«Yangi oqim»: Nega Qirg’iziston muftiyati xalqni bo’ladi?

447
0

Turkiston:

Qirg’izistonning «Jani agim» (Yangi oqim) ro’znomasi o’zining 2013 yil 19 mart kungi 12 sonida “Nega Qirg’iziston muftiyati xalqni bo’ladi?” sarlovxasi ostida maqola chop etdi. Quida shu maqola matnini keltiramiz.

Qirg’iziston musulmonlari diniy boshqarmasi Navro’zni bayram sifatida nishonlash Islomga ziddir, deb bayonot tarqatdi. Ularning so’zlariga ko’ra, Navro’z musulmonlarning emas, otashparastlarning bayrami ekan. Muftiyot bergan bayonotda musulmonlar bayrami faqat Qurbon xayiti va Ramazon xayiti deyiladi. Avvalgi muftiy Chubak xoji Jalilov ham internet orqali jamoatchilikka Navro’zni bayram qilib nishonlashga qarshi o’z pozitsiyasini bayon qilgan edi. Bundan avvalroq mullakalar Yangi yil bayramini nishonlashga qarshi chiqishgan. Xudodan qo’rqinglar. Nima, biz endi ota-bobolarimiz nishonlab kelgan, baxorning tun va kunduz tenglashgan ulug’ kunini yodimizdan chiqarib yuborishimiz kerakmi?! Biz esa muftiy Rahmatullo Egamberdievni yosh, kelajakka nazar solgan rahbar deb o’ylabmiz. Jamiyatni musulmonlar va nomusulmonlarga bo’lish o’rniga, xalqni birlikka va ijodkorlikka chaqirsa yaxshi bo’lar edi. Qirg’iz xalqini Navro’z bayrami bilan tabriklagan prezidentlar Almazbek Atambaev, Islom Karimov va Nursulton Nazarboev nima, endi musulmon emasmi?

Turkiston:

Tarixda kim xaqni ko’targan bo’sa, u payg’ambarlar yoki ularga ergashganlar bo’ladimi farqi yo’q, o’nglanishi lozim bo’lgan jamiyat tomonidan shunaqangi qarshiliklar bo’lib kelgan va qiyomatgacha bo’ladi.

Jamiyatni bo’lish manosidagi fikr esa, albatta jamiyatni birligi muxim ishlardan xisoblanib kelgan. Xatto ikki Xalifa bo’lsa, ikkinchisi o’ldirilsin degan xukmlar shu jamiyat birligi vojibligiga dalolat qiladi.

Lekin bu jamiyat kufr ustiga qurilib, uning yuqorida keltirilgan etakchilari kufrni xayotga tatbiq qilib, kufr bayramlariga bizlarning byudjetdagi xaqlarimizdan xarajat qilib nishonlab turganlarida, qaysi munofiq olimman deb ularning shu ishlariga dunyoyu oxiratini chambar chas bog’lab oladi.

Albatta xar bir musulmon o’ziga OLLOX bergan mavqe’, saloxiyat va mansabidan turib, malomatchining malomatidan qo’rqmay, xaqni xaqligini bayon qilsa yoki uni xayotga tatbiq qilsa, musulmonning vazifasi faqat uni qo’llab quvvatlashdan iborat bo’lishi vojib.

Yuqorida keltirilganidek jamiyatni bo’linishiga olib kelishiga kelsak; yuqoridagi xukmlarning barchasi Islom jamiyatini birligi xaqida kelgan. Negaki kufr jamiyatidagi buzuqchiliklarga sukut qilishning o’zi gunox xisoblanib, Payg’ambarimiz SAV Makkadagi xayotlarida xatto o’zining urug’lari parchalanib keganida xam da’vatni to’xtatmadilar.

Yuqoridagi xaqni ko’targan va umuman butun dunyoda malomatlar ostida bo’lishsa xam xaqni xayotga olib kelishga xissa qo’shayotgan musulmonlardan OLLOX rozi bo’lsin, ularga nusrat bersin, ofiyat va oxirat ne’matlarini ularga avvaldan tayyorlab qo’ysin Omiin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.