdek, u bu soʻzlari bilan oʻzini Putinga ergashayotgandek koʻrsatish orqali, oʻzini kamtar tutib, ertasi kuni Dushanbeda boʻlib oʻtgan sammitdan soʻng Xitoy bilan 18 hujjatni imzoladi.

 Qirgʻizistonga Xitoy rahbari sammitdan bir kun oldin keldi. Qirgʻiziston prezidenti musulmonlarga qarshi xiyonatini unga tuhfa sifatida taqdim qildi. U: “Xitoydagi milliy ozchiliklar boʻyicha masala bu davlatning ichki ishi deb hisoblaymiz”, – dedi. U bu soʻzi bilan Sharqiy Turkistondagi musulmon birodarlarimizga hiyonat qildi. Shuningdek, bunday munosabatni musulmonlar ongiga singdirish oʻta xavfli. Chunki, ertaga Xitoy Qirgʻizistonni bosib olgudek boʻlsa, boshqa musulmonlar “bu Xitoy bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi ish” deb, musulmon-birodarlik munosabatlariga eʼtibor bermay qoʻyishadi.

 13-iyun kuni “Qirgʻiziston-Xitoy” biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Forumda 8 milliard dollarlik 24ta hujjat imzolandi. Mazkur kelishuvlar Qirgʻizistondagi foydali qazilmalar sohasida, xususan, oltin boʻyicha tuzildi. Tashrif va sammit vaqtida aytilgan soʻzlar va tadbirlarning barchasidan Qirgʻiziston hukumati Xitoyning iqtisodiy bosqinchiligiga eshikni keng ochib qoʻygani aniq koʻrinib turipti. Biroq, qirgʻiz hokimiyati bu ishi bilan faxrlanmoqda.

 Sammit davomida Jeenbekov tashkilot doirasida transport-logistika munosabatlarini kuchaytirish zarurligini aytib: “Bu yoʻnalishda biz Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish boʻyicha loyiha amalga oshirilishi tezlashtirilishini qoʻllab-quvvatlaymiz”, – dedi (bu haqda Oʻzbekiston prezidenti ham aytib oʻtdi). Biroq, bu taklif muallaq qoldi, chunki mazkur temir yoʻlini qurish boʻyicha Rossiya bilan Xitoy manfaatlari mos boʻlmagan nuqtalar bor.

 Hindistonga kelsak, u tashkilotga ShHTda muammolar paydo qilish uchun AQSh tomonidan kiritilgan. Sammitda bosh vazir Narendra Modi: “Terrorchilarga yordam berib, ularga homiylik qilgan davlatlar javobgarlikka tortilishi kerak”, – dedi. U bu soʻzi bilan Pokistonni nazarda tutdi. Bu ShHT ichiga Hindiston-Pokiston muammosini tiqishtirishga boʻlgan dastlabki qadam hisoblanadi (vaqti kelganda Hindiston bilan Pokiston birgalikda tashkilot ichida mammolar paydo qilishi kutilmoqda). Shuningdek, Modi mintaqadagi xavfsizlikni taʼminlashda Afgʻoniston masalasi alohida ahamiyatga ega ekanligini aytdi. Bunda u AQShning “Oʻrta Osiyoni Afgʻoniston orqali Osiyoning boshqa davlatlariga integratsiyalash” loyihasini nazarda tutdi. Yana mazkur loyiha doirasida 14-iyunda qirgʻiz-hind biznes forumi boʻlib oʻtdi. Modi hukumati Qirgʻiziston bilan 11 hujjatni imzoladi. 200 million dollarlik kredit ajratadigan boʻldi.

 Xulosa

 ShHT sammitida imzolangan hujjatlar orasida eng asosiylari quyidagilar boʻldi:

– ShHTga aʼzo mamlakatlarning Raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi Kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror (bu tashabbusni Rossiya Qirgʻiziston orqali koʻtargan, shuningdek, bunda Xitoy manfaatlari ham bor).

– ShHT aʼzolarining hududlararo hamkorlikni rivojlantirish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror (bu Xitoy tashabbusi boʻlib, u Xitoyning iqtisodiy bosqinligiga xizmat qiladi).

 Yuqoridagilardan maʼlum boʻlganidek, ShHT faqat xoʻjayinlarining mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiladi. Musulmonlar mustamlakachilarning bunday changalidan faqat oʻz Islomlariga qaytishlari bilangina qutula olishadi. Buni mustamlakachi kofirlar bilan ularning bizdan boʻlgan malaylari yaxshi bilishadi. Shu sababli ular “terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” bahonasi bilan Islom va musulmonlarga qarshi kurashishadi.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.