Rossiya Turkiyaga S-400’ni yetkazib berishni boshlaydi

414
0

Rossiya Turkiyaga S-400’ni yetkazib berishni boshlaydi

 Rossiya Turkiyaga 2 oydan keyin S-400 zenit raketa majmualarini yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda “Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov maʼlum qildi.

 “Hammasi joyida, oʻylashimcha, 2 oydan keyin majmualarni yetkazib berishni boshlaymiz. Avans toʻlovlari amalga oshirilgan, kredit rasmiylashtirilgan. Kredit pullari sarflangan, texnika ishlab chiqarilgan. Uning ustiga, biz mutaxassislarni oʻqitishni yakunladik”, – deb aytgan Chemezov NTV telekanaliga bergan intervьyusida.

 Chemezov bu haqda hozirda oʻtayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi vaqtida aytib oʻtgan.

 Maʼlumki, AQSh Turkiyaning S-400’larni sotib olishiga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanktsiyalar solish bilan tahdid qilmoqda. Turkiya oʻz navbatida majmualar AQShga xavf solmasligini va Anqara ularni sotib olishdan voz kechmasligini aytib keladi.

 Shartnomaga koʻra, Rossiya Turkiyaga toʻrtta S-400 divizionini yetkazib beradi. Shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.